Аннотация.
В данной статье рассмотрены теоретические основы концепции интеллектуального
потенциала на уровне предприятия. Анализируются взгляды зарубежных ученых на интеллектуальный
потенциал работника и его классификацию.
Ключивые слова:
интеллектуальный потенциал, экономика знаний, когнитивная составляющая,
личностная составляющая, креативная составляющая.
Tobora yuksalib borayotgan inson ehtiyojlarini qondirishning yangi yechimlarini topish va intellektual
resurslardan foydalanish qobiliyati bilimga asoslangan iqtisodiyotda markaziy o‘rinni egallamoqda. Inson
bilimlari va imkoniyatlari doimo qiymat yaratishning markazida bo‘lgan. Bu ishning aqliy komponenti tobora
muhim bo‘lgan axborot asrida yanada aniqroq bo‘ldi. An’anaga ko‘ra, individual va ijtimoiy ishlab chiqarishni
tahlil qilishda intellektual salohiyatga alohida e’tibor berilmagan, ko‘proq moddiy boyliklar ko‘rib chiqilib,
iqtisodiy foyda yaratish zanjiridagi bilim komponenti – biznesni birinchi navbatda moddiy faoliyat sifatida
belgilash tendensiyasi bilan yashirindi. Tabiiy resurslar, iqtisodiyotning sanoat va agrar sektorlari, oltin,
valyuta zaxiralari va boshqalar milliy boylikning doimiy kamayib boruvchi qismi bo‘lib hisoblanadi. Biroq,
intellektual salohiyatning ko‘proq daromad keltirishi natijasida yuzaga keladigan potensial afzalliklari vaqt
o‘tishi bilan ushbu yondashuvni o‘zgartirdi.
Tadbirkorlik sohasidagi bilimlar fenomenini tahlil qilishga urinishlar uning rivojlanishining barcha
bosqichlarida kuzatilishi mumkin. F.U.Teylor o‘zining “ilmiy menejment” maktabida ishchilarning obyektiv va
ilmiy bilimlarga oid tajribasi va ko‘nikmalarini shakllantirishga kirishdi.
S. Barnard boshqaruv jarayonlarida “xulq-atvor bilimlari”ning ahamiyatini o‘rganib chiqdi. P. Drucker,
“bilimlar ishchisi” atamasini kiritib, keyinchalik “bilimlar jamiyatida” (bilimlar jamiyati) asosiy iqtisodiy
manba potensial, tabiiy resurslar yoki mehnat emas, bilimdir, deb ta’kidladi. U yana shuni ta’kidladiki, “bilim
asosiy iqtisodiy resurs va ustunlikka aylandi, va hatto raqobat kurashida ustunlikning yagona manbayidir”
[1,271]. Uning ta’kidlashicha, XX asr boshqaruvidagi muhim vazifa, innovatsiyalar va qo‘lda ishlov berish
jarayonlarini doimiy ravishda sanoatlashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek
bilimlar asosida mahsuldorlikni oshirish bo‘lib hisoblanadi [2,402].
Marshall bilimga ustunlik berib, potensial bilimning katta qismini, tashkilot va bilim esa ishlab
chiqarishning eng kuchli dvigatelidir, deb ta’kidlaydi.
Intellektual-ma’naviy omil milliy boylikning hal qiluvchi sharti bo‘lib, davlat qudratining eng muhim
ko‘rsatkichi va jamiyatning rivojlanganlik darajasini belgilaydi.
Mehnat, ishlab chiqarish bilan bog‘liq holatda bu so‘zga quyidagicha ta’rif berilganligini ko‘rishimiz
mumkin: “Intellekt, olingan ma’lumotlarni (mehnat predmetini) tartibga solish va oqilona umumlashtirishni
o‘zida ifodalaydigan inson qobiliyati tizimi bo‘lib, u o‘z egasidan begonalashmagan va intellektual ishlab
chiqarishning asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi» [3,10].
Intellektual salohiyat tushunchasini mikro darajada alohida, yakka shaxsga nisbatan, mezo darajada
korxonaga nisbatan, makro darajada jamiyat, davlatga nisbatan ko‘rib chiqish mumkin.
Biz ushbu ilmiy ish obyekti sifatida korxona intellektual salohiyati va uning asosiy tarkibi – xodimlar
intellektual salohiyati, tarkibiy tuzilishini o‘rgandik.
Korxona intellektual salohiyati, odatda, korxona raqobatbardoshligini ta’minlovchi xodimlari
bilimlarining jamlanmasi sifatida qaraladi. V. A. Lavrentyev, A. V. Sharinalar korxona intellektual salohiyatini
xodimlarning innovatsiyalarni yaratish jarayonida qo‘llaniladigan nazariy bilimlari, amaliy tajribalari va
individual qobiliyatlarining jamlanmasi sifatida izohlagan [4,53].
Iqtisodiy nuqtayi nazardan, T. Stuartning fikriga ko‘ra, intellektual salohiyat “...insonning bilimlari,
ko‘nikmalari va qobiliyatlari, uning harakatchanligi, yangi ma’lumotni qabul qilish, o‘rganish, qayta tayyorlash,
yangi sharoitlarga moslashish qobiliyati...” [5,368] tushuniladi.
Intellektual salohiyat – bu faqatgina rasmiy bilim emas, u o‘z ichiga izlanishlar natijalarini, patent,
litsenziya, shuningdek, xodimlarning amaliy xarakterdagi ko‘nikmalarini aniq, texnologik bilimlarning
qo‘llanishini, boshqaruv qarorlarini, tashkilotchilik tajribalarini ham o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |