172 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
173
BOSHQARISH SIFATINI OSHIRISHDA BENCHMARKINGNING O‘RNI
D. Shoev
Farg’ona politexnika instituti katta o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Benchmarkingni amalga oshirishning muhim jihatlari o‘rganilgan. Benchmarkingning
nafaqat marketing muhitiga ta’sir etuvchi omili sifatida, balki boshqaruv sifatini oshirish, jumladan butun
bir ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash va yangilash hamda takomillashtirish omili sifatida yoritishga
e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
benchmarking, etalon taqqoslash, unumdorlik, sifat, mikroiqtisodiy tizim, sifat mukofotlari,
sifatni boshqarish.
Аннотация.
Были изучены важные аспекты реализации бенчмаркинга. Основное внимание уделяется
выделению бенчмаркинга не только как фактора, влияющего на маркетинговую среду, но и как фактора
повышения качества управления, в том числе совершенствования и обновления и совершенствования
всего производственного процесса.
Ключевые слова:
бенчмаркинг, бенчмаркинг, производительность, качество, микроэкономическая
система, награды за качество, управление качеством, цель бенчмаркинга, общий бенчмаркинг
.
Abstract.
Important aspects of benchmarking implementation were studied. The focus is on highlighting
benchmarking not only as a factor influencing the marketing environment, but also as a factor in improving
the quality of management, including improving and updating and improving the entire production process.
Keywords:
benchmarking, benchmarking, productivity, quality, microeconomic system, quality awards,
quality management, benchmarking goal.
So‘nggi yillarda benchmarking iqtisodiy tizimlar faoliyatini takomillashtirishning samarador va
tan olingan omillaridan biriga aylandi. Turli xorijiy tadqiqotlarga ko‘ra, etalon taqqoslash jarayoniga 60
%dan 90 % gacha ishlab chiqaruvchilar qamralgan. O‘zbekiston iqtisodiyotida, xususan ko‘p rahbarlar
raqobatbardoshlikni oshirish strategiyasi elementi sifatida benchmarkingdan foydalanuvchilar soni ko‘payib
bormoqda. Umuman olganda esa, ko‘p rahbarlar uchun benchmarking bu notanish ibora va etalon taqqoslash
boshqarish metodi sifatida emas, balki marketing tadqiqoti yoki odatdagi raqobatchilarni o‘rganish va tahlil
qilish tushuniladi. Benchmarkingni imkoniyatlari keng bo‘lib, yaqin kelajakda etalon taqqoslash boshqarish
faoliyatini takomillashtirish sifatida joy egallaydi.
Benchmarking metodining asoschisi Robert Kempning tahkidlashicha, dastlab benchmarking bo‘yicha
loyihalar 100% mahsulotga yo‘naltirilgan bo‘lsa 1990 yillardan boshlab 10-20% loyihalar mahsulotga va
80-90% loyihalar boshqarish jarayoni va amaliyotlariga yo‘naltirilmoqda
1
. Buning sababi mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlari, mahsulot xususiyatlaridagi tafovutlar, iste’molchilar strukturali faoliyati va uni tashkil
etish metodlari bilan aniqlanadi, ya’ni benchmarking o‘z tabiatiga ko‘ra sifat kontseptsiyasining evolyutsion
rivojlanish mahsulidir. Bunga ishonch hosil qilish uchun sifat kontseptsiyasi evolyutsiyasini kuzatish
yetarli: sifat nazorati statistik yondashish rivojlanishidan TQM kontseptsiyasigacha va keyinchalik yaponiya
benchmarking kontseptsiyasigacha. Lekin, boshqarish ongi rivojlanishi yakuniy postulatlardan farqli o‘laroq,
benchmarking nazariy ishlanmalarning amaliy natijalarini taklif etadi. Shuning uchun, benchmarking
mikroiqtisodiy tizimlarni boshqarish sifatini oshirishning real elementi hisoblanadi. Butun dunyoda ko‘p
mikroiqtisodiy tizimlarda benchmarkingning turli formalarini qo‘llashadi va etalon taqqoslashni faoliyatni
takomillashtirish hamda raqobatdosh ustunlikka erishish omili sifatida qaraladi.
Boshqalarning tajribalaridan foydalanish, taraqqiyotni tezlashtiradi, xarajatlarni kamaytirish, korxona
faoliyat strategiyasini tanlash, dinamikasini optimallashtirish va daromadni oshirishga imkon yaratadi.
Ammo, faoliyatdan nusxa sifatida foydalanish har qanday mikroiqtisodiy tizimga ijobiy tahsir etmaydi. Shu
sababli, etalon taqqoslashni qo‘llash zaruriyati isbotlanishi lozim, ya’ni benchmarking maqsadi strategik
maqsad bilan mos bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, benchmarkingning maqsadi – mikroiqtisodiy tizim faoliyatini takomillashtirish,
raqobatbardoshlikni oshirish bo‘lib, strategik ko‘rilayotgan mikroiqtisodiy jarayon bosqichlari va qo‘yilgan
masalaga asosan, umumiy va ichki benchmarkingni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Umumiy benchmarking – taqsimlangan funktsiyalar samaradorligini boshqa tarmoqdagi o‘xshash
mikroiqtisodiy tizim bilan solishtirishda foydalaniladi. Ichki benchmarking – bu bir mikroiqtisodiy tizimning
1
Роберт С Кемп. Бенчмаркинг бизнес-процессов: технологии поиска и внедрения лучших методов работы ваших
конкурентов-М.: Баланс-Клуб,2004-416 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |