TOVARNING RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISHDA BAHODAN TASHQARI USULLARNI QO’LLASH
Raqobat so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat. Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K= R/S max
bu erda: R-tovarning foydali samarasi;
S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari);
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- Bozorni tahlil qilib, o‘zimizning tovarimizga o‘xshash namunasini topib olish;
-Bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni belgilash;
- O‘zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo‘lib, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning Iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari bo‘yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo‘ladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarqalgan.Hozirgi davrda raqobat o‘ziga xos qiyofa kasb etmokda. Narxlar sohasida raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam bo‘ladigan mamlakatlarda yo‘lga qo‘yishni talab qiladi.Narx bilan raqobat o‘tmishda erkin bozor raqobati bo‘lgan, bozorda bir xil tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo‘lgandi. Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o‘z tovarini ajratib ko‘rsatishga, unga e’tiborni qaratishga va pirovard natijada o‘zi itsagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu esa firmaning bozordagi mavqeini o‘zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun invetsitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan zafar va raqiblarni surib chiqarish o‘rniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. SHu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko‘paytirishga intiladi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bog‘liq bo‘lmagan usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi.Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past Iste’mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuhrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o‘rganishda quyidagi savollarga javob topiladi:
-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
-raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag‘batlantirish usullari qanday?
-qaysi savdo belgilari ishlatilmoqda?
-raqobatchilar tovarlarining o‘ramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko‘zga tashlanmoqda?
-tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmoqda?
-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmoqdami yoki firma o‘z shaxobchasini ochganmi?
-raqobatchilar qo‘llayotgan tovar harakati (transport, zaxiralar hajmi, omborlari va ularning joylanishi.Natijada raqobatchi shundjay harakat qilishyapti? Boshqacha yo‘li yo‘qmi? Degan savollarga javob topiladi.P.S.Zavyalov fikricha “Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o‘xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‘lgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmoq lozim”.Xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan bog‘liq xarajatlar tashkil etadi .Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘plab omillar ta’sir etadi .Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati;
Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
Bozordagi talab hajmini o‘rganish;
Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi;
Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‘chish harakatlari;
Bozordan chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi.
Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
YOndosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo‘lishi, raqobat darajasi bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari bilan ham belgilanadi.
J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi – tashqi va ichki raqobatli afzalliklar, ya’ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli afzalliklardir. Tashqi raqobatli afzallik tovarni “Bozor kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan xaridorlarning itsaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko‘ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat hosil qiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomoindan pasaytirilishiga ko‘proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik oqibatidir”.
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muhiti .
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog‘liqdir. Ular sifat, iqtisodiyot va marketing ko‘rsatkichlari yordami bilan to‘liq tavsiflanishi mumkin.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. YUqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. CHunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. SHu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar – fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o‘rganish, cheksiz ko‘p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko‘rsatadi.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
monopolistik birlashmalar o‘zining ichidagi raqobat.
O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadi gan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |