8-variant Sugurta bozorida faoliyat korsatuvchi kompaniyalarni litsenziyalashda zarur boladigan hujjatlar va ularga tarif
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
- yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
- litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar (so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnomasining notarial tasdiqlagan nusxalari hamda mehnat daftarchasi);
- litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
-ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitali to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar);
2. sugurta tashkilotining sugurta faoliyatidan olinadigan daromadlar tarkibiga tariff
Sugurta tashkilotining sugurta faoliyatidan olinadigan daromadlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)sugurta mukofoti boyicha tushumlar
2)qayta sugurtalash mukofotlari boyicha tushumlar
3)birgalikda sugurtalash boyicha tushgan mukofotlar
4)Komission va brokerlikni ragbatlantirishdan tushgan tushumlar
Yuqorida qayd etilgan daromadlar sugurta tashkilotining togridan-togri sugurta ishini tashkil etish bilan tushadigan daromadlarga togri keladi.
3. Abandon, adjaster va addendum tushunchalarining iqtisodiy mazmun va mohiyati
Abandon - to'liq miqdordagi sug'urta summasini olish uchun sug'urtalanuvchining sug'urtalangan mol-mulkdan sug'urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug'urtalangan kema nobud bo'lganda, u xabarsiz yo'qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to'g'risidagi ariza voqea-hodisa ro'y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak.
Adjaster - sug'urta hodisasi ro'y berishi munosabati bilan sug'urtalanuvchi tomonidan bildirilgan e'tirozni tartibga solishda sug'urta kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U sug'urtalanuvchi bilan unga to'lanadigan sug'urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug'urta hodisasini ro'y berish sabablarini o'rganadi va tahlil etadi. Ushbu tahlil natijalari bo'yicha sug'urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funktsiyasini bajaradi. Adjaster vazifasini sug'urta kompaniyasining tarkibiy bo'limi yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin