Vujudga kelmoqchun taqdir qilgan on
O’tdingiz nur bo’lib zamonalardan
Kim bor yana baxtliroq bo’lib nurafshon
Nuringiz joy olgan peshonalardan
Kelganda nur Abdullohga yetibon
To’lin oydek porladi u begumon
Nasab oliy barchalari pokdomon
Tizilgandi tiniq marjonalardan
Abdullohga zavja bo’ldi Omina
Shu tariqa nurga to’ldi Omina
Qanchalari dog’da qoldi Omina
Buni so’rang aqli xayronalardan
Ominani tashlab ketdi Abdulloh
Ko’zlarini yoshlab ketdi Abdulloh
Yuragini g’ashlab ketdi Abdulloh
Ayrilmasin hech kim hamxonalardan
Ko’nglingizga alam sitam yig’ilganda
Eslab qo’ying dardu g’amdan bo’g’ilganda
Rasullolloh yetim bo’lgan tug’ilganda
Izlang haqni dili vayronalardan
Olti yoshda onasiga bo’lib hamroh
Madinaga otlandilar bir kun nogoh
Otasining qabriga tushganda nigoh
So’ylang menga dili g’amxonalardan
Shunchalar bo’lurmu yosh go’dak sabri
Bo’ldiku ziyoda yetimlik jabri
Ona ham tark etdi avvoda qabri
Xabar olib turing xilxonalardan
Kichiklikdan namoyondur xulq odob
Gulgun chehralari misoli oftob
Amindur laqabi rostgo’ylik sabab
Emas edi nafs uchun giryonalardan
Qirq yoshiga yetganida ul janob
Ko’rdilarki dunyo,bir quruq sarob
Sutxo’rlik avjida zinoyu sharob
Shirk va fasod anqir mayxonalardan
Oshiyon qilib shunda Hiro g’orini
Oshiqlar topgandek zebo yorini
Haqqa izhor qildi dilda borini
Izlanmas haqiqat koshonalardan
Qilardilar ibodat Ibrohimdek
Borardilar uyga goh gohida lek
Keching endi boshqa afsonalardan
Chunki nozil bo’ldi hozir bir kalom
Tog’larga yuklansa bo’larlar tamom
Lek qalbi ummon zot Alayhissalom
Etdi qabul edi Mardonalardan
Shu ondan boshlandi haqqa chaqiriq
Garchi eshitdilar ozor baqiriq
Bir zumga tinmadi qutlug’ hayqiriq
Gar Islom tarqadi bir donalardan
Bu yo’lda chekdilar zahmat qanchalar
Eshitdi bo’xtonu tuxmat qanchalar
O’zimga kelmadim ancha anchalar
Bo’lsamda amali fisqonalardan
Shulardan birini hozir eslasam
Tarix sari ulovimni tezlasam
Demay turing vaqtim olding to’xtasan
O’zim bo’lay sizga parvonalardan
Toifga bordingiz Makkadan bezib
Berarmikan yordam qo’llarin cho’zib
Haydadilar musaffo dilingiz ezib
Najot yo’q yaqinu begonalardan
Turib olib yo’l chetiga yalang yoshlar
Tosh otishar haqoratlab bu avboshlar
Kavushingiz qonga to’ldi tegib toshlar
Yetdi zulm hatto devonalardan
Bugungidek yurganimdan zor hayron
Yaxshi edi bo’lsam sizga temir qalqon
Garchi qo’limdadur mustahkam arqon
Farqi yo’q man cho’ldagi sarsonalardan
Topilmaydi hech ishimda ravishingiz
Rozi edim bo’lsam sizning kavushingiz
Emasmidi sunnat bizga har ishingiz
Bizchi ibrat oldik g’arbonalardan
Sahobalar siz edingiz sodiqlar
Payg’ambarga chin ko’ngildan oshiqlar
Chidadingiz qancha o’tdi ur yiqlar
Zavq oling Jannatda rayxonalardan
Bizga kerak hozir Umar tayog’i
Osh bo’lsa bas bizga qo’y go’sht qo’y yog’i
Chiqmay qo’ydi bugun ummat oyog’i
Choyxona to’yxona barxonalardan
Garchi holimizdan qilsakda uyat
Bittagina umid bor qaniydi shoyad
Qiyomatda nasib qilsa shafoat
Bo’lar edik xurram mastonalardan
Duo qiling haqqimizga yo rasul
Hadis rivoj topsin ilmu fiqh usul
Ilmu ibodatdan topaylik huzur
Masjidlar yashnasin xatmonalardan
Madhingizdan ojiz qolgach qalamlar
Yuborurmiz sizga salot salomlar
Mavlidingiz nishonlagan xush damlar
Toshkendu Andijon Farg’onalardan
Do'stlaringiz bilan baham: |