25-bilet 3-savol. Servis faoliyatida etika, etiket va estetikani o‘rni Servis faoliyati uchun quyidagi etik tamoyillar va ahloqiy kategoriyalar e’tiborga sazovor hisoblanadi: - atrofdagilarga nisbatan insofli va andishali bo’lish; - iste’molchilarga nisbatan vijdonli va ochiq yuzli bo’lish; - ularni qadr-qimmatini hurmat qilish; - ular bilan o’zaro ta’sirda o’z kasbiy burchini anglashi. Bu tamoyillar shunday axloqiy asosni tashkil qiladiki, uni qabul qilmasdan turib servis sohasidagi ishga kirishish mumkin emas. Servis sohasini ko’pgina ishchilari o’z kasbini etik asoslarini chuqur fikrlab ko’rish qobiliyatiga ega bo’lib, ular o’zini rivojlantirish imkonini beradi, qoniqqanlik keltiradi. Shu bilan birga servis korxonasi faoliyatida hamma umumetik tamoyillar va me’yorlar emas, faqat servisni mohiyatiga mos keluvchilari jalb qilinadi. Masalan, personal mijoz bilan oilaviy va do’stona munosabatlarga xos tamoyillar (shaxsiy mehar qo’yish, muhabbat, to’liq ishonish) asosida o’zaro ta’sir qilishi shart emas. Ishchi va mijoz o’rtasidagi munosabatlarda ularni bozor almashinuvi doirasidagi ijtimoiy funksional mavqyelari keltirib chiqargan ma’lum masofa saqlanishi kerak. Servis faoliyatini kasbiy-xizmat etikasi deyilganda, servis firmalarini ishchilariga nisbatan qo’yiladigan talablar va axloqiy me’yorlar to’plami tushunilib, ular ishchilar tomonidan o’z xizmat vazifalarini bajarishlarida majburiy tartibda realizasiya qilinishi kerak.
26-bilet 1-savol Tashkiliy tuzilma va uni funksiyalari Servis korxonasini boshqarish jarayoni qishloq xo’jaligi yoki industrial sektorda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni boshqarishi bilan ko’pgina umumiy tavsiflarga ega. Ko’pgina tashkilotlar kabi bu yerda boshqaruv jarayoni mehnatni vertikal taqsimlanishi (umumiy rag’barlik, o’rta va quyi bo’g’inlarga rahbarlik), shuningdek servis ishlab chiqarilishini bo’lim, bo’lma, sektor va boshqalarga taqsilanishi bilan bog’liqdir. Servis korxonasidagi boshqaruv jarayonlarini xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Boshqaruvni asosiy funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: - ishlab chiqarish faoliyatini, maqsad va vazifalarini shakllantirish; - maqsadlarga erishishni rejalashtirish va vazifalarni hal qilish; - yechimlarni qabul qilish, ya’ni u yoki bu harakat variantlarini qabul qilish; - yechimlarni amalga oshirish, ya’ni buyruqlarni ishlab chiqish, personalni tayyorlash, ularga instruksiya berish va ularni uyushtirish, majburiyatlarni taqsimlash, buyruqlarni bajarish jarayonini tartibga solish; - belgilangan rejalarni, berilayotgan buyruqlarni va boshqalarni bajarilishini nazorat qilish.
Servis sohasidagi boshqaruv xizmat ishlab chiqarishni bozor rivojlanishi vazifalariga (personal ishini tashkillashtirish, ishchilarni mehnat samaradorligini oshirish, xizmatlarni raqobatbardoshligiga erishish, ularni daromadligi va boshqalar) buysundirilgan. Bir vaqtni o’zida u xizmat ishlab chiqaruvchilari bilan bozor almashinuvi jarayonlariga kirishayotgan katta odamlar guruhi, aniq odamlarni turli talab va ehtiyojlarini amalga oshirishga yo’naltiriladi. Ammo, xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari o’rtasidagi munosabatlar to’liq bozor almashinuvi bilan chegaralab qo’yilmasdan, ular o’rtasida ijtimoiy, ruhiy, madaniy komponentlar bilan to’yingan jiddiy munosabatlar quloch otadi
Do'stlaringiz bilan baham: |