“Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling”
aksiyasining shartlari
1. “Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling”
aksiyasining shartlari (keyingi o‘rinlarda - Aksiya) “O‘zbektelekom” AK
(keyingi o‘rinlarda - Operator)ning keng polosali Internet xizmatlaridan
ADSL/VDSL texnoligiyasi bo‘yicha foydalanuvchi abonentlar uchun oylik
abonent to‘loviga chegirma berish tartibini belgilaydi.
2. Aksiyaning amal qilish muddati – 2022-yil 12-oktabrdan 2023-yil
31-martga qadar.
3. Aksiya doirasida Internet xizmatidan foydalanuvchi abonentlar uchun
Operatorning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida abonent qurilmasini
(Wi-Fi-router, modem) xarid qilishda (to‘lovni bir vaqtning o‘zida amalga oshirish
sharti bilan) quyidagi tarif rejalari bo‘yicha abonent to‘lovi uchun chegirma bilan
xizmatlarni ulash imkoniyati taqdim etiladi:
Tarif rejasi
Abonent to‘lovi, so‘m
Taqdim etilgan vaqtdan boshlab
chegirmaning
amal qilish muddati, oylar
(hisob-kitob muddatlari) soni
Ulanish taqdim etiladigan
texnologiya
Chegirmasiz
Chegirmalarni
hisobga olgan holda
UNLIM 7
99 000
990
1
ADSL
YANGI - 1
109 990
1 099
1
VDSL
YANGI - 2
139 990
1 399
1
VDSL
4. Aksiyada barcha jismoniy shaxslar, shuningdek, fuqarolik-huquqiy
munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik
yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Aksiya, yangi ulanayotgan, ulanish texnologiyasini o‘zgartirayotgan abonentlarga,
shuningdek, ushbu shartlarning 3-bandida belgilangan talablar bajarilishi sharti
bilan, Internet xizmatlardan foydalanayotgan mavjud abonentlarga goʻllaniladi.
Ushbu Aksiya, xizmatlarni ulashda o‘zining abonent qurilmasini taqdim etgan
abonentlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
5. Internet xizmatlaridan foydalanayotgan yoki ulanish texnologiyasini
o‘zgartirayotgan mavjud abonentlar uchun Aksiya doirasida abonent to‘loviga
chegirma sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilingandan so‘ng, keyingi
hisob-kitob davridan boshlab taqdim etiladi.
6. Tarif rejasi o‘zgartirilgan taqdirda taqdim etilgan chegirma bekor qilinadi.
7. Ushbu Aksiya doirasida taqdim etiladigan abonent qurilmalarining soni
cheklangan bo‘lib, qurilmalar omborxonada mavjud bo‘lganda taqdim etiladi.
8. Kompaniya Aksiya boshlanganligi to‘g‘risida tegishli maʼlumotlarni
Internet tarmog‘idagi www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida va boshqa aloqa
vositalarida joylashtirish orqali xabardor qiladi.
9. Kompaniya tegishli maʼlumotlarni www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida
joylashtirish yoki boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilish orqali Aksiya
shartlarini o‘zgartirishga haqli. Aksiya ishtirokchilari yuqorida keltirilgan saytda
tegishli o‘zgarishlarni mustaqil ravishda tekshirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |