Wi-Fi tarmoqlari davlat nigohida 18: 27


Wi-Fi tushunchasi haqida umumiy ma’lumot 2019



Download 245,5 Kb.
bet3/7
Sana28.02.2022
Hajmi245,5 Kb.
#475576
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Wi-Fi

Wi-Fi tushunchasi haqida umumiy ma’lumot 2019

Wi-Fi tushunchasi ancha rivojlanib ketdi, bu haqida har xil fikrlar, tortishuvlar bo'ldi va bo'lmoqda. Ba'zilar bu terminni noto'g'ri tushunishi yoki noto'g'ri joyda ishlatilishini siz ham sezgan bo'lsangiz kerak. Balki siz bu tushunchani bilarsiz, shunday bo'lsa ham maqolani erinmay o'qib chiqing balki, qandaydir yengilik olarsiz. Maqolada, Wi-Fi tushunchasini asosini yaxshilab tushuntirib yozaman, chuqurroq keyingi maqolalarda berib boraman.


Bu tushuncha internet tushunchasi bilan sinonim bo'la olmaydi. Bu bir texnologiya, ya'ni simsiz aloqa o'rnatish texnologiyasi bo'lib, internet, tarmoq qurish uchun vosita hisoblanadi.


WiFi(vayfay deb o'qiladi) dastlab «Wireless Fidelity» ya'ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o'rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo'lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o'rnatish texnologiyasi bo'lib, IEE802.11 standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to'g'ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.


Simsiz aloqa texnologiyasi bo'lganidan keyin, ma'lum bir tashuvchisiga ega bo'lishi kerak, bu tashuvchi chastota deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo'lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo'yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o'rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi.


Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo'ladi. Bular o'rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo'ladi, ya'ni bu chastotada boshqa qurilamalar ham ishlaydi(bluetooth), demak bir-biriga biroz halaqit berishi mumkin.


Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchun TP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL… .


Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo'ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo'ladi, yoki bo'lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo'ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo'lmaydi, ya'ni Wi-Fi router orqali jo'natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.


Umumiy oladigan bo'lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.


Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo'lgandan so'ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba'zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o'yinlar ham o'ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.


IEE802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular:


IEE802.11a;


IEE802.11b;
IEE802.11g;
IEE802.11n.

Bularning farqi signal uzatish tezligi va uzoqligidadir. Shuni ham esda saqlash lozim, qancha tezlik katta bo'lsa, masofa qisqaradi, fizika fanidan eslatma.


Ko'p kafe, restoran, katta binolar, do'konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini ko'rishingiz mumkin.


Bu degani, shu kafeda Wi-Fi asosida ishlaydigan internet mavjud deganidir, ya'ni qabul qilguvchi router mavjud, qabul qilgich bo'lsa bas. Shuni ham hisobga olish lozimki, Wi-Fi routerga ulanish parollangan bo'lishi ham mumkin, bu degani sizning qabul qiluvchi qurilmangiz, uzatuvchi qurilmaga ulana olmaydi(agar parolni bilmasangiz).


Maqolada, Wi-Fi haqida umumiy tushuncha berishga harakat qildim, keyingi maqolalarda bu texnologiyaning afzallik va kamchiliklarini yozib o'tishga harakat qilaman.


Manba: itportal




WiMAX

WiMAX (ingl. Worldwide Interoperability for Microwave Access) — texnologiyasini rivoji


hamda ko?tarilishi uchun 1999-yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan
edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur
kompaniyalar qo?shilishgan. 2005-yil may oyiga kelib ushbu forumda 230 dan ortiq
qatnashchilarni birlashtirgan. O?sha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society)
tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo?ygan.

WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion


texnologiyalarni rivojlantirish (ko?pgina chekka hududlarda telefon hamda kabel
tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda).

WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion


texnologiyalarga yo?lni ochish.

WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.


WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o?rnatilishi mumkin).


WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori


asosida).

Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oralig?idagi bog?lanish past


chastotali diapason (2–11 GHz) orqali amalgam oshiriladi. Bunday bog?lanish eng yaxshi
sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda ma?lumot uzatishga imkon beradi va to?g?ridan-to?g?ri signal
ko?rishni talab etmaydi[1].

Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat „so?nggi milya“, balki regional


tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog?lashda bemalol qo?llash mumkin.

Qo?shni baza stansiyalari bilan OYCh (o?ta yuqori chastota 10–66 GHz) to?g?ridan-to?g?ri


radioaloqa rejimida doimiy bog?lanish o?rnatiladi. Bunday bog?lanishlar 120 Mb/s tezlikda
ma?lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to?g?ridan to?g?ri
ko?rish orqaligina bir biri bilan ma?lumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni. Lekin
yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan
bog?lanishga orada to?siq bo?la olardi.

Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bog?lanish orqali (T3 va shunga o?xshash)


provayder bilan doimiy bog?lanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi
asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.

IEEE 802.16 tarmog?i strukturasi odatiy mobil aloqa tarmog?iga o?xshab ketadi. Bu yerda ham


baza stansiyalari 50 Km radiusda hizmat ko?rsata oladi.

WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.


WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud.


Fixed WiMAX — fiksatsiyalangan aloqa


Nomadic WiMAX — seansli aloqa


Portable WiMAX — siljish rejimidagi aloqa


Mobile WiMAX — mobil aloqa.


Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10–66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu


chastotali diapason kuchli so?nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning to?g?ridan
to?g?ri bir biriga ko?rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu
chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo?lmish signalning ko?pnurli
tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha ko?tarilishiga olib
keladi.

Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko?chib yurishi


hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu rejim
asosan portative qurilmalar uchun keng qo?llaniladi.

Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan


holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining
joydan-joyga ko?chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To?g?ri, ushbu rejimdan
shaharda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammoni tug?diradi.

Mobile WiMAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo?lib, foydalanuvchining


joydan-joyga ko?chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo?lganda sifatli aloqani
taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab
o?tishimiz mumkin.

Ko?p nurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi.


Kanalning yuqori o?tkazuvchanligi.


Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni qayta ishlab,


kanallarning estafeta shaklidagi sessiyasi orqali antenalarning boshqaruvini
osonlashtiradi.

Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining tezkor


joydan-joyga ko?chishidagi aloqani stabilligini tamillab beradi.

Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori tezlikdan eng


maksimal darajada foydalana olishi.

Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf harajati


Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga ulanishdagi vaqtni 50


millisekund va undan kam vaqtni tashkil etishida.

Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-H, MediaFLO hamda 3GPP E-UTRA


fuksiyalarini o?zida jamlagani.

Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar hamda


estafeta shaklidagi yuborishni ta?minlaydi.

Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi minimal


yo?qotishlarni boshqara olishni ta?minlaydi



Download 245,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish