172 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
173
turli yo‘nalishlari faoliyatini taqqoslashdir. Masalan, mahsulot realizatsiya qilish bo‘limi va xarid bo‘limi.
Bu holda, rahbariyat boshqarish sifati rezervini mikroiqtisodiy tizim ichidan topishadi. Benchmarkingdan
foydalanish natijasi ma’lum bo‘lishiga qaramay, yetakchi ishlab chiqaruvchilar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni
ochiqlash va tajriba almashishning maqsadga muvofiqligi masalasi mavjud. Erishilgan muvaffaqiyatlar
va topilmalarni yashirish sanoat josusligi paydo bo‘lishiga olib keladi. Lekin, hozirgi kunda ochiqlik va
o‘qitish –o‘rganish foydasiga omillar ko‘paymoqda. Birinchidan, mikroiqtisodiy tizimlar rahbarlari etalon
sifatida ko‘rinishni foydali va tizim sha’ni uchun maqbul sanashadi. Ikkinchidan, bu raqobatchilarni
boshqarish va umumiy tarmoqni rivojlantirish imkonini beradi. Uchinchidan, mutlaqo yangi texnologiya
va yondashuvlarni inkor etadi. Benchmarking mahsulotni stantartlashishini oshirish imkonini beradi va
shunday muhit shakllanadiki, o‘rganish va tajriba almashish tarmoq boshqaruvi va samarali ishlab chiqarish
kooperatsiyasining zaruriy va ilojsiz sharti bo‘lib qoladi.
Benchmarking loyihasining muvaffaqiyati uning har bir bosqichining qat’iy rioya qilinishi va javobgarlik
hissi bilan bajarilishiga bog’liq. Etalon taqqoslash mexanizmi qat’iy reglamentlanmagan. Lekin, mikroiqtisodiy
tizimni boshqarish sifatini oshirishda benchmarking texnologiyasini qo‘llash metodi taklif etiladi:
1. Yaxshilash (mukammallashtirish) talab etuvchi boshqarish jarayonlarini aniqlash.
2. Etalon mikroiqtisodiy tizim tanlash va uning holati boshqaruv tizimi haqida ma’lumot to‘plash.
3. Etalon boshqaruv tizimi holatini baholash ko‘rsatkichlarini qo‘llash.
4. Ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqarishning ilg’or tajribasini qo‘llash rejasini ishlab chiqish.
5. Boshqarishning ilg’or tajribasini qo‘llash rejasiga cheklovlarni aniqlash.
6. Hosil bo‘lgan tajribani mikroiqtisodiy tizim faoliyatiga tadbiq etish.
7. Qayta o‘z-o‘zini baholash va rejaga o‘zgartirishlar kiritish uchun qarorlar qabul qilish.
Har qanday tizimda faoliyat ham asosiy, ham yordamchi jarayondan iborat bo‘lib, ular orasidagi farqni
anglash lozim.
Asosiy jarayonlar – bu korxonaning tashqi iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan ishlab
chiqarish va xizmatlarni loyihalash, marketing va sotuv, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar taklifi,
mijoz bilan hisob kitob va sotuvdan so‘nggi xizmat ko‘rsatish va h.k. Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlar
faoliyatini (mavjudligini) ta’minlaydi: Jarayonlarni qanchalik chuqur aniqlash, keng yoki tor ma’noda o‘rganish
bo‘yicha qat’iy qoidalar mavjud emas. Jarayonlarni qismlarga ajratishni ish amallari darajasigacha davom
ettirish mumkin. Benchmarking ixtiyoriy darajadagi jarayonga, ham asosiy, ham yordamchi qo‘llanilishi
mumkin.
G’arbda amal qilayotgan benchmarking tajribasi mikroiqtisodiy tizimlarga ularning jarayonlarini
etalon taqqoslash uchun murojaat bilan chiqish imkonini beradi. Bunday murojatlar ijobiy qabul qilinadi,
chunki zamonaviy biznesning asosiy printsiplaridan biri - ochiqlik, lekin aksariyat ishlab chiqaruvchilar ko‘p
sabablarga ko‘ra, ma’lumotlar va texnologiyalarni ochiqlashni, baham ko‘rishni hatto boshqa tarmoqlarda
faoliyat yurituvchilar uchun ham hoxlashmaydi. Taqqoslash uchun hamkor topishning ommaviylashgan
usullaridan biri gazeta va jurnallarda chop etilayotgan ma’lumotlarni o‘rganishdir. Shuningdek, shaxsiy
aloqalar, tanishuvlar va ko‘rgazmalar, seminarlar ham muhimdir. Hamkorlar, distibyutorlar va kompaniyaga
mahsulot yetkazib beruvchilar ham mikroiqtisodiy tizim benchmarkinggi bo‘lib xizmat qilishi mumkin,
chunki ular umumiy muvaffaqiyatdan manfaatdordirlar.
Etalon taqqoslash uchun hamkor tanlashning zamonaviy usuli internet tarmog’i benchmarking resurslari
hisoblanadi. Menejerlarga eng yaxshi boshqaruv amaliyotini o‘zaro ayriboshlash va benchmarking bo‘yicha
nazarda tutilgan hamkorlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatishga imkon beruvchi Yevropa sifatni boshqarish fondi
loyihalarini o‘rganish maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Роберт С Кемп. Бенчмаркинг бизнес-процессов: технологии поиска и внедрения лучших методов
работы ваших конкурентов-М.: Баланс-Клуб,2004-416 с.
2. Михайлова Е.А. Основы бенчмаркинга. М.: Юристь, 2002.-241с.
3. Саркисов С.Э. Бенчмаркинг. Менеджмент, Словар-справочник.-М.: библион 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |