Individual va jamoa mehnat shartnomalari
Ishga qabul qilish vaqtida mehnat shartnomasi tuziladi.
Mehnat shartnomasi mohiyati bo‘yicha xodim va ish beruvchi
o ‘rtasida ma’lum bir mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni
ichki mehnat tartibiga, shuningdek mehnat to ‘g‘risidagi qonunlar
va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq
evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasini tuzish
haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish,
lavozimga saylanish va boshqalar) b oiishi mumkin ( 0 ‘zR MK
72-modda).
Mehnat shartnomasida quyidagilar belgilangan bo ‘ lishi lozim:
xodimning ish joyi; xodimning mehnat vazifasi - mutaxassisligi,
malakasi, lavozimi; ishning boshlanish vaqti; mehnat shartnomasi
muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati; mehnat
haqi miqdori va boshqa shartlar. Alohida ta’kidlash lozimki, mehnat
shartnomasini tuzish vaqtida xodimlarning qonunlar va boshqa
me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari
darajasi pasaytirilishi mumkin emas ( 0 ‘zR MK 73-modda).
Mehnat shartnomalari nomuayyan muddatga, besh yildan
ortiq boim agan muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish
vaqtiga m oijallab tuzilishi mumkin. Agarda mehnat shartnomasida
uning amal qilish muddati ko‘rsatiImagan boisa, mehnat
shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Qonunchilikka muvofiq nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat
shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek
muayyan ishni bajarish vaqtiga m oijallab qayta tuzilishi mumkin
emas ( 0 ‘zR MK 75-modda).
Ishga qabul vaqtida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: pasport
yoki uning o‘mini bosadigan boshqa hujjat; mehnat daftarchasi
(birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);
harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
oliy yoki o ‘rta maxsus o ‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g ‘risidagi
diplom yohud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma
yoki qonunchilikka mos tarzda m a’lum bir ishni bajarish imkonini
beradigan maxsus m a’lumot yoki maxsus tayyorgarlikdan
o‘tganligi haqidagi hujjat. 0 ‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan
shaxslar mehnat daftarchasi o ‘rniga asosiy ish joyidan olingan
ma’lumotnomani taqdim etadi ( 0 ‘zR MK 80-modda).
Qator holatlarda ishga qabul qilishdan oldin dastlabki sinov
belgilanishi mumkin. Ushbu sinov xodimning topshirilayotgan
ishga layotqatliligini tekshirib ko‘rish, xodim mehnat shartnomasida
shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi
haqida bir qarorga kelishi uchun о ‘tkaziladi. Mehnat qonunchiligiga
muvofiq ayrim holatlarda dastlabki sinov belgilanmaydi (homilador
ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolar ishga qabul qilinganda
va boshq.) ( 0 ‘zR MK 84-modda). Dastlabki sinov uch oydan ortiq
bo‘lmagan muddatga belgilanadi ( 0 ‘zR MK 85-modda).
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf
ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat
shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Agarda dastlabki sinov
muddati qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini
bekor qilishni talab qilmagan bo‘Isa, shartnomaning amal qilishi
davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda
yo‘l qo‘yiladi ( 0 ‘zR MK 87-modda).
Korxona kasaba uyushmasi о ‘ z vakillik organlari yoki bevosita
jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi) ish beruvchi bilan
jamoa shartnomasini tuzish zaruriyati haqida qaror qabul qilish
huquqiga ega.
0 ‘zR MK 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi
korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid,
ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlami tartibga soluvchi
normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomasi tuzishning asosiy tamoyillari 0 ‘zR MK
30-moddasida keltirilgan. Ular quyidagilar:
qonun hujjatlari normalariga rioya qilish;
taraflar vakillarining vakolatliligi;
jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi
masalalami tanlash va muhokama erkinligi;
majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
olinayotgan maj buriyatlarning haqiqatda baj arilishini ta’minlash;
tekshirib borishning muntazamligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Jamoa shartnomasining tomonlari bo‘lib kasaba uyushmalari
yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari, ikkinchi
tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar
hisoblanadi. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi
taraflar tomonidan belgilanadi. Jamoa shartnomasiga mehnatga
oid, ijtimoiy, iqtisodiy, kasbga oid va boshqa masalalar borasida
taraflaming o ‘zaro majburiyatlari kiritiladi.
Jamoa shartnomasida muassasaning iqtisodiy imkoniyatlarini
hisobga olgan holda boshqa shartlar, shu jumladan qonunlar va
boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan m e’yorlar va
qoidalarda ko‘rsatilganga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari
va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo‘shimcha ta ’tillar, pensiyalarga
ustamalar, muddatidan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat
safari harajatlari uchun kompensatsiyalar va boshqa qo‘shimcha
imtiyozlar).
Basharti amaldagi qonunlarda me’yoriy tusdagi qoidalar
jamoa shartnomasida mustahkamlab qo‘yilishi shart deb bevosita
ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, bunday qoidalar jamoa shartnomasiga
kiritiladi ( 0 ‘zR MK 37-modda).
Jamoa shartnomasining loyihasi muassasaning tuzilmalarida
xodimlar tomonidan muhokama qilinadi, bildirilgan fikr va takliflar
hisobga olingan holda takomiliga etkazilgandan so‘ng mehnat
jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi) muhokamasiga
qo‘yiladi.
Jamoa shartnomasining amal qilish muddati taraflar
tomonidan belgilanadi va belgilangan muddat tugagach, yangi
shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‘zgartirguncha,
to‘ldirguncha amalda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |