1 APRIL 2022
• 203
O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY O‘SISH OMILLARI
Sh. Toshpo‘latov
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti magistranti
Annotatsiya
. O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini belgilovchi yalpi ichki mahsulot va uning aholi jon
boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishiga bog‘liqligini ko‘rsatib berish.
Kalit so‘zlar
: iqtisodiy tizim, yalpi ichki mahsulot, ekstensiv omil, intensiv omiliga, ishlab chiqarish
vositalari, ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar, iqtisodiy biqiklik, industrial-agrar, iqtisodiy resurslar.
Abstract.
To show that the economic growth of Uzbekistan depends on the growth of gross domestic
product and its per capita value.
Key words:
economic system, gross domestic product, extensive factor, intensive factor, means of
production, socio-economic criteria, economic growth, industrial-agrarian, economic resources.
Аннотация.
Показать, что экономический рост Узбекистана зависит от роста ВВП и его величины на
душу населения.
Ключевые слова
: экономическая система, валовой внутренний продукт, экстенсивный фактор,
интенсивный фактор, средства производства, социально-экономические критерии, экономический рост,
индустриально-аграрный, экономические ресурсы.
Iqtisodiy tizim
– iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo
bo
ʻ
ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakli va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan
paydo bo
ʻ
lgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo
ʻ
li bilan mustahkamlangan
normalar majmuyi. Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot subyektlari, ishlab chiqarish omillari o
ʻ
zaro
munosabatga kirishadilar va bu muno-sabatlar maʼlum qonun-qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy
tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda
kabi bir kator vositalar yordamida tashkil qilinadi.
Iqtisodiy tizim masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida
xo
ʻ
jalik-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqarish vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish
va boshqarish usuliga ko
ʻ
ra tasniflash ko
ʻ
proq tarqalgan. 21-asr boshlaridagi qarashlarda iqtisodiy tizimni
baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qo
ʻ
llaniladi, iqtisodiy tizimning eng
muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va texnologiya
darajasi; ishlab chiqarish xarakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy munosabatlar tabiati;
iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi [1,27-bet].
Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3,5 va hatto 7 ta iqtisodiy tizim bo
ʻ
lganligi qayd etiladi.
Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya iqtisodiy tizimni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yondashadi.
Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yo
ʻ
qligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqeyi bosh mezon
qilib olinadi. Ularga tayangan holda iqtisodiy tizim ishlab chiqarish usuli deb ataladi. Marksizmga ko
ʻ
ra,
ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm kabi iqtisodiy tizimlar bor, ularning biri
ikkinchisiga o
ʻ
rin bo
ʻ
shatib beradi, ular ketma-ket o
ʻ
rin almashadi, eng mukammal va so
ʻ
nggi iqtisodiy
tizim kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil taʼlimotlarda iqtisodiy tizimga texnologik va ishlab
chiqarishning xarakteri, ishlab chiqarishning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan.
Taraqqiyot bosqichlari nazariyasiga ko
ʻ
ra 5 ta iqtisodiy tizim yoki bosqich mavjud: anʼanaviy jamiyat
bosqichi; parvoz uchun shart-sharoit hozirlash davri; parvoz davri; yetuklik sari harakat davri; ommaviy va
yuksak isteʼmol davri. Bu bosqichlar ham o
ʻ
zaro ketma-ketlikda o
ʻ
rin almashadi. Baʼzi bir qarashlarda agrar,
industrial va informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi.
Ko
ʻ
pchilik tadqiqotchilar anʼanaviy, bozor va maʼmuriy-buyruqbozlik iqtisodiy tizimlari borligini
asoslaydilar [2,78-bet].
O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy tizim belgilari: qo
ʻ
l mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy
usulda foydalanish, g
ʻ
oyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi ishlab chiqarishning agrar xarakteri,
iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan qishloq xo‘jaligi; sanoatning hunarmandchilik va
xonaki sanoat shaklida mavjudligi; iqtisodiy biqiklik, yaʼni xo‘jalik avtarkizmi; iqtisodiyot biqik bo
ʻ
lganidan
mahsulotlar, asosan, o
ʻ
z isteʼmoli uchun yaratiladi, ularning ehtiyojdan ortib qolgan qismigina ayirboshlanadi.
Xo
ʻ
jaliklar natural isteʼmolchi bo
ʻ
lganidan kamdan-kam hollarda bozor bilan aloqa o
ʻ
rnatadilar, o
ʻ
zini-o
ʻ
zi
taʼminlagani sababli ular uchun pulning ahamiyati bo
ʻ
lmaydi; o
ʻ
zaro iqtisodiy aloqalar xo
ʻ
jalikning ichida
yoki mahalliy kichik hudud doirasida anʼanaviy qoidalarga, urf-odatlarga ko
ʻ
ra, amalga oshadi; iqtisodiy
faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi past bo
ʻ
ladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari: yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi; ishlab chiqarishning
Do'stlaringiz bilan baham: |