ekologik xavfli hudud, ekologiya ofati mintaqalarini aniqlash;
ekologiya ekspertizasini joriy etish;
ekologik xavfli va zararli ishlab chiqarish obyektlarini pasport- lashtirish;
xavfli va zararli ishlab chiqarish turlarifaoliyatiga ruxsatnomalar berish;
tabiiy oj'at, sel, toshqin va texnogen avariyalarni aniqlash, oldini olish;
aholining ekologik-huquqiy madaniyatini oshirish;
aholining sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida tavsiflangan ekologik- huquqiy munosabatlar davlat ekologik siyosatining asosiy yo'nalish- larni tashkil etadi.
Ma’lumki, har bir fan shu jumladan, huquq sohasi o'ziga tegishli ijtimoiy munosabatlar tizimini o'rganish va tartibga solish nazariy- amaliy qoida-talablar tizimiga ega bo'lib, ushbu fanning predmetini tashkil etadi.
Ekologiya huquqi huquq tizimining alohida sohasi sifatida ijtimoiy-huquqiy munosabatlar yo'nalishlarini o'rganish va tartibga solishni qamrab oluvchi o'z predmetiga egadir.
Ekologiya huquqining predmeti — atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash jarayonida paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |