R7 tayanch nuqtasi
R7 tayanch nuqtasi ΑSN-shlyuzdagi boshqarish siyosati va AAA funksiyalar uchun nazorat protokollari opsional matritsasidan tashkil topgan.
R8 tayanch nuqtasi
R8 tayanch nuqtasi AQ xizmat ko‘rsatishni tez va sezilarsiz uzatilishi bo‘lgan “xendover” uchun BS orasida trafikni uzatish opsional interfeysi va boshqaruvchi xabarlar va oqimlar interfeyslaridan tashkil topgan.
Radioulanish tarmog‘i va kommutatsiya tarmog‘ining o‘zaro ta’sirlashishi. WIMAX tizimi arxitekturasining boshqa o‘ziga xos xususiyatlari
3.7-rasmda ΑSN va CSN tugunlar bir operatorga tegishli bo‘lmagan holda ularning o‘zaro ta’sirlashishi mumkin va aksincha, bir nechta CSN tugunlari bitta ASN tuguniga ko‘rinadigan bo‘lishi mumkin.
WIMAX tizimi arxitekturasi bir tarmoq platformasida IP va ethernet xizmatlarini taqdim etishga imkoniyat beradi. WIMAX tarmoq komponentlarini ixchamligi va moslashuvchanligi operatorlarga, shuningdek, aralash tarmoqlarda ham tashkil etish uchun turli ishlab chiqaruvchilarning foydalanish qulayligini beradi. WIMAX arxitekturasining universalligi quyidagi turli xizmatlar va ilovalarni qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi:
- Tovush va multimediya ilovalari, shuningdek, avariya chaqiruvlari va qonuniy ushlash turlaridagi majburiy xizmatlar;
- Turli xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga mustaqil ulanish;
- IP bo‘yicha tovushga asoslangan mobil tovushli aloqa (VoIP);
IP bo‘yicha SMS, IP bo‘yicha MMS va boshqa xizmatlar;
Guruhli va keng uzatishli aloqa.
3.7- rasm. WiMAX tayanch tarmog‘i tugunlarining o‘zaro ta’sirlashishi
O‘zaro ta’sirlashish va rouming xizmatlari WIMAX tarmoqlarining muhim funksionalligi hisoblanadi. Xususan, WIMAX tarmoqlari 3GPP va 3GPP-2 simsiz tarmoqlar, shuningdek, IETF protokollari asosidagi DSL va MSO simli tarmoqlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin. WIMAX tarmoqlari bilan global rouming xizmatlari o‘sha bir AQ identifikatorlaridan foydalanish imkoniyatlarini AAA va billing yagona funksiyalarini, “nom/parol” birlashmasi, raqamli sertifikatlar, SIM-kartalar, universal USIM-kartalar va RUIM (ingl. Removable User Identify Module) abonentni identifikatsiyalashning olinadigan modullari kabi turli Autentifikatsiyalash formatlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘p darajali tuzilmali WIMAX tizimi arxitekturasining modeli 3.8-rasmda keltirilgan.
3.8- rasm. IP asosidagi WIMAX tarmog‘i arxitekturasi
3.3.3. IEEE 802.16 standartidagi ish rejimlari
Avval ta’kidlaganimizdek, IEEE 802.16 standarti WIMAX tarmoqlari uchun fizik va MAC darajalarni tavsiflaydi. Bu sathlarda radiointerfeyslar texnologiyalari, kanallarga ulanish va modulyatsiya usullari, oqimlarni bajarish tizimlari, uzatiladigan axborotlar tuzilmasi, yuqori darajalar ma’lumotlarni uzatish protokollarini (avvalo ATM va IR) WIMAX tarmoqlarining pastki (fizik) darajalari protokollari uyg‘unlashtirish mexanizmlari aniqlanadi. IEEE 802.16 standarti 3.5-jadvalda keltirilgan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, faqat bitta eltuvchidan foydalanadigan WirelessMAN-SC (ingl. Wireless Metropolitan Area Network-Single Carrier) rejimi 10-66 GGs diapazonda ishlash uchun mo‘ljallangan va 25 MGs kanal kengligida va 120Mbit/sek. ma’lumotlarni uzatish tezlikli to‘g‘ri ko‘rinish sohasida ishlaydigan magistral tarmoqlarga yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan). Qolgan rejimlar 11 GGs dan past diapazonlar uchun ishlab chiqilgan. WirelessMAN-SCa bu WirelessMAN-SC rejimining “past chastotali” versiyasidir (qator qo‘shimcha mexanizmli, xususan, 256-QAM kvadraturali-amplitudaviy modulyatsiyaga ruxsat etiladi.
3.5- jadval
IEEE 802.16 standartining asosiy rejimlar
Rejim
|
CHastota
diapazoni, GGs
|
Opsiyalar
|
Duplekslash
usuli
|
WirelessMAN-SC
|
10-66
|
|
TDD/FDD
|
WirelessMAN-SCa
|
< 11
|
AAS/ARQ/STC
|
TDD/FDD
|
WirelessMAN-OFDM
|
< 11
|
AAS/ARQ/STC/ Mesh
|
TDD/FDD
|
WirelessMAN-OFDMA
|
< 11
|
AAS/ARQ/STC
|
TDD/FDD
|
WirelesshUMAN
|
<11, litsenziya-lashtirilmay-digan
diapazon*
|
DFS/AAS/ARQ/
Mesh/STC
|
TDD/FDD
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |