Aloqa ishonchliligini oshirish. MIMOdan foydalanuvchi va foydalanmaydigan qurilmalarni taqqoslanganda «yuqoriga» liniyada ishlash sifatining yaxshilanishi kuzatiladi. Radioto‘lqinlarning kuchli sochilishi holatlarida ma’lumot uzatishda ancha ishonchlilik va barqarorlikni ta’minlaydi.
Kanalning o‘tkazish qobiliyatini oshirish. YUqori darajadagi modulyatsiyalash imkoni mavjudligi sababli va bir vaqtda bir necha mustaqil oqimlarni uzatishi sababli MIMO tizimlari bitta antennali sxemalar bilan taqqoslanganda, quyidagicha o‘tkazish qobiliyatini oshirishni ta’minlaydi: makrosotalarda 30% gacha va mikrosotalarda 100% gacha.
SHuningdek, MIMO texnologiyasining ustunligi sifatida an’anaviy antenna tizimlariga qaraganda ishchi xarakteristikalarining barqarorligini ta’kidlab o‘tish zarur. Abonent 3 km/soatdan 120 km/soatgacha tezliklarda harakatlanganda aloqaning yomonlashish xarakterlari kuzatilmaydi. MIMOli tizimlarning jiddiy kamchiligi signalni qayta akslantirish holatlarida sifat xarakteristikalari yo‘qolishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |