Wimax texnologiyasi haqida umumiy tushunchalar. Wimax tizimlarining tarqalishi va qo‘llanish sohalari. Arxitekturasi va asosiy xarakteristiklari. Reja



Download 1,52 Mb.
bet6/14
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#279802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Wi-MAX

* AQSH va evropada

WirelesshUMAN (ingl. High Spead Unlicensed Metropolitan Area Network) rejimi litsenziyasiz diapazonlarda ishlash uchun mo‘ljallangan (bunday diapazonlar AQSHda va qator Evropa davlatlarida ko‘zda tutilgan). WirelesshUMAN rejimining o‘ziga xos xususiyatlari faqat TDD, DFS (ingl. Dynamic Frequency Selection) chastotalarni dinamik taqsimlash funksiyasidan va chastota kanallarini nashrlashtirish mexanizmidan foydalanish hisoblanadi [8].

WirelessMAN-OFDM va WirelessMAN-OFDMA kanallarni ortogonal bo‘lishga asoslangan va IEEE 802.16-2001 standartga nisbatan prinsipial yangi usullardir. Oldin bu rejimlar IEEE 802.16a standartiga kirgan, lekin qator o‘zgartirishlarga uchradi va natijada IEEE 802.16d standart IEEE 802.16e standartlariga kirdi.

11 GGsdan past diapazonlardagi barcha rejimlarda o‘ta takomillashtirilgan signalni qayta ishlash texnologiyalari qo‘llaniladi:



  • ARQ-takroriy uzatishni avtomatik so‘rov mexanizmi;

  • AAS - adaptiv antenna tizimlari bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlash;

  • AAS tizimlari bilan ishlashda STC-Fazoviy-vaqtli kodlash.

SHuningdek, WirelessMAN-OFDM rejimida “nuqta-ko‘p nuqta” markazlash turiga topologiyasiga qo‘shimcha rejimda mesh–tarmoq arxitekturasini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan (tarmoq terminallari faqat AQ funksiyalarini bajarishdan tashqari, trafikni retranslyasiyanishi mumkin bo‘lgan markazlashtirilmagan topologiya).

3.3.4. IEEE 802.16 standarti tarmog‘i fizik darajasining tavsifi



IEEE 802.16 standartining fizik darajasi WIMAX tizimlari turli ish rejimlarining qo‘llab-quvvatlashini hisobga olib ishlab chiqilgan va shu maqsadda uchiga prinsipial farqli signallarni qayta ishlash usullarini ko‘zda tutadi:

  • SC-FDMA bir eltuvchili modulyatsiya usuli (WirelessMAN-SC va WirelessMAN-SCa rejimlari);

  • OFDM ortogonal eltuvchilar orqali multpleksorlash usuli (WirelessMAN-OFDM va WirelesshUMAN rejimlari);

  • OFDMa ortogonal eltuvchilar orqali ko‘plab ulanish usuli.

Bu usullarni atroflicha ko‘rib chiqamiz.
SC-FDMA bir eltuvchili modulyatsiya usuli

SC-FDMA usuli WirelessMAN-SC va WirelessMAN-SCa rejimlari qo‘llanilgan. “YUqoriga” va «pastga» liniyalar uchun WirelessMAN-SC rejimida signalni qayta ishlash protsedurasi bir necha operatsiyalardan tashkil topgan va 5.9-rasmda ko‘rsatilganidek, ko‘rinishda bo‘ladi.

Kirish ma’lumotlari oqimi dastlab randomizatsiyaga uchraydi. Randomizatsiya (shuningdek, “skremblirovanie” atamasi qo‘llaniladi) –bu usul orqali qabul qilingan ma’lumotlar tasodifiyga o‘xshaganga o‘zgartiriladi. Bunga ma’lum matematik mexanizm bo‘yicha PTK generatori ishlab chiqaradigan qandaydir psevdo tasodifiy ketma-ketlikka ma’lumotlar oqimini kengaytirish hisobiga erishiladli.



3.9- rasm. WirelessMAN-SC rejimida signalni qayta ishlash trakt


Keyin skrembllangan ma’lumotlar FEC (ingl. Forward error Correction) xatoliklar tuzatish usulidan foydalanib halaqitbardosh kodlar yordamida himoya qilinadi. WirelessMAN-SC rejimida ikkita FEC kodlash algoritmi majburiy algoritmi hisoblanadi:

Galua FEC GF(256) maydonidagi simvollarni Rida-Solomon kodlashli va Rid-Solomon tashqi kodli kaskadli kod va ichki o‘rama kod (k = 7 kodli cheklashli, 2/3 kodlash tezligili) va Viterbi algoritmi bo‘yicha dekodlash. Opsional ravishda boshqa ikkita algoritm qo‘llanilishi mumkin: Rida-Solomon tashqi kodli va juftlikka tekshirilishi ichki kodli kaskadli kod (8,6,2) va blokli turbo kod.

Skrembrlash mexanizmlari va kaskadlash algoritmlari haqida axborotlar kadr preambulasiga kiritiladi va keyin modulyatsiya uchun yo‘naltiriladi. WirelessMAN-SC usulida uch turdagi QPSK va 16-QAM (majburiy), shuningdek, 64-QAM (opsional) kvadraturali modulyatsiyadan foydalaniladi. Kodlangan bitli ketma-ketlik modulyatsion simvollarga o‘zgartiriladi. (har bir 2/4/6 bit QPSK/16-QAM/64-QAM bir simvolini aniqlaydi). 2/4/6 bitdan iborat har bir guruhga mos ravishda sinfaz (I) va kvadraturali (Q) koordinatalar qo‘yiladi. Keyin I va Q kanallardagi diskret qiymatlar ketma-ketligi SQRT-filtr (ingl. Square-root Raised Cosine Filter-ACHX kosinisoidal silliqlanishli filtr) yordamida uzluksiz signallarga o‘zgartiriladi. I(t) va Q(t) filtrlangan oqimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kvadraturali modulyatorga beriladi. Uning chiqishida quyidagi chiqish signali shakllanadi:


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish