16-variant O’zbekistonda sug’urta bozorini nazorat qiluvchi organ qachon tashkil etilgan va u qanday vazifa va funksiyalarni bajaradi?
Sug’urta tashkilotining moliyaviy natijasiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi va ularga tavsif bering.
Mulkiy sug’urta tarmog’ining qaysi klassiga mansub, ularga izoh bering.
1. Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qaroriga ko’ra sug’urta faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etilishi ko’zda tutilgan. Maxsus vakolatli davlat organi:
bajarilishi majburiy bo‘lgan to‘lov layoqati normalarini va ularni aniqlash tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilarning majburiyatlari cheklangan yo‘l qo‘yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda majburiyatlarning jami miqdorini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga layoqatliligi bo‘yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash
sug‘urta bozorining professional qatnashchilari tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, to‘lovga layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga qo‘yiladigan boshqa talablarni ta’minlash
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralari mablag‘lari shakllantirilishi va joylashtirilishi bo‘yicha hisobot yuritish tartibini, hisobotlar tuzishni belgilash
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini ko‘pi bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoxud sug‘urtaning ayrim turlari (klasslari)ga nisbatan to‘liq to‘xtatish, huquqiy ta’sir ko‘rsatish chorasi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan litsenziyalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish va to‘xtatish to‘g‘risida sudga murojaat qilish
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilarining faoliyatini tekshirish va aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
sug‘urtalovchilar tomonidan moliyaviy hisobot berilishi shakllari, tartibi va muddatlarini belgilash
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralari hosil qilish va joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash;
har bir moliyaviy yil tamom bo‘lgandan keyin olti oy o‘tgach sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek moliyaviy yil mobaynida sug‘urta bozorining faoliyati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini e’lon qilish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
aktuar xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi; aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi; belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylar reyestrini yuritadi;
Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini va ularning hisobotlari ishonchliligini, shuningdek ular uchun belgilangan to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari ta’minlanishini tekshirish;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash;
o‘z vakolatlari doirasida sug‘urtalovchilar ishini metodik ta’minlash;
sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urta qilish qoidalari (shartlari) va sug‘urta tariflari belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Sug’urta agentligi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab sug‘urta munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish;
sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;
sug‘urtalovchilar tugatilgan va qayta tashkil etilgan taqdirda sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish;
respublikada sug‘urta faoliyati rivojlanishining holati va tendensiyalarini tahlil qilish;
sug‘urta faoliyati bo‘yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshirish, sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;
ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlari olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori asosida Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi negizida tashkil etilgan.
Agentlik sug‘urta bozorini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot beradi.
Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari sug‘urta bozorining barcha professional ishtirokchilari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.