xarid narxini tegishlicha qayta hisoblangan holda boshqa markadagi sifati tegishli darajada bo ‘Igan tovarga almashtirishni;
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilgan xarajatlarning qoplanishini;
xarid narxining mutanosib ravishda kamaytirilishini;
Tovar uchun to'langan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtida undan to'liq yoki qisman foydalanilganligi, tovar ko'rinishi yo'qolganligi yoki boshqa shunga o'xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo'lsa ham, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas. Ushbu qoida sotib oluvchining manfaatlari qonunda qay darajada himoya qilinganligidan dalolat beradi. Tovarni almashtirishda uning narxidagi farqni qoplash, xarid narxining pasayishi va sifati tegishli darajada bo'lmagan tovarni qaytarish bo'yicha qilgan xarajatlarni qoplash tartibi 1997-yil 1- martdan amalga kiritilgan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 435-moddasida belgilab qo'yilgan. Ya’ni, tovar narxini qaytadan hisob-kitob qilishga uning sifati tegishli darajada bo'lmagan taqdirdagina yo'l qo'yiladi. Sifati legishli darajada bo'lgan tovar almashtirilganda, uning narxi qayta hisob-kitob qilinmaydi. Sotib oluvchi sifati tegishli darajada bo'lmagan tovarni sifatli tovarga yoki xuddi shunday, biroq o'lchami, andazasi, navi va boshqa belgilari o'zgacha bo'lgan sifati tegishli darajadagi tovarga almashtirishni talab qilishga haqli. Talablarning turlicha bo'lishiga qarab, Fuqarolik Kodeksining 434-moddasida tegishlicha qoidalar nazarda tutilgan. Xuddi shunday tovar bilan almashtirish yuz bergan taqdirda, sotib oluvchiga yetkazilgan zarar unga sifati tegishli darajada bo'lgan shunga o'xshash tovarni berish yo'li bilan qoplanadi. §. Iste 'molchining haq-huquqlari
Davlat iste’molchilarining tovar sotib olish va undan foydalanish chog'idagi huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Iste’molchilarning huquqlarini davlat tomonidan himoya qilinishi qo'mita, vazirlik va boshqaruv organlari, shuningdek, sudlar tomonidan ta’minlanadi. Quyidagilar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun, maxsus vakolat berilgan davlat organlari hisoblanadi: O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi; O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi; O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi; O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi; Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o'z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun mahalliy hokimiyat organlari;