Personalga ehtiyojni rejalashtirish mavjud mehnat resurslari salohiyatini,
ularga kelajakdagi ehtiyojni baholashni, personalni rejalashtirish bo’yicha dasturlar
ishlab chiqishni talab etadi (4.6- rasm).
Personalga ehtiyojni rejalashtirishda quyidagilarni farqlash lozim:
— umumiy ehgiyoj — rejalashtirilgan ish hajmini bajarish uchun
tashkilotga zarur bo’lgan xodimlar umumiy soni (personalga brutto-
ehtiyoj);
— qo’shimcha ehtiyoj — korxona joriy ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda, rejalashtirilayotgan davrda mavjud ishchi kuchi soniga zarur
qo’shimcha xodimlar (personalga netto-ehtiyoj).
Do'stlaringiz bilan baham: |