«воспитание нового поколения в эпоху глобального преобразования: вызовы и перспективы»



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/330
Sana01.07.2022
Hajmi2,6 Mb.
#722881
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   330
Bog'liq
Сборник Воспитание

90 •
1 APRIL 2022

ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022

91
kerak. Agar «yaqin rivojlanish zonasi»da bola harakatlarni qaytarsa va kattalarga ergashsa, bolaning o‘zini 
anglash makonida esa – kattalar bolaga ergashib, uning faol bo‘lishiga yordam beradi.
Bolaning o‘zini anglash makoni predmetli-fazoviy muhit bilan chegaralanib qolmaydi, balki bolalar 
faoliyatining samaradorligi bilan belgilanadi, muallifi bola bo‘lgan yangi mahsulotni yaratish bilan bog‘liq. 
Kattalarning roli eng xilma-xil muhitni yaratish emas, balki bolaning o‘z g‘oyalari, rejalari, tajribalarini 
amalga oshirish jarayonini ta’minlashdan iborat.
Shu bilan birga, mahsulotning qiymati va ahamiyati uning talabiga (kerakliligiga) qarab belgilanadi. Agar 
mahsulot talabga ega bo‘lsa, uni yaratgan bola ham o‘zini boshqalarning va o‘zining ko‘zlarida tasdiqlanadi, 
bu esa bolaning shaxsiyatini rivojlantirish uchun muhimdir.
Bolalar uchun odatiy kun tartibi bioritmlar va shartli reflekslarning shakllanishini kuchaytiradi, 
organizmni ovqatlanish, uxlash, o‘ynash, kognitiv faoliyat, dam olish kabi funksiyalarni bajarishga tayyorlaydi. 
Kundalik rejimda bolalar mustaqil faoliyatga vaqt ajratishlari kerak.
Aynan shu jarayonda bolalar muloqot qilish qobiliyatini rivojlantiradi, muzokaralar olib borishni, 
birgalikda rejalashtirishni o‘rganadi, rejalarini amalga oshirish uchun resurslarni topadi, o‘z fikrlarini himoya 
qilishni va ko‘plab qarorlar qabul qilishni o‘rganadi. O‘quv materiallari bilan to‘ldirilgan maktabgacha 
ta’lim muhiti bolalarning manipulyatsiya faoliyatiga, hissiy idrokni, mayda va yirik motorika ko‘nikmalarini 
rivojlantirish va mashq qilish ehtiyojlarini qondiradi.
Harakat va hissiyot orqali bilim fikrlash uchun ozuqa beradi. Harakatdagi ta’lim – bu bolaning butun 
mavjudligi, uning rivojlanishi, o‘rganishi, eng muhimi – harakat, fikr va his-tuyg‘ular erkinligida mumkin 
bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash ta’limidir. Bolalar tanadagi barcha jarayonlarni balanslash, miya o‘ng va chap 
yarimsharlarini faollashtirish, katta va mayda motorika ko‘nikmalarini rivojlantirish, aqliy va ijodiy 
qobiliyatlarni rag‘batlantirish imkonini beradigan hislar va harakat orqali dunyoni o‘rganadilar. Bu aniq 
fikrlashni tezda tiklash, dunyoni samarali o‘zlashtirish va o‘zini qulay his qilish imkoniyatidir. 
Harakat, fikr va his-tuyg‘ular erkinligida mumkin bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash orqali ta’lim. Ulardan biri o‘z-
o‘zini tartibga solishdir – bu bolaning psixologik va fiziologik holatini, harakatlarini nazorat qilish jarayoni; 
o‘z-o‘zini egallash va boshqarish qobiliyati, muayyan me’yor va qoidalarga ongli, faol rioya qilish.
O‘z-o‘zini tartibga solishning asosiy xususiyatlari:
1. Harakatning ongliligi – nima uchun, nega bu vazifani bajarish kerak. 
2. Faoliyatlarda faol ishtirok etish. S.L.Rubinshteyn faoliyatga nisbatan ikkita munosabatni belgilaydi: 
bog‘liq, passiv munosabatlar yoki aktiv, faol munosabat. 
3. Faoliyatni rejalashtirish – bolaning o‘z faoliyatining ketma-ketligini ta’kidlash qobiliyati. 
4. Nazorat va tuzatish (korreksiyalash) – bu bolaning topshiriqni bajarish jarayonida qanday qilib to‘g‘ri 
bajarilishini nazorat qilishi va ko‘rgan xatosini tuzatishi mumkinligini anglatadi.
Kollaboratsiya (hamkorlik) – bu umumiy maqsadlarga erishish uchun ikki yoki undan ortiq odamlarning 
har qanday sohadagi qo‘shma faoliyati jarayoni bo‘lib, unda bilim almashish, o‘rganish va kelishuv 
amalga oshiriladi. Bu bugungi va kelajakdagi kasblarda talab qilinadigan 4 ta ko‘nikmalardan biridir. 
Hammasi bolalikdan boshlanadi va hamkorlik ko‘nikmalarining asoslari bolalarning guruh o‘yinlarida 
shakllana boshlaydi. Bu o‘yinlarda tezlik muhim emas. Harakatlarni muvofiqlashtirish, jamoa a’zolarining 
rag‘batlantirish, kutish, sabr-toqat ko‘rinishidagi yordami muhim ahamiyatga ega.
Pedagog har birining o‘ziga xosligini (sur’ati, ko‘nikmalarini rivojlantirish darajasi), psixologik to‘siqlarni 
(qo‘rquv va ishonchsizlik) tan oladi va bolalarga ularni yengishga yordam beradi. Bolaning aniq natijaga 
erishish bilan umumiy ishga qo‘shgan hissasini tushunishi muhimdir. 
O‘zgartirish imkoniyati – bu diqqatni iloji boricha tezroq bir narsaga, keyin esa butunlay boshqa narsaga 
yoki faoliyat turiga jamlash qobiliyatidan iborat. Kichkina bola bunday o‘zgarish bilan ko‘pincha o‘z xatti-
harakati bilan norozilik va zo‘riqishni namoyon qiladi. Shuning uchun diqqatning bu xususiyatini o‘yinlarda 
rivojlantirish kerak. O‘yin orqali bolalar o‘z-o‘zini nazorat qilish mumkin bo‘lgan vazifalarni bajarishdan 
mamnun. Ideal yakuniy natijaga erishish uchun harakatlarni shaxsiy baholash – fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirishning eng yaxshi usuli! Bu «To‘g‘ri» degani pedagog shunday deb o‘ylagani uchun emas, balki 
«harakatim namunaga mos kelgani uchun!»
Bolaning o‘zini anglash makoni predmetli – fazoviy muhit bilan harakatda o‘rganishni boshlash uchun 
bir nechta sababini ko‘rsastish mumkin:
• harakatda o‘rganish bolaning yanada samarali rivojlanishiga yordam beradi;
• harakat faoliyati – bu hissiy va intellektual rivojlanishni oziqlantiruvchi energiya;
• harakat funksional tizimi butun organizmga va ayniqsa miya faoliyatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi;
• harakatda miya rivojlanadi, yarimsharlararo o‘zaro ta’sir rivojlanadi, yangi neyron aloqalar hosil 
bo‘ladi.



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish