Vrach nazorati fani bo’yicha o’zlashtiradigan


Tashqi va ichki fanlararo bog’liqlik



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#245413
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   189
Bog'liq
A.A. Usmanxodjayeva. Shifokor nazorati, shifobaxsh jismoniy

 
Tashqi va ichki fanlararo bog’liqlik: 
Shifokor nazorati fani bo’yicha ta’lim berish vertikal integratsiya bo’yicha 
normal  anatomiya,  normal  va  patologik  fiziologiya,  ichki  kasalliklar 
propedevtikasi,  gorizontal  integratsiya  bo’yicha  bioximiya,  fakultativ  terapiya, 
travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbiya, davolovchi jismoniy tarbiya va 
gigiyenik fanlari bilan uzviy bog’langan. 
 
Mashg’ulot mazmuni 
Nazariy qismi 
Jismoniy  tarbiya  va  tibbiyotning  sog’liqlik  ildizlari  bir  necha    asrni  o’z 
ichiga  oladi.  Shu  vaqt  ichida  shifokorlar  jismoniy  tarbiya  turlaridan  ratsional 
foydalanishda  ishtirok  etdilar.  Bu  haqdagi  ma’lumotlarni  Hind  va  Xitoy 
shifokorlari eramizdan 3000 yil avval yozilgan qo’l yozmalarida, Gippokrat qo’l 
yozmalarida 
ko’rishimiz 
mumkin. 
XV 
asrda 
Italiyada 
Salernskiy 
sog’lomlashtirish kodeksini ishlab chiqdi, u o’z ichiga ertalabki badan tarbiyani 
oldi.  XVII-XVIII  asrlarda  ko’pgina  shifokorlar  jismoniy  mashqlarning 
sog’lomlashtiruvchi va shifobaxsh ta’sirga ega ekanligini yozganlar. XIX asrda 
Fridrix Vilgelm IV Germaniya maktablariga jismoniy tarbiya darslarini kiritdi. 
XIX  asrda  Peterburgda  birinchi  marta  jismoniy  tarbiya  o’qituvchilarini 
tayyorlovchi  uch  yillik  kurslar  ochildi,  keyinchalik  revolyutsiyadan  so’ng  u 
jismoniy tarbiya institutiga aylandi. 
Jismoniy  mashqlarning  organizmga  ta’sirini  o’rganish,  jismoniy  tarbiya 
bilan shug’ullanuvchilarni tibbiy  nazorat qilish  –  hozirgi vaqtda  mustaqil ilmiy 
fan hisoblangan sport tibbiyoti fanining shakllanishiga sabab bo’ldi. 
Sport tibbiyoti  – ilmiy fan bo’lib, sog’lom va bemor organizmiga har xil 
darajali jismoniy yuklamalarning ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’rganadi (gipo- va 


 
12 
giperkineziya).  Bundan  maqsad  organizm  salomatligini  yaxshilash  va 
mustahkamlash,  funktsional  holatini  oshirish,  sportdagi  natijalarni  oshirish 
uchun, shuningdek har xil kasalliklarning oldini olish va davolash uchun optimal 
darajadagi jismoniy aktivlikni aniqlashdir. 
Sport  tibbiyotining  asosiy  qismi  bo’lib  shifokor  nazorati  hisoblanadi. 
Shifokor  nazorati  –  bu  o’tkazilayotgan  mashg’ulotlarning  organizmga  ta’sirini 
aniqlash maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarni saralash 
va ularni doimiy tibbiy kuzatilishidir. 
Shifokor nazoratining mazmuni quyidagilardan iborat: salomatlik holatini, 
jismoniy  rivojlanganlikni  va  ichki  a’zolarning  funktsional  holatini  aniqlash; 
shug’ullanuvchining  organizmiga  jismoniy  yuklamaning  ta’sirini  kuzatish  va 
o’rganish;  funktsional  tekshirish,  diagnostika  va  davolash  usullarini  ishlab 
chiqish va jismoniy yuklamalardan noratsional foydalanilganda kelib chiqadigan 
asoratlarning oldini olish.  
Shifokor nazoratining ish mazmuniga quyidagilar kiradi: 
-  ayrim  sportchilarni  va  jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanuvchilarni 
dispanser kuzatib turish (kuzatish, kasallikni aniqlab davolash va oldini olish); 
-  sport  va  jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanuvchilarni  tibbiy  ko’rikdan 
o’tkazish; 
- o’quv-mashq darslarini shifokor-pedagog bilan birga nazorat qilish; 
-  sport  va  jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanish  sharoitlari ustidan  doimiy 
sanitariya nazoratini o’tkazib borish; 
-  sport  musobaqalarini  tibbiy  yordam  ko’rsatish  tadbirlari  bilan 
ta’minlash; 
-  sport  va  jismoniy  tarbiya  masalalari  bo’yicha  shifokor  maslahatlarini 
berish; 
-  mashg’ulotlarda  va  musobaqalarda  yuz  beradigan  sport  jarohatlarining 
oldini olish; 
- aholining jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishini targ’ibot qilish. 


 
13 
Ko’rib  chiqilgan  shifokor  nazorati  asosan  shifokor-jismoniy  tarbiya 
dispanserlarida  olib  boriladi.  Shifokor-jismoniy  tarbiya  dispanserlarida  asosan 
sport  ustalari,  1-razryadli  sportchilar,  shahar,  viloyat  yoki  Respublika  terma 
jamoalari nazorat qilinadi. Qolgan sportchilarning shifokor nazorati poliklinika, 
tashkilotlarning  sog’liqni  saqlash  qismlari,  sport  jamiyatlari,  ishlab  chiqarish 
korxonalari va oliy o’quv yurtlarida tashkil etilgan shifokor nazorati xonalarida 
olib boriladi yoki poliklinikaning shifokor-terapevti tomonidan o’tkaziladi. 
Shuni  ta’kidlab  o’tish  kerakki,  jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanish 
organizmni  mustahkamlaydi,  himoya  –  moslashuv  jarayonlarining  biologik 
mexanizmlarini  oshiradi.  “Har  doim  jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanishda 
shunga  erisha  olamizmi?”  –  degan  savol  tug’iladi.  Qachonki  jismoniy  mashq 
bajarayotgan  shaxs  uchun  jismoniy  yuklama  darajasi  optimal  bo’lgandagina 
ijobiy  ta’sirga  olib keladi. Agar  jismoniy yuklama  darajasi past bo’lsa, u holda 
hech  qanday  ta’sirga  olib  kelmaydi;  agar  katta  bo’lsa,  u  holda  har  xil 
kasalliklarga va hatto yurakning tez va ko’p ishlab yuborishi hisobiga “to’satdan 
o’limga”  olib  keladi.  Jismoniy  yuklama  katta  bo’lganida  yoki  haddan  tashqari 
ko’p  shug’ullanganda  yurak,  buyrak,  qon,  jigar  va  hatto  suyaklarda  har  xil 
o’zgarishlar kelib chiqishi mumkin. 
Jismoniy mashqlar 3 ta asosiy yo’nalishlarda qo’llaniladi: 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish