Uglevodorod xomashyosiga mavjud konlar, geologiya-qidiruv maydon va strukturalarini tahlil qilgan holda ularga shaffof mexanizmlar asosida investorlarni jalb qilish orqali qazib chiqarish hajmlarini oshirish.
1. “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi zaxirasi kam, infratuzilma obyektlaridan uzoqda joylashgan hamda qazib chiqarish xarajatlari yuqori bo‘lgan kamida 5 ta konlarga risk-servis shartnomalari asosida pudratchilarni jalb qilish orqali 25 ta quduqlarda geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirish va �glevodorod qazib chiqarish hajmlarini oshirish.
“O‘zbekneftgaz” AJning o‘z mablag‘lari, investorlar mablag‘lari
Bosh vazir o‘rinbosarlari
S. Umurzakov, J. Qo‘chqorov
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Sh. Vafayev, Energetika vazirligi
A. Axmedxodjayev, Moliya vazirligi
O. Nasritdinxodjayev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
B. Abdinazarov,
Davlat geologiya qo‘mitasi
B. Islamov, “O‘zbekneftgaz” AJ
M. Abdullayev
2. Respublikada mavjud uglevodorod kon, maydon va strukturalarida, shu jumladan “O‘zb?kneftgaz” AJga biriktirilgan obyektlarda geologiya-qidiruv ishlari va qazib olishga jalb qilish holatini tahlil qilish va natijasi bo‘yicha, foydalanilmayotgan geologik obyektlarni davlat zaxirasiga qaytarib olish hamda investorlarga taklif etiladigan geologik obyektlar ro‘yxatini shakllantirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2022-yil mart
3. Xalqaro ekspertlar, konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda geologik obyektlarni tanlab olish va ular bo‘yicha investorlar uchun geologik materiallar paketini (geologik ma’lumot, tizer va taqdimotlar) va foydalanish shartlarini ishlab chiqish.
Geologik materiallar
2022-yil sentyabr
4. Obyektlar bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomalarini olish uchun tanlov hujjatlarini shakllantirish va shaffof mexanizmlar asosida investorlarga bosqichma-bosqich taklif etish.
Tanlov hujjatlari
2022-yil oktyabr
93.
Geologiya sohasida zamonaviy ta’lim standartlarini keng joriy etgan holda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish.
1. Geologiya fanlari universiteti klasteri negizida ilm-fan, amaliyot va ishlab chiqarishni integratsiya qilgan holda yiliga 250 nafardan ortiq zamonaviy fikrlovchi oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash.
2. 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab geologiya yo‘nalishida nufuzli va yuqori tajribaga ega universitetlar bilan hamkorlikda ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish:
Italiyaning Piza universiteti bilan ingliz tilida yiliga 50 nafar talabalarni o‘qitish;
Rossiyaning M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti bilan rus tilida yiliga 25 nafar talabalarni o‘qitish.
3. Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarining tog‘-kon metallurgiya kombinatlari hamda yirik sanoat korxonalari bilan 15,9 mlrd so‘mlik 25 ta fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.