170 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
171
Intellektual salohiyatning asosiy maqsadi innovatsiyalarni (mahsulot, texnologiya, tizim yoki boshqaruv
tuzilishi) yaratish va tarqatishdir. Intellektual salohiyat ishchilarning ko‘p vaqtlari va qobiliyatlari yangilikka
erishishga sarflangan holatlarda shakllanadi va o‘zini namoyon qiladi.
Intellektual salohiyatni amalga oshirilgan va amalga oshirilmaganlarga bo‘lish mumkin.
Amalga oshirilgan intellektual salohiyat xodim tomonidan yaratilgan intellektual mahsulotga o‘tish
orqali intellektual kapitalga aylantiriladi va bir qator intellektual mahsulotlar intellektual mulk obyektiga
aylanadi.
Intellektual mahsulot moddiy yoki nomoddiy shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, hozirgi
vaqtda intellektual kapitalning amalga oshirilmagan shakli (ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan
ishchilarning bilimlari, g‘oyalari) ko‘payish jarayonining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Amalga oshirilmagan intellektual salohiyat – bu xodimlarning bilimlari va g‘oyalari, shuningdek,
mahsulot, bilim va texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilinmagan, ammo zarurat tug‘ilganda ishlab
chiqarish jarayoniga jalb etilishi mumkin bo‘lgan intellektual qobiliyatlarining kombinatsiyasi.
Undan tashqari, iqtisodchilar intellektual salohiyatni rivojlantirishning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlariga
diqqat qaratadilar. Intellektual salohiyatning miqdoriy o‘lchovi ilmtalab korxonalar soni o‘sishi bilan
bog‘liq bo‘lsa, sifatiy o‘lchovi har bir xodimning innovatsiyalar yaratish sohasidagi shaxsiy malakaviy
imkoniyatlarining ko‘payishi bilan xarakterlanadi. Intellektual salohiyatning sifatli rivojlanishi har bir
xodimning o‘z vakolatlari doirasida eng yaxshi sifatli qarorlarni qabul qilish uchun ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari sohasidagi shaxsiy malaka imkoniyatlarining o‘sishi bilan tavsiflanadi.
N. G. Buxartseva “Zamonaviy insonning intellektual salohiyati: tuzilishi va shakllanish yo‘llari” nomli
maqolasida xodimning intellektual salohiyati kognitiv tarkib, kreativ tarkib, shaxsiy tarkibdan tashkil
topishini ta’kidlab o‘tgan [6,76].
Kognitiv tarkib – o‘z ichiga nazariy bilimlar, amaliy tajriba, kasbiy kompetensiyalarni oladi. Malaka
tavsiflari – umumiy va maxsus bilimlarning hajmi, chuqurligi va ko‘p qirraliligi, ishchilarning ma’lum bir
tarkibiy va murakkablikdagi ish qobiliyatini belgilaydigan mehnat ko‘nikmalaridir.
Kreativ tarkib – innovatsiyalarni yaratish, murakkab masalalarni hal etishga oid qobiliyatlarni qamrab
oladi.
Shaxsiy tarkib –
Do'stlaringiz bilan baham: |