Ключевые слова:
развитие, пространство, самореализация, игра, ощущения, движение, критическое
мышление, условия, детская реализация, коллаборация, переключаемость, индивидуальность.
Keling, maktabgacha ta’lim nima ekanligini eslaylik?
Bu uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolani o‘qitish, rivojlantirish, tarbiyalash, g‘amxo‘rlik va parvarish
qilishdir. Ushbu turdagi ta’limning maqsadi – bu yosh bosqichida shaxsni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan
dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
pedagogning kompetentsiyalari va tafakkurini o‘zgartirish imkonini beruvchi jamoani boshqarish orqali
ta’lim sifatini oshirish vazifasi turibdi. Bolalar bilan ishlashda shaxsning o‘zi va maqsadlari haqidagi yangi
bilimlari har bir pedagogga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning faoliyati unumli va samarali bo‘ladi.
Biror narsani o‘rganganimizda, biz neyron aloqalarni hosil qilamiz, uzoq muddatli xotira shakllanadi.
Amaliyot bilan bu aloqalar mustahkamlanadi. O‘rganishning eng foydali usuli – bu eslash amaliyoti: biz
o‘rgangan narsalarni xotiradan qaytarib olsak, xuddi shu neyron aloqalar mustahkamlanadi. Tushuntirishni
faol amaliyot bilan birlashtirish ajoyib natijalarga olib kelishi mumkin. Ishchi xotira miqdori odamlarda
farq qiladi. Ba’zi odamlarga o‘rganish osonroq, lekin mavzuni batafsil chuqur o‘zlashtirishmaydi. Ba’zilar
materialni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishadi, marraga borish uchun ko‘proq vaqt ketadi, lekin
chuqur bilimga ega bo‘lishadi. Har xil turdagi odamlar turli xil o‘rganish yondashuvlarini talab qiladi.
So‘nggi yillarda inson miyasi bo‘yicha tadqiqotlarda kuchli o‘zgarishlar kuzatiladi. Neyrologiya ta’lim
amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq va biz bolaning o‘quv jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatadigan yangi
texnologiyalar va yangi usullarni olamiz va, albatta, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan pedagogik
amaliyotda ushbu yondashuvlarning elementlarini qo‘llash (foydalanish) muhimdir.
Maktabgacha yosh – bu bolalarning qobiliyatlari ochiladigan va rivojlanadigan, dunyoni bilish, tan olish,
va bolalar u bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganadigan hayot davri.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Buning
sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan,
bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning
erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir.
Bolalarni yoshligidan tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerak, olingan ma’lumotlar asosida ongli ravishda
qarorlar qabul qilinadi va o‘z fikrini shakllantiradi.
Bolaning o‘zini anglash makonini yaratish juda muhim, unda bola yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga
harakat qiladi va bunda kattalar uni qo‘llab-quvvatlaydi. Bolalikni amalga oshirish makoni kattalar va bola
o‘rtasidagi boshqa turdagi muloqotni talab qiladi. «Bolaning ovozini eshitish» qobiliyatiga asoslangan va
bolaning tashabbusini rivojlantirishga qaratilgan bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
yangi formatiga o‘tish amalga oshiriladi. Kattalar bolalarning rejasini tushunish va yordam berish, nafaqat
uni amalga oshirish, balki boshqalar uchun qilingan ishlarning ahamiyatini ko‘rsatadigan shart-sharoitlarni
yaratadi.
Bolaning o‘zini anglash makonini yaratish individuallikni rivojlantirish va bolaning shaxsiyatini
shakllantirishning zaruriy shartidir. Pedagog barcha bosqichlarda, barcha faoliyatda bolaning tashabbusini
qo‘llab-quvvatlay olishi kerak.
Bunda bola ta’lim jarayonining subyekti sifatida qaraladi, ya’ni o‘zlashtirilayotgan mazmunni o‘zi
belgilaydi va vaqtni nazorat qiladi. Bunday holda, amalga oshirish makonini rivojlantirish uchun kattalar
bolalar rejasini tushunish va bolaga nafaqat uni amalga oshirishga yordam berish, balki uning talabini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish uchun bolaning ovozini tinglashi kerak.
Bolalarning tadqiqot va kognitiv faoliyat uchun zarur bo‘lgan birlashmani yaratish muhimdir. Biz
bosqichma-bosqich harakatlar rejasini emas, balki muhit va materiallarni yaratishimiz va rejalashtirishimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |