ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
174
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
boshqa ijodkorlarning Zulfiyaxonim she’rlari jozibasi, o‘zgachaligi haqida bildirgan
fikrlari alohida e’tiborga loyiqdir.
ASOSIY QISM
Ushbu davr adabiyotida ko‘p ijodkorlar xalqning yurak-yuragiga kirib boruvchi
asarlar yaratishdi. Ayniqsa ayol ijodkorlarimiz qizlarimiz va ayollarimizning og‘ir
mehnatga jalb qilinganligi, ularning ruhiy iztiroblari haqqoniy chizgilar orqali asarlarida
bayon etilgandir. Ulardan Y.Rahimova, Z.Isroilova, O.Tojiboyeva, Sh.Isaxonova,
D.Saidova. S.Vafo, H.Hudoyberdiyeva, Z.Qurolboy qizi, M.Ahmedova va boshqalar
samarali ijod qilishgandir. Bu o‘rinda baxt va muhabbat kuychisi, sadoqat ramzi
hisoblangan Zulfiyaxonim ijodiga alohida to‘xtalishimiz lozimdir. O‘zbekiston xalq
shoirasi, Hamza nomli Respublika davlat mukofoti, Javaharlal Neru va xalqaro
“Nilufar” mukofotining laureati bo‘lgan Zulfiyaxonim o‘zbek adabiyotining yirik
namoyondalaridan biridir. Uning ijodida xalqlar do‘stligi, tinchlik, insoniy muhabbat,
vafo va sadoqat, hijron iztiroblari, ona va farzandga mehr, eskilik sarqitiga qarshi
kurash, yangilik g‘alabasini ulug‘lash kabi qator mavzular sevib ishlandi.
Zulfiyaxonimda o‘zbek ayolining qalbi butun murakkabligi bilan o‘z ifodasini topdi. U
1915-yildaning
1-martida
Toshkentning
O‘qchi
mahallasida
tug‘ilgan.
Zulfiyaxonimning onasi to‘g‘risida shunday gaplari bor: “Hozirgiday zamon va
sharoitda yashaganda onam kim bo‘lardi – shoirami, olimami bilmadim. Lekin shunga
aminmanki, mo’jizalar yatatishga qodir, jahonni ko‘zga keng ochuvchi, insonni
go‘zallik sari yetaklovchi, so‘zga shaydolik hissini mening qalbimga ostona xatlab
ko‘chaga chiqmagan oddiy ayol – onam uyg‘otgan”, - degan edi. Shoiraning ilk she’riy
to‘plami “Hayot varaqlari” 1932-yilda chop etilgandir. Uning “Men ishchi qizi”,
“Bizlar”, “Ikki o‘rtoq”, “Ona”, “Ozod qizi”, “Maktab yo‘linda” kabi ko‘pgina
she’rlarida mehnatni sevuvchi qizlar keltirilgan deyilgan. Aslida esa sovet tuzumi
davrida og‘ir mehnatdan qiynalgan o‘zbek ayol va yoshgina qizlar aks etgan.
Zulfiyaxonimga “O‘g‘lim sira bo‘lmaydi urush”, “Mushoira”, “Men chizolmagan
sur’at” kabi ko‘pgina she’rlar katta shuhrat keltirdi. 70-yillardan boshlab uning ijodidagi
milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo bo‘ldi, haqqoniylik his-tuyg‘usi
kuchaydi. “O‘ylar”, “Visol”, “Yillar-yillar” sheriy kitoblari davom etib, shoira davrida
chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi.
Zulfiyaxonimga atalgan she’rlar u haqida yozilgan maqola va ocherklar adabiyot
olamida bisyordir. Shoiraning sh’erlari xalq orasida mashxurligi bejiz emas, u tug‘ma
istedod sohibasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zulfiyaxonim o‘zining tarjimai holi
to‘g‘risida aytganda, onasi haqida shunday deydi: mening onam o‘zining ta’biricha,
“usti butun – ichi tutun” ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin
fikrlari, o‘ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekanligini bilar edim.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
Do'stlaringiz bilan baham: |