73
Korxona shtatlar jadvaliga kiritilgan barcha lavozimlar ishlab chiqarish
vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan turli malakali xodimlar sonini anglatadi. Bu
ko’rsatkich korxonaning ishchi kuchiga umumiy ehtiyojini ko’rsatadi. Ishchi kuchiga
amaldagi ehtiyoj qaysi malakadagi qancha ishchini korxonaning o’zidan yoki tashqi
mehnat bozoridan ishga jalb etishni ifoda etadi. Ishchi kuchiga umumiy ehtiyojdan
amaldagi ehtiyojga o’tish bosqichlarini 4.1- jadvalda kuzatish mumkin:
Bu o’rinda personal muayyan malakalari va kasblari (masalan, chilangarlar,
iqtisodchilar va hokazolar) bo’yicha ehtiyojni hisob-kitob qilishda bu ishni ana shu
har bir toifa bo’yicha amalga oshirish zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: