Wi-Fi tarmoqlari davlat nigohida 18: 27


Wi-Fi tarmoqlari uchun dasturlar 2019



Download 245,5 Kb.
bet7/7
Sana28.02.2022
Hajmi245,5 Kb.
#475576
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Wi-Fi

Wi-Fi tarmoqlari uchun dasturlar 2019

Wi-Fi tarmoqlari uchun dasturlar Hozirgi davrda nafaqat umumiy fan va texnika, balki birgina sohaga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'lish ham juda qiyin. Har kuni ko'plab yangi texnologiyalar, qurilmalar, dasturlar paydo bo'ladi va bu son-sanoqsiz yangiliklarni bilib olish uchun ko'p vaqt hamda kuch sarflashga to'g'ri keladi. Buning uchun o'zingizda kuch va irodalilikni his etsangiz ham, vaqtingiz yetmaydi.





Bugungi kunda axborot texnologiyalari ham jadal sur'atlarda rivojlanayotganligi hech kimga sir emas. Bu sohaning rivojlanishi bilan kundalik hayotimizga talay imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Wi-Fi tarmog'idan foydalanish ham ana shunday qulay imkoniyatlardan biridir. Mazkur tarmoqdan foydalanishda turli dasturlar zarur. Quyida ulardan ayrimlari bilan tanishib o'tamiz.

Simsiz tarmoqlar to'g'risida juda ko'p o'qigan, barcha nozik tomonlari va murakkabliklarini tushunib olishga ulgurgan va havo orqali "bepul" Internetga ulanib ko'rgandirsiz. Agar ulgurmagan bo'lsangiz marhamat, yordamga tayyormiz. Simsiz aloqa uzoq 1991-yilda yaratilgan va dastlab kassa xizmatlari tizimi uchun ishlab chiqilgan edi. O'shanda axborot uzatish tezligi bor-yo'g'i 1-2 Mbit/s ni tashkil qilar edi. O'tgan davrda Wi-Fi o'zining signallari bilan sayyoramizning millionlab kvadrat kilometr yuzasini qoplashga, axborotlarni uzatish tezligini bir necha bor oshirishga hamda ko'plab sonli foydalanuvchilarni jalb etishga ulgurdi. Bu jarayonlar axborotlarni uzatishning ushbu usulini: tarmoqni ko'p mablag' sarflamasdan yer kurrasining har qanday nuqtasida tashkil qilish imkoniyati; ulanish kabellari yo'qligi sababli mablag'larni tejash; Wi-Fi standartida ishlashni ta'minlaydigan turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarini keng tarqalishi va ularning bir-biri bilan mos ishlashi; Wi-Fi tarmog'ida rou-mingni ta'minlash kabi so'zsiz ustunliklari evaziga amalga oshdi.





Tarmoq abonenti ulanishni yo'qotmay turib, hech qanday to'siqlarsiz ulanish bir nuqtasidan ikkinchisiga o'tishi mumkin. Kun sayin "vay-fay" ning mashhurligi ortib bormoqda. So'nggi davrda mazkur simsiz tarmoqlarning keng tarqalishi qayd etilmoqda. Xalq qiziqmoqda, qulayliklarini tushunib oldi va provayderlar talabni his etdilar, shu sababli ko'plab tarmoqlarni tashkil qilmoqdalar. Yaxshi qahvaxona, barlar esa o'z mijozlariga bepul Wi-Fi taqdim etmoqdalar. Umuman aytganda, ushbu tarmoqdan foydalanish doirasi kengayib bormoqda.

Ko'p sonli ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, Wi-Fi standartining qator salbiy tomonlari ham mavjud: qator mamlakatlarda axborot almashish sodir bo'ladigan chastotalar diapazonlaridan foydalanishga cheklanishlar mavjud; Wi-Fi qurilmalari ko'p energiya sarflashi bilan ajralib turadi; aloqa kanallarining buzib kirishga qarshiligi darajasi past. Eng keng tarqalgan shifrlash WEP (Wired Equivalent Privacy) standartini osongina (kalitning past mustahkamligi sababli) buzish mumkin. WAP (Wi-Fi Protected Access) va WAP2 shifrlash yangi standartlari ham ishlab chiqildi, ular hujumlarga ancha bardoshli, lekin baribir simsiz tarmoqni buzib kirish mumkin bo'lgan metodlar mavjud. Bundan tashqari, Wi-Fi tarmoqlari chegaralangan ta'sir zonasiga ega. To'g'ri ko'rish sharoitida ma'lumot almashish mumkin bo'lgan maksimal masofa taxminan 500 metrni tashkil qiladi. Yopiq, yoki bir, yoki yonma-yon kanallarda ishlayotgan ulanish nuqtasi va ulanish ochiq nuqtasi shifrlashidan foydalanuvchi signallarning bir-biri ustiga tushishi ulanish ochiq nuqtasiga ulanishga xalaqit qilishi mumkin.





Ushbu muammo nuqtalar juda zich holatlarida yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari o'rtasida to'la moslik bo'lmasligi ham mumkin. Shunday holat misol uchun, IEEE 802.11n standarti xomaki versiyasida sodir bo'ldi. Yetakchi kompyuter ishlab chiqaruvchilari "Draft N" leyblari bilan qurilmalarni ishlab chiqara boshladilar, biroq ma'lumotlar uzatish 802.11n standarti bo'yicha mosligini ular faqatgina o'zlarining rusumlari "devayslari" bilan ta'minladilar.

Barcha dasturlar Realtek chipida kiritilgan simsiz adapteri bo'lgan Asus P5K-E ona platali kompyuterlarda o'rnatildi. Simsiz ulanish nuqtasi sifatida U.S. Robotics Wireless MAXg Wireless Access Point (USR5451) qurilmasidan foydalanildi. Wi-Fi adapterini sozlash uzatilayotgan ma'lumotlar WPA2-PSK xavfsizlik protokoli bo'yicha shifrlanadigan qilib sozlandi. Ulanish nuqtasi tasodifan bo'lmasligi uchun, uning sozlashlarida MAC-manzillar bo'yicha tarmoqqa ulanish aniq ko'rsatildi. To'g'ri, bu holatda ham buzib kirish xavfi qoladi, lekin bu endi ancha murakkab, faqatgina juda mohir xakerlarni qo'lidan keladigan jarayon bo'ladi.


Bu ulanish nuqtasini izlash eng mashhur dasturlaridan biri hisoblanadi. Foydalanish juda oddiy va juda ko'p axborotlarga boy. Jiddiy sozlashlarni talab qilmaydi; ishga tushirasiz va boshqa hech narsa to'g'risida o'ylamaysiz. Utilitasi ulanish nuqtasi quyidagi ko'rsatkichlarini: SSID (tarmoq nomi), MAC-manzil, foydalaniladigan radiokanallar soni (Channel), uzatish tezligi (Speed), Wi-Fi nuqtasi ishlab chiqaruvchisini, yaratilgan tarmoq turini (Type), foydalaniladigan shifrlash turini (Encryption), hosil qilinayotgan quvvatini detsibellarda (SNR), hosil qilinayotgan signal quvvatini dbm larda (SignalQ) hamda koordinatalarini (Latitude, Longitude) to'plashga qodir. Koordinatalari GPS qurilmasi bilan sinxronlashtirish uchun kerak va "vardrayverlarga" juda kerak bo'ladi. Dasturga kirishda fayl yaratiladi va unda topilgan ulanish nuqtasi to'g'risida barcha ma'lumotlar saqlanadi. Har qanday shaharda osonlik bilan Wi-Fi tarmog'i bilan qoplanish xaritasini yaratish, keyin esa qiziqishi bo'yicha o'z safdoshlari bilan almashish mumkin. Ko'rsatkichlari bo'yicha "xot spotlarni" saralash qulay usuli qo'llanilgan. Agarda dasturning sozlashlariga qaraydigan bo'lsak, bu yerda hech bir qiyinchiliklar yo'qligini ko'ramiz. Asosiy punktlarida quyidagilarni aytib o'tish zarur: sizning GPS qabul qiluvchingiz asoslangan skanerdan o'tkazish va chipni tanlash tezligini boshqarish. Bir juda g'aroyib holatni aytib o'tish zarur: dastur ulanishda foydalaniladigan shifrlash turini noto'g'ri aniqladi. WPA2 o'rniga u WEP ni ko'rsatdi.





Ushbu dastur uyda foydalanuvchilarga monitoring og'ir ishida, boshqarish va o'z tarmog'ida maksimal imkoniyatga erishishga yordam berishga mo'ljallangan. Network Magic uchta asosiy ishlash rejimiga ega: tarmoq-dan axborotni olish, router xavfsizlik funksiyalaridan foydalanish uchun do'stona interfeysni taqdim etish va Internetdan uy tarmog'iga ulanishni ta'minlash. Oxirgi ikki funksiyasi faqat agarda router Network Magic dasturi bilan ishlaydigan bo'lsagina, ta'minlanadi. To'lagan 29.99$ mablag'ingiz hisobiga dasturni uchta kompyuterga "o'rnashtirish" imkoniga ega bo'lasiz. Network Magic interfeysi ilovalar to'plamidan iborat bo'ladi, bu esa soz-lashlarga tez va qulay kirish imkonini beradi. Umumiy imkoniyatlarni va printerlarni boshqarish, Internetga ulanish holatini kuzatish hamda tarmoqdagi barcha qurilmalar grafik taqdim etilishini shakllantirish mumkin. Oxirgi funksiya juda qiziqarli - har qanday tarmoq tuzilishini bemalol bilib olishingiz mumkin. Talab etiladigan qurilmani chaqirib uning IP-sozlanishlarini ko'rib chiqish mumkin, o'ng tomon tugmasini bosish esa ba'zi harakatlarni bajarishga imkon beruvchi kontekstli menyuni ko'rsatadi. Misol uchun, routerda loglarni yozib olishni o'chirish yoki umumiy printer navbatini tekshirish mumkin. Network Magic's Net2Go funksiyasi yordamida har qanday joydan uy tarmog'iga ulanish mumkin. Network Magic's Net2Go o'rnatilganda yagona manzil (yourname.net2go.com kabi ko'rinishda bo'ladi) va parol shakllantiriladi. Olingan manzil va parol brauzerda kiritilganidan so'ng oldindan tanishib chiqqan papkalardan foydalanish imkoniga ega bo'lasiz.

Agar do'stlaringiz, qo'shnilaringiz uchun tarmoqqa o'z ulanishingizni ochishga qaror qilgan bo'lsangiz, unda 2hotspot dasturini yozib olishingiz kerak bo'ladi. Shundan keyin sizning ulanish nuqtangizdan Internetga chiqishga harakat qiluvchilar bepul yoki kredit karta rekvizitlari bilan birga parolni kiritish taklifi bilan sizning sahifangizni ko'radilar. Butun jarayonni 2hotspot dasturi bilan yaratilgan server orqali nazorat qilishingiz mumkin bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, 2hotspot utilitasi simsiz Wi-Fi adapteri asosida ulanish nuqtasini yaratadi.





Installyatsiya paytida 2hotspot servisi paydo bo'ladi. Unga bosib va kontekstli menyudan Connect to Network punktini tanlagandan so'ng siz 2hotspot.com saytiga kirasiz, bu yerda o'z ulanish nuqtangizni ro'yxatga kiritishingiz kerak bo'ladi. Buning uchun o'z koordinatalaringizni kiritish (1-qadam), tarmoq ko'rsatkichlarini (tijorat yoki bepul), SSID, qutlov matnini hamda bepul saytlar va ishonilgan qurilmalar ro'yxatini (2-qadam) kiritish kerak bo'ladi. 3-qadamda bir vaqtda tarmoqqa kirishi mumkin bo'lgan foydalanuvchilar maksimal sonini va ulanish maksimal tezligini aniqlash zarur bo'ladi. Shundan keyin sizning tarmog'ingizga ulangan har bir kompyuter ro'yxatdan o'tish yoki o'z paroli va loginini kiritish taklifi bilan boshlang'ich sahifaga kiradi. Bir akkaunt doirasida turli SSID'lar bilan bir necha simsiz tarmoqlar ko'rsatilishi mumkinligini aytib o'tish zarur.


WirelessMon - ulanish nuqtalarini izlash uchun yana bir qiziqarli dastur. Netstumbler'ga qaraganda ancha do'stona va chiroyli interfeysini aytib o'tamiz. Utilitasi quyidagi ulanish nuqtasi ko'rsatkichlarini beradi: SSID, MAC-manzil, dbm (RSSI)da yetkazib beriladigan signali quvvati, foydalaniladigan radiokanallar soni (Channel), ta'minlanadigan uzatish tezligi (Rates Supported), hosil qilingan tarmoq turi (Infrastucture), foydalaniladigan modulyatsiya turi (Network Type). Afsuski tanlangan modulyatsiya turi ko'rsatilmaydi, faqat uning borligi yoki yo'qligi ko'rsatiladi (Security). Ulanish nuqtasi geografik koordinatalariga bog'lanish bilan GPS navigatorini ta'minlash ham amalga oshirilgan. Dasturning asosiy oynasida bir necha ilovalar mavjud, ulardan har biri o'z axborotlariga ega. Ularning birida haqiqiy vaqt grafigini ko'rish mumkin, u signal darajasini, uzatish tezligini, uzatilgan va qabul qilingan axborotlar sonini ko'rsatishi mumkin. Sozlashlarida operatsion tizimni ishga tushirishda dasturni yuklashni kiritish mumkin.





WirelessMon va Netstumbler, Wi-Fi Hopper'lardan farqli ravishda Wi-Fi ulanish nuqtasi ko'rsatkichlarini aniqlashni 5Q ga bajara oldi. U nuqtaning quyidagi ko'rsatkichlari: SSID, ulanish nuqtasi ishchi standartini, MAC-manzil, shifrlash turini (Encryption), foydalaniladigan radiokanallar sonini va asosiy chastotani (Frequensy), modulyatsiya turini (PHY) va ishlab chiqaruvchini to'g'ri qiymatini berdi. Wi-Fi Hopper ba'zi qo'shimcha funksiyalaridan va sozlashlaridan Trial versiyasida foydalanish mumkin emas. Foydalanuvchining juda do'stona interfeysini va oson tushunarli sozlashlarini aytib o'tish mumkin. Ulanish nuqtasi koordinatalarini ko'rsatish uchun GPS qurilmasi bilan mos ishlash imkoni mavjud. Dastur masalasida muammolar paydo bo'lganida esa html-hujjat ko'rinishida amalga oshirilgan help'ga yordam bilan murojaat etish mumkin.

Wi-Fi ulanish nuqtalarini aniqlash dasturlarida ularning ko'rsatkichlarini ko'rsatishda signal kuchi darajasini ko'rsatuvchi punkti bor. Turli utilitalarda bu ko'rsatkich turli kattaliklarda: detsibellarda va dbm beriladi. Detsibellarda ifoda etilgan bir xil son qiymati turli fizik kattaliklariga signallar turli darajalari (aniqrog'i, darajalari farqi) to'g'ri kelishi mumkin. Shuning uchun chalkashishni oldini olish maqsadida shunday "aniqlashtirilgan" o'lchov birliklarini o'sha "dB" harflari bilan, ammo o'lchanayotgan fizik kattalikni umumiy qabul qilingan ifodasi - indeksi qo'shib ko'rsatiladi. "dBm" ham yoki inglizchasiga dbm ham shunday kattalik hisoblanadi. Ushbu ifoda Wi-Fi nuqtasi berayotgan quvvati 1 millivatt hisobida olinishini anglatadi.





Wireless Snif - bu simli simsiz Wi-Fi tarmoqlari "snifferi". U tarmoq trafigi tahlilini bajaradi, IP, IPX, TCP, UDP, ICMP va NetBEUI protokollari bilan ishlay oladi, simsiz va lokal tarmoqlardan olingan paketlarni turlarga ajratishi va saqlashga imkon beradi. Har bir protokolni alohida tanlab olish va u bilan axborotlarni, paketni to'laligicha kuzatish mumkin. To'plamda ICQ Snif 3.0.40 dasturi, ICQG`IRCG`MSNG`Email mijozlar "snifferi" taqdim etiladi. Juda oddiy bezatilganini va ikkala dasturda ham Help-fayli axborotlarga boy emasligini aytib o'tmoqchimiz. Wireless Snif va ICQ Snif ko'rsatib beradigan harflar va raqamlarni tushunib olish ancha qiyin. Birinchi navbatda, bu dasturdan nimani istashlarini yaxshi biladigan tajribali insonlarga mo'ljallangan "sniffer'lar". Wireless Snif'da ham va ICQ Snifda ham sozlashlar yo'q. Barcha axborotlarni log-faylga oddiygina yozib olish va loyihachining Ufasoft saytidan avtomatik yangilashni ishga solish mumkin.

Wi-Fi tarmog'ida signalni aks ettirish uchun kichik dastur. Raqamli indikator bilan ekranda dbm'da signal kuchini va xuddi shuni qismlarda ko'rsatadigan status-barni kichik status-kartinkasini ko'rsatib beradi. Yoqimli interfeysi sozlash va foydalanishda hech qanday qiyinchiliklarni yuzaga keltirmaydi. Sozlashlarda ekranda ko'rinib turgan indikator kattaligini, uning rang tuslarini (skinlar amalga oshirilgan), tiniqligini o'zgartirish, ishga tushganida yuklashni, dasturni avtomatik yangilanishini ishga tushirishni kiritish mumkin. Kengaytirilgan opsiyalarda qayd etilgan signallar maksimal va minimal darajasi to'g'risidagi to'la axborotlarni ko'rsatish uchun ham joy topildi. Barcha o'zgarishlarni log-faylda saqlab qolish mumkin. Signalning ma'lum minimal yoki maksimal kuchiga erishilganda tovushli xabar sozlashlari yoqimli xususiyati hisoblanadi. Noutbuk bilan doim yo'lda bo'ladigan va doim tarmoqda bo'lish muhim hisoblangan insonlar uchun juda qulay bo'ladi.


Muallif: A'lamjon Ibrohimov




Manba: infoCOM.UZ
Download 245,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish