202 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
• 203
industrial xarakterda bo
ʻ
lishi, iqtisodiy taraqqiyotda axborotning o‘rni va ahamiyatining yuqoriligi; ishlab
chiqarishda servis xizmat ko
ʻ
rsatish sohasi rolining ortib borishi; iqtisodiy o‘sish intensiv usulining
ustuvorligi; iqtisodiyotning ochiq bo
ʻ
lishi, uning bozor aloqalariga tayanishi; xilma-xil mulkchilik bo
ʻ
lgani
holda xususiy mulkning yetakchi o‘rinda bo‘lishi; iqtisodiyotning ijtimoiy yo
ʻ
nalishga egaligi; aholi turmush
darajasining yuqoriligi; iqtisodiyotga siyosatning kuchli taʼsir ko
ʻ
rsatishi; iqtisodiyotning globallashuvi.
Evolyutsion tarixiy rivojlanish natijasida anʼanaviy iqtisodiy tizim bozor tizimiga aylanadi, uni revolyutsiyaviy
yo‘l bilan yo
ʻ
qotish natijasida zo‘rlik bilan maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi o‘rnatiladi, u o‘zini oqlamaganidan
qaytadan bozor tizimiga o‘tish yuz beradi. Shunday o
ʻ
tish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yaʼni o‘tish
holatidagi iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali maʼmuriy-buyruqbozlik tizimining
bozor tizimiga aylanib borishidir. Bu jarayonda bozor islohotlari muhim o‘rinda turadi.
Bu tizim ko
ʻ
p ukladli bo
ʻ
lib, uning qanchalik uzoq saqlanishi o
ʻ
tish davrining naqadar uzun yoki qisqa
bo
ʻ
lishiga bog
ʻ
liq [3,52-bet].
O‘zbekistonnng iqtisodiy o‘sishi bevosita yalpi ichki mahsulot va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi
qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda yalpi ichki mahsulot
hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.
O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsulot esa aholining turmush darajasini
baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmining o‘zgarish sur’ati bilan
aholi sonining o‘zgarish sur’ati hisobga olinadi.
Agar O‘zbekistonda yetishtiriladigan yalpi ichki mahsulot hajmining o‘zgarish sur’ati aholi sonining
o‘zgarish sur’atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil
bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, yalpi ichki mahsulot hajmining o‘zgarish sur’ati aholi
sonining o‘zgarish sur’atidan ortda qolsa, respublikamizda aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.
Bu o‘rinda iqtisodiyotimiz o‘sishiga ta’sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va
intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer
maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish
tushuniladi.
Misol uchun, O‘zbekiston sharoitida bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi.
Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor
ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada
yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa
ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir
korxona quriladi. Eks tensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi
o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish
vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya’ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish,
shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab
chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarfl amasdan mahsulot
miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Lekin shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-
alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |