Vrach nazorati fani bo’yicha o’zlashtiradigan


 Davolovchi jismoniy tarbiya yo’nalishi



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#245413
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189
Bog'liq
A.A. Usmanxodjayeva. Shifokor nazorati, shifobaxsh jismoniy

3. Davolovchi jismoniy tarbiya yo’nalishi – uning maqsadi va vazifalari – 
har xil jismoniy mashqlarni qo’llash yordamida bemorlarni davolash, kasallik va 
jarohatlardan  so’ng  a’zo  va  tizimlarning  buzilgan  funktsiyalarini  tiklashdan 
iboratdir.  Davolash  maqsadida  jismoniy  mashqlarni  qo’llash  faqat  shifokor 
mutaxassis tomonidan tavsiya etiladi. 
Shifokor nazoratining vazifalari: 
1.  Sport  va  jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanuvchilarni  mashg’ulotlarga 
qo’yish  maqsadida  jismoniy  rivojlanish  darajasini,  salomatlik  holatini  va  ichki 
a’zolarning funktsional holatini aniqlash va mashqlarni ratsional tavsiya qilish. 
2.  Jismoniy  mashqlar  ta’sirida  jismoniy  rivojlanish,  salomatlik  va 
funktsional holatlarda bo’ladigan o’zgarishlarni doimiy kuzatib turish. 
3.  Jismoniy  mashqlardan  noratsional  foydalanish  natijasida  yuzaga 
keladigan patologik holatlarni va o’zgarishlarni erta aniqlash, davolash va oldini 
olish. 
Sport  bilan  shug’ullanuvchilarga  “sog’lom”  degan  diagnoz  qo’yilishi 
kerak,  chunki  salomatlik  holatlarida  o’zgarishlar  bo’lsa,  ular  sport  bilan 
shug’ullanishga 
qo’yilmaydilar. 
Sababi 
hozirgi 
vaqtda 
sport 
bilan 
shug’ullanuvchilar  juda  katta  jismoniy  yuklamalar  bajaradilar,  masalan:  og’ir 
atletikachi  shug’ullanish  vaqtida  20000  kg  gacha  yuk  ko’taradilar;  suzuvchilar 


 
15 
12  km  gacha  suzadilar;  yuguruvchilar  40  km  gacha  yuguradilar.  Mashg’ulotlar 
haftasiga 10-12 martagacha, har kuni 1,5-2 soatgacha davom etadi. 
Adabiyotlardan  shu  narsa  ma’lumki,  jismoniy  faollik  immunitet  tizimiga 
ta’sir  ko’rsatadi.  Agar  jismoniy  mashqlar  ratsional  qo’llanilsa,  immunitetning 
nospetsifik  faktorlari  oshadi,  lekin  noratsional  qo’llanilsa,  ya’ni  katta  va  juda 
katta  jismoniy  yuklamalar  organizmning  immunobiologik  reaktivligini 
pasaytiradi.  Kuchli  jismoniy  yuklama  teri  va  shilliq  pardalarning  himoya 
faktorlariga ta’sir ko’rsatadi. 
Sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarda surunkali infektsion 
o’choqlarining  bo’lishi  muhim  ahamiyatga  ega,  ya’ni  kariyes  tishlar,  surunkali 
tonzilit  va  surunkali  xoletsistit.  Chunki  shug’ullanish  vaqtida  har  xil,  ba’zida 
og’ir asoratlarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Shifokor nazortida salomatlik 
holatini aniqlash o’ziga xos xususiyatga egadir. Sport va jismoniy tarbiya bilan 
shug’ullanuvchilarni  tibbiy  ko’rikdan  o’tkazish  vaqtida  shifokor  birinchidan 
ularning  jismoniy  rivojlanganligini,  salomatlik  holatini  va  ichki  a’zolarning 
funktsional holatini aniqlashi muhim ahamiyatga ega. Bu qilingan ishlar har bir 
tibbiy ko’rikda albatta takrorlanadi va hal etiladi, chunki shu olingan natijalarga 
asoslanib, sport bilan shug’ullanmoqchi bo’lganlarga sport turlari tavsiya etiladi. 
Bundan  tashqari  pedagogik  saralash  usuli  ham  qo’llaniladi.  Murabbiy  yoki 
pedagog  maxsus  pedagogik  sinamalar  yordamida  jismoniy  rivojlangan  va 
qobiliyatli  shug’ullanuvchilarni  aniqlaydi,  chunki  ular  sport  musobaqalarida 
yuqori  natijalar  ko’rsatishi  mumkin.  Lekin  ularning  salomatlik  holatlari  tibbiy 
talablarga  javob  berishi  shart.  Agar  ularning  salomatlik  holati  sport  bilan 
shug’ullanishga  imkon  bermasa,  ular  sport  bilan  shug’ullanishga  va  mashqlar 
bajarishga ruhsat etilmaydi, ammo ularga jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishga 
va  jismoniy  mashqlar  bajarishga  ruhsat  etiladi.  Jismoniy  tarbiya  bilan  har  bir 
odam  shug’ullanishi  mumkin,  lekin  bunda  har  bir  shug’ullanuvchi  uchun 
mashqlar  hajmi  alohida  belgilanadi,  bundan  maqsad  mashqlardan  ratsional 
foydalanib, ijobiy ta’sir olishdir. 


 
16 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish