Ekologik ekspertiza tizimi.
Ekologik ekspertiza keng qamrovli va muhim ahamiyatga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uni amalga oshirish yo'nalishlari, tartibi, qo'llanilayotgan usullari, berilayotgan xulosaning mohiyatiga asosan, murakkab tizimni tashkil etadi.
Tabiat-jamiyat tizimida ekologik ekspertizaning bir necha turlari ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy ekspertiza, siyosiy-huquqiy ekspertiza, ilmiy- texnikaviy ekspertiza, sanitariya-ekologiya ekspertizasi, jamoatchilik ekologiya ekspertizalari qoilanilishi mumkin.
Amaldagi qonunchilik hujjatlarida ekologik ekspertizaning ixcham tizimi e’tirof etiladi.
0‘zbekiston Respublikasi «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida ekologik ekspertizaning quyidagi tizimi belgilangan: «Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi».
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, ekologik ekspertiza tizimining poydevorini davlat ekologiya ekspertizasi tashkil etadi.
Davlat ekologik ekspertizasini 0‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi olib boradi.
Ekologik ekspertiza tizimida ekologik audit ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ekologik audit—ekologik auditorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko'rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlami mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir.
Ekologik audit davlat ekologik ekspertizasidan farqli ravishda xo'jalik va ishlab chiqarish obyekti mulkdorining qaroriga binoan o'tkaziladi.
Ekologik ekspertiza — muhim va murakkab jarayon bo'lib, atrof tabiiy muhitni barqarorligini saqlash, tabiatdan samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy- huquqiy chora-tadbirlardan iboratdir.
§. Ekologik qonun hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik tushunchasi, mohiyati va turlari
Ekologiyaga doir qonunchilikni buzganlik uchun yuridik javobgarlik o'zining asosiy maqsadi va tamoyillari bilan boshqa qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikdan farq qilmaydi, ammo ma’lum bir o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ushbu xususiyatlar o'simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish va ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun maxsus jazo choralari, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini cheklash, to'xtatib turish va undan mahrum qilish choralarini qo'llashdan iboratdir.
Ekologik qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik quyidagi maqsadlarga ega: tabiiy obyektlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini qo'llash; atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga yetkazilgan zararni qoplash; yangi ekologik huquqbuzarlikni sodir etishdan ogohlantirish.
Ekologik huquqbuzarliklar obyekti — tabiiy resurslar. atrof tabiiy muhit, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish bo'yicha belgilangan tartiblar hisoblanadi. Ekologik huquq- buzarliklarning subyekti esa uni sodir etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar.
Ekologik huquqbuzarlikning obyektiv tomoni xatti-harakatning noqonuniyligi, ekologik zararni yetkazish yoki yetkazish xavfi tug'ilishi hamda ekologik munosabatlarning boshqa subyektlarini huquq va manfaatlari buzilishi, ushbu xatti-harakat bilan vujudga kelgan yoki vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibat o'rtasidagi sababiy bog'lanish bilan ifodalanadi.
Ekologik huquqbuzarlikning subyektiv tomoni deganda huquqbuzarning aybi tushunilishi lozim. Huquqbuzarning aybi qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ekologik huquqbuzarlik qasddan sodir etilayotganida huquqbuzar taqiqlangan qoidani yoki bajarishi lozim bo'lgan majburiyatni atayin buzadi yoxud bajarmaydi va bunda u o'z xatti-harakatlari natijasida zararli oqibatlarni kelib chiqishini biladi hamda ongli ravishda unga yo'l qo'yadi. Masalan, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish, ruxsatsiz ov qilish yoki daraxtlarni kesish va boshqalar.
Ekologik huquqbuzarlik o'zining xavflilik darajasiga qarab jinoiy, ma’muriy, fuqarolik (mulkiy) huquqbuzarlik hamda intizomiy xatti-harakat tarzida bo'lishi mumkin. Ekologik huquqbuzarliklar uchun tegishlicha intizomiy, moddiy, ma’muriy, jinoiy, fuqarolik huquqiy (mulkiy) javobgarlik qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |