1-variant Sug’urtaning paydo bo’lishi va rivojlanishiga tarif bering



Download 3,1 Mb.
bet26/74
Sana28.09.2022
Hajmi3,1 Mb.
#850609
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Bog'liq
2 5195366739604413946

7-variant

  1. Sugurta bozorini rivojlanishini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichlar va ularga tavsif bering.

Sugurta bozorini rivojlanishini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichlarga sug’urta kompaniyalari soni, ularning ustav kapitali, sug’urta mukofotlari hajmi, sug’urta mukofotlrining tarkibi kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Sug’urta kompaniyalari soniga keladigan bo’lsak hozirda O’zbekistonda 42ta sug’urta kompaniyasi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 8tasi hayot sug’urta tarmog’i bo’yicha qolgan 34tasi esa umumiy tarmoq bo’yicha.
Sug’urta kompaniyalarining ustav kapitali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qaroriga muvofiq quyidagicha belgilangan:
Umumiy sug’urta yoki hayotni sug’urta qilish tarmog’ida (ixtiyoriy sug’urta)- 15000
Umumiy sug’urta yoki hayotni sug’urta qilish tarmog’ida(majburiy sug’urta)-25000
Qayta sug’urta-35000
sug‘urta mukofotlari (sug‘urta brutto-mukofotlar) — so‘m yoki chet el valyutasida to‘lanadigan, hisoblash tartibi va miqdori sug‘urta shartnomasi bilan belgilanadigan, sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lanadigan badallar;

  1. Sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish shakllari va ularga tariff

Sug'urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliqqa tortish, allohida hukumat qarorlari bilan majburiy sug'urtalashni joriy qilish va vakolatli sug'urta nazorati xizmatini tashkil etish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlarga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilning 5 aprelida qabul qilingan va shu yilning 28 mayida amaliyotga joriy etilgan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni hamda 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan ‘‘Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash to‘g‘risida"gi. 2009 yil 17 martda "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”, 2015 yil 26 mayda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi qonunlar sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlar hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, sug'urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlaming qonuniy manfaatlarini himoya etish maqsadida 1993 yili Oliy Majlis ‘‘Sug'urta to'g'risida” Qonun qabul qilgan edi. O'tgan yillar mobaynida mazkur qonunga ikki marta qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi. Tabiiyki, bu qonun o'sha paytda mavjud bo'lgan iqtisodiy jarayonlami hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Boshqacha so'z bilan aytganda. ushbu qonun sug'urta munosabatlari qatnashchilari uchun biroz yumshatilgan holatda amal qildi. Jumladan. unda sug'urta tashkilotlari tugatilgan taqdirda ulaming sug'urtalanuvchilar oldidagi majburiyatini bajarish tartibi to'liq yoritilmagan. Shuningdek, bu qonunda qonunchilik talablarini buzganligi uchun tomonlaming javobgarligi o'z aksini topmagan hamda davlat sug'urta nazorati organining sug'urta tashkilotlariga nisbatan ta’sir qilish imkoniyati keskin chegaralangan edi. Bayon etilgan holatlar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi bosqichi talablarini hisobga olgan holda, amaldagi "Sug'urta to'g‘risida”gi Qonunni yangilash va takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shuni e’tiborga olib. 2002 vilning 4- 5 aprel kunlari bo‘Iib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sakki/.inchi sessiyasida ■'Sug'urta faoliyati to‘g‘risida”gi yangidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi vaqabul qilindi. Ma’lumki. sug'urta sohasini huquqiy tartibga soluvchi 2002 vil aprel ovigacha amalda bo'lgan qonun ''Sug'urta to'g'risida’- deb ataladi. Holbuki. biz fikr-mulohaza yuritmoqchi boigan qonunning nomi esa ''Sug'urta faoliyati to'g'risida” deyiladi va shubhasiz, bu holat diqqatimizni o'ziga jalb etdi. Ko'pchiiik muhtaram talabalarimizda haqli savol tug‘ilishi mumkin: sug'urta va sug'urta faoliyati tushunchalari o'rtasida farq bormi? Savolga javoban biz mutaxassislar aytamizki: farq bor. Sug'urtaning mohiyatini oddiy til bilan ifodalavdigan bo'lsak, oldindan ko'rib bo'lmaydigan har xil hodisalar ro'y berishi oqibatida yuridik va jismoniy shaxslar ko'radigan zararlami sug'urta tashkiloti tomonidan qoplash bilan bog'liq munosabatdir. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki. sug'urta tashkiloti o'z xizmatini mijozlarga tegishli haq - sug'urta mukofoti to'lash evaziga ko'rsatadi. Sug'urtalovchi mijozlardan kelib tushgan sug'urta mukofotlari hisobidan maqsadli pul jamg'armalarini tashkil etadi va bu jamg'arma mablag'lari faqat sug'urta hodisalari tufayli ko'rilgan zararlarni qoplaydi. E’tibor bergan bo'lsangiz, sug'urta munosabatlarida ikkita tomon ishtirok etayapdi: sug'urta tashkiloti (sug'urtalovchi) va yuridik hamda jismoniy shaxslar (sug'urtalanuvchilar). Endi, sug'urta faoliyati tushunchasiga kelsak, qonunda ta’kidlanishicha, u sug'urta bozori professional ishtirokchilarining sug'urtani amalga oshirish bilan bog'liq faoliyati. Sug'urta bozorining professional ishtirokchilari faqatgina sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchidan iborat emas. Unda qayta sug'urlalovchilar, qayta sug'urtalanuvchilar, sug'urta brokerlari va agentlari ham ishtirok etadi. Yangi qonunning e’tiborga molik tomonlaridan biri, unda, aniqroq aytadigan bo'lsak, uning 4-moddasida sug'urtalovchilaming sug'urtani amalga oshirish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishlari mumkin emasligi qayd etilgan. Qayd etish joizki, sug'urta faoliyati ham tadbirkorlikning bir ko'rinishi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari kechayotgan va tadbirkorlik harakatlariga keng yo'l ochilayotgan bir paytda, tadbirkorlik tizimining muhim bo'g'inlaridan bo'lgan-sug'urtalovchilar uchun bunday cheklovning qonun yo'li bilan belgilanishiga sabab nima? O'tgan yillar tajribasi shundan dalolat beradiki, ko'pgina sug'urta tashkilotlari "sug'urtalovchr’ niqobi ostida turli tijorat operatsiyalarini, xususan, savdo-vositachilik ishlarini amalga oshiradilar. Yuridik va jismoniy shaxslami sug'urta qilish hisobiga kelib tushgan sug'urta mukofotlari, qoidaga ko'ra, sug'urta qoplamalarini to'lashga mo'ljallangan zaxira jamg'armalarini tashkil etishga sarflanmasdan, balki sug'urta faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga sarflangan holatlar ham bo'lgan. Sug'urtaning eng asosiv tamoyillaridan biri-sug'urtalovchilaming o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarishni ta?minlaydigan sug'urta zaxiralariga ega bo'lishidir. Taassufki, ba'zi sug'urtalovchilarimiz, bunday zaxiralami shakllantirmaganliklari oqibatida murakkab moliyaviy holatni boshidan kechirganligi sir emas. Ayniqsa, bu ko'p ming sonli sug'urtalanuvchilar uchun noqulav vaziyatni vujudga keltirishi mumkin. «Sug'urta faolivati to'g’risida» Qonunning diqqatga sazovor joylaridan yana biri. uning 10-moddasida sug'urta tashkilotlarini davlat ro'vxatidan o'tkazish tartibini aniq ko'rsatib qo’yilganligidir. Ma'lumki. qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug'urta tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'yxatiga olinganlar. Ammo, uzoq vaqt, aniqrog'i, 1998 yilning birinchi yarmigacha sug'urta faoliyatini tartibga solish vakolati berilgan davlat sug'urta nazorati organining tashkil etilmaganligi va ilgari Adliya vazirligida davlat ro'yxatiga olingan tashkilotlaming faoliyati hech kim tomonidan nazorat qilinmaganligi oqibatida yangi tashkil etilgan sug'urta tashkilotlarini davlat ro'yxatiga olishda muammolar paydo bo'lgan. «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi Qonun 29 ta moddadan iborat. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug'urtaviy huquqiy munosabatlarga bag'ishlangan. Unda jami 47 ta modda mavjud. Kodeks sug'urta tashilotlari bilan sug'urtalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlami tartibga solsa, «Sug‘urta faoliyati to‘g'risida»gi qonun sug'urta tashkilotlari va davlat o'rtasidagi munosabatlami tartibga soladi. Sug'urtaning iqtisodiy tabiati uning funksiyalarida o'z aksini topadi. Moliya. kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan bir qatorda sug'urta ham bir qator funksiyalami bajaradi. Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda sug'urtaning funksiyalari bir necha ko'rinishda talqin etiladi. Bizning fikrimizcha, sug'urta quyidagi funksiyalami bajaradi: > sug'urta fondini tashkil etish bilan bog'liq fiinksiya; > sug'urta fondidan foydalanish bilan bog'liq funksiya; > nazorat funkyaiyasi. Yuqorida qayd etilgan funksiyalar sug'urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va har qanday sharoitda o'zgannasdir. Sug'urta faoliyatini amalga oshirish uchun, albatta, sug'urta tashkilotida yetarli miqdorda pul mablag'lari fondi bo'lishi lozim. Agar, sug'urtalovchi pul fondini, ya’ni sug'urta fondini tashkil etmasa, uning moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug'urta fondining mablag'lari qat’iyy maqsadli xarakterga ega bo'lib, u faqat sug'urta hodisalari ro'y berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug'urta fondining mablag'larini boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug'urta fondi mablag'lari davlat tomonidan olib qo'yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas.

  1. Davlat sug’urta nazorati organining funksiya va vazifalari

O'zbekistonda davlat sug'urta nazorati tushunchasini davlat tomonidan tartibga solish tizimining qismi sifatida ta'riflash mumkin. Ushbu tizim sug'urta faoliyati subyektlarini sug'urta ishi sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilishi, sug'urta faoliyatini samarali rivojlantirish hamda sug'urta qildiruvchilar va boshqa manfaatdor shaxslar va davlatning qonuniv manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni ta’minlash uchun huquqiy hujjatlaming buzilishining oldini olish. ogohlantirish maqsadida ulami nazorat qilishdan iborat.
Hozirgi vaqtda O'zbekistonda davlat sug'urta nazoratiga sug'urta bozorini tartibga solishning jahon amaliyotiga javob beradigan vazifalar yuklatilgan. Bular: - litsenziyalash: - to'lovga qodirligini tekshirish va qaltisliklaming oldini olishga ko'maklashish: - sug'urta jamg'armalaridan foydalanish nisbati va yo'nalishlarini belgilash; - sug'urta maydonidan chiqish shartlarini aniqlash: - iste’molchilar huquqlarining to'liq arnalga oshirilishi va sug'urta xizmatlari - sifatini ta'minlashga ko'maklashish: -sug'urta faoliyatining oydinligini ta'minlash.


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish