«воспитание нового поколения в эпоху глобального преобразования: вызовы и перспективы»



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/330
Sana01.07.2022
Hajmi2,6 Mb.
#722881
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   330
Bog'liq
Сборник Воспитание

Аннотация.
В данной статье рассмотрены теоретические основы концепции интеллектуального 
потенциала на уровне предприятия. Анализируются взгляды зарубежных ученых на интеллектуальный 
потенциал работника и его классификацию.
Ключивые слова:
интеллектуальный потенциал, экономика знаний, когнитивная составляющая
личностная составляющая, креативная составляющая.
Tobora yuksalib borayotgan inson ehtiyojlarini qondirishning yangi yechimlarini topish va intellektual 
resurslardan foydalanish qobiliyati bilimga asoslangan iqtisodiyotda markaziy o‘rinni egallamoqda. Inson 
bilimlari va imkoniyatlari doimo qiymat yaratishning markazida bo‘lgan. Bu ishning aqliy komponenti tobora 
muhim bo‘lgan axborot asrida yanada aniqroq bo‘ldi. An’anaga ko‘ra, individual va ijtimoiy ishlab chiqarishni 
tahlil qilishda intellektual salohiyatga alohida e’tibor berilmagan, ko‘proq moddiy boyliklar ko‘rib chiqilib, 
iqtisodiy foyda yaratish zanjiridagi bilim komponenti – biznesni birinchi navbatda moddiy faoliyat sifatida 
belgilash tendensiyasi bilan yashirindi. Tabiiy resurslar, iqtisodiyotning sanoat va agrar sektorlari, oltin, 
valyuta zaxiralari va boshqalar milliy boylikning doimiy kamayib boruvchi qismi bo‘lib hisoblanadi. Biroq, 
intellektual salohiyatning ko‘proq daromad keltirishi natijasida yuzaga keladigan potensial afzalliklari vaqt 
o‘tishi bilan ushbu yondashuvni o‘zgartirdi. 
Tadbirkorlik sohasidagi bilimlar fenomenini tahlil qilishga urinishlar uning rivojlanishining barcha 
bosqichlarida kuzatilishi mumkin. F.U.Teylor o‘zining “ilmiy menejment” maktabida ishchilarning obyektiv va 
ilmiy bilimlarga oid tajribasi va ko‘nikmalarini shakllantirishga kirishdi. 
S. Barnard boshqaruv jarayonlarida “xulq-atvor bilimlari”ning ahamiyatini o‘rganib chiqdi. P. Drucker, 
“bilimlar ishchisi” atamasini kiritib, keyinchalik “bilimlar jamiyatida” (bilimlar jamiyati) asosiy iqtisodiy 
manba potensial, tabiiy resurslar yoki mehnat emas, bilimdir, deb ta’kidladi. U yana shuni ta’kidladiki, “bilim 
asosiy iqtisodiy resurs va ustunlikka aylandi, va hatto raqobat kurashida ustunlikning yagona manbayidir” 
[1,271]. Uning ta’kidlashicha, XX asr boshqaruvidagi muhim vazifa, innovatsiyalar va qo‘lda ishlov berish 
jarayonlarini doimiy ravishda sanoatlashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek
bilimlar asosida mahsuldorlikni oshirish bo‘lib hisoblanadi [2,402].
Marshall bilimga ustunlik berib, potensial bilimning katta qismini, tashkilot va bilim esa ishlab 
chiqarishning eng kuchli dvigatelidir, deb ta’kidlaydi.
Intellektual-ma’naviy omil milliy boylikning hal qiluvchi sharti bo‘lib, davlat qudratining eng muhim 
ko‘rsatkichi va jamiyatning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. 
Mehnat, ishlab chiqarish bilan bog‘liq holatda bu so‘zga quyidagicha ta’rif berilganligini ko‘rishimiz 
mumkin: “Intellekt, olingan ma’lumotlarni (mehnat predmetini) tartibga solish va oqilona umumlashtirishni 
o‘zida ifodalaydigan inson qobiliyati tizimi bo‘lib, u o‘z egasidan begonalashmagan va intellektual ishlab 
chiqarishning asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi» [3,10].
Intellektual salohiyat tushunchasini mikro darajada alohida, yakka shaxsga nisbatan, mezo darajada 
korxonaga nisbatan, makro darajada jamiyat, davlatga nisbatan ko‘rib chiqish mumkin.
Biz ushbu ilmiy ish obyekti sifatida korxona intellektual salohiyati va uning asosiy tarkibi – xodimlar 
intellektual salohiyati, tarkibiy tuzilishini o‘rgandik.
Korxona intellektual salohiyati, odatda, korxona raqobatbardoshligini ta’minlovchi xodimlari 
bilimlarining jamlanmasi sifatida qaraladi. V. A. Lavrentyev, A. V. Sharinalar korxona intellektual salohiyatini 
xodimlarning innovatsiyalarni yaratish jarayonida qo‘llaniladigan nazariy bilimlari, amaliy tajribalari va 
individual qobiliyatlarining jamlanmasi sifatida izohlagan [4,53].
Iqtisodiy nuqtayi nazardan, T. Stuartning fikriga ko‘ra, intellektual salohiyat “...insonning bilimlari, 
ko‘nikmalari va qobiliyatlari, uning harakatchanligi, yangi ma’lumotni qabul qilish, o‘rganish, qayta tayyorlash, 
yangi sharoitlarga moslashish qobiliyati...” [5,368] tushuniladi. 
Intellektual salohiyat – bu faqatgina rasmiy bilim emas, u o‘z ichiga izlanishlar natijalarini, patent, 
litsenziya, shuningdek, xodimlarning amaliy xarakterdagi ko‘nikmalarini aniq, texnologik bilimlarning 
qo‘llanishini, boshqaruv qarorlarini, tashkilotchilik tajribalarini ham o‘z ichiga oladi.



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish