O`zbekistonda o`tkazilgan arxeologik va etnografik tadqiqotlar tarixshunosligi



Download 18,63 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi18,63 Kb.
#197

Aim.uz

O`zbekistonda o`tkazilgan arxeologik va etnografik tadqiqotlar tarixshunosligi
O`zbekiston SSRning tashkil etilishi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonning eng muhimlaridan biri O`zbekiston nomigagina suveren respublika bo`lib, aslida esa SSSR tarkibidagi unitar (qo`shma) davlat edi. O`zbekiston ittifoq partiya-sovet organlariga to`la qaram bo`lib, uning rahbariyati va direktivalarini, ko`rsatmalarini og`ishmay bajarishga majbur edi.

O`zbekistonda o`tkazilgan arxeologik va etnografik tadqiqotlar o`tkazilgan davr bu SSSRda boshqaruvning ma`muriy-buyruqbozlik tizimi o`zining barcha salbiy ko`rinishlari bilan qaror topishi va mustahkamlanishi sharoitida sodir bo`ldi. Bu haqda yangicha g`oya va mustaqillik mafkurasi bilan yaxshi qurollanib olgan holda M.A.Axunova va B.V.Lunin tarixshunoslik yo`nalishida yozgan «O`zbekistonda tarix fanlarining tarixi» nomli asaridan bilib olsa bo`ladi.1 Agar kitobxonlarni 1930-1950 yillarning yarmigacha bo`lgan davrda sovet tarixchilari, arxeologlari va etnograflari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy bosqichlari bilan tanishtiradi.

Bu davrda S.P.Tostov, T.A.Julnko, I.Djabborov, M.A.Itina, Y.G.Gulomovlar eramizdan avvalgi IV ming yillikdan eramizning XIV-XV asrlarigacha Xorazm tarixini yangicha ko`z bilan ko`rish imkonini berdi.2

30-yillar tarix fanida totalitar tuzumni qo`llovchi «bol’shavoycha» uslubda tarixni yoritish hukmron bo`ldi. Markscha-lenincha mafkura ta`siri ostida bo`lgan gazeta va jurnallar ham shu tuzumga astoydil xizmat qilishga yo`naltirilgan edi. O`zbekiston tarixshunosligida «Eski markazdan» kelgan topshiriqlar asosida tarix fani ishladi. Ilmiy tadqiqotlarni tasdiqlash uchun Moskvadagi Davlat attestatsiya qo`mitasiga mavzular olib borilar edi.

XX asrning 30-yillarida, ya`ni «madaniy inqilob» avj oldirilgan yillarda madaniyatga qarshi kurash shu darajada kuchaydiki, odamlarni qatag`on qilish uchun ularning uyidan arab yozuvidagi kitob yoki daftarlar topilishi kifoya edi. O`sha yildan, 30-yillar va 50-yillar ikkinchi yarmigacha, o`n minglab, uyz minglab jild kitoblar, nodir qo`lyozmalar suvga chuo`tirildi, yoqildi, tuproqqa ko`mildi. Taqdir istehzosini qaranki, o`sha yillari sho`ro tarixchilari madaniy inqilob davri deb atadilar. Sho`rolar siyosati oxir-oqibatda shunga olib keldiki, ajdodlarni ardoqlaydigan o`zbeklarning ham ko`pchiligi etti ajdodini u yoqda tursin, ikki-uch bo`g`in ota-bobolarini zo`rg`a taniydigan bo`lib qoldilar. Bu monqurtlikning bir ko`rinishi edi. Aynan mana shu davrlardan boshlab, sho`rolar adabiyotda, san`atda, «ilg`or farzandlar», «qoloq ota-onalarga» qarshi qo`yila boshlandi. Sovet hukumati 1934 yil 16 mayda «Maktablarda fuqarolar tarixini o`qitish» to`g`risida qaror qabul qildi. Chunki kommunistik mafkura qoidalariga ko`ra davlatchilik tarixini o`qitish bu eski tuzumni yoqlash bilan barobar edi.

Bu ilg`or «o`g`il-qiz» lar ota-onalarining e`zozlash o`rniga ular ustidan kular, juda insoflilari esa ularni qayta tarbiyalashga harakat qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 50-yillar boshlarida, yangi erlarni o`zlashtirishga jo`nayotgan yoshlar deysizmi, ilg`or kolxozga yigit-qizlar deysizmi, partkom kotiblari-uy zveno boshliqlari deysizmi, ko`pincha o`zlarining «ilg`orlik»larini «qoloq» ota-onalarini qayta tarbiyalash orqali namoyon qiladilar. Oqibatda, avlodlar o`z ajdodlarini, demak tarixni ardoqlashlari u yoqda tursin, ularni mutlaqo unuta boshladilar. Mana shu jabhada, 1937 yilda shaxsan Stalinning o`zi tahrir qilgan VKP(b) (Bol’sheviklar Butun ittifoq partiyasi) qisqacha tarixi nashrdan chiqib, hamma tarixchilar undan qomis sifatida foydalandilar. Natijada 1934-1936 yillar o`quv qo`llanmalar tayyorlash qarori asosida tarix uni o`ta siyosatlashtirilib uyborildi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi xalq xo`jaligini tiklash ham oson kechgani yo`q. Nihoyat alg`ov-dalg`ovlarga to`la fojiali 40 yildan ortiq davrdan so`ng 50-yillar oxirlariga kelib hayotda engillik va ilgariga nisbatan hayot farovonligi oshdi. Bugungi kundagi tarixshunosligimizda O`zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki masalasi ham nihoyatda dolzarb muammolardan biri bo`lib turibdi.3

Ushbu davr tarixshunosligida urushlar tarixi tarixshunosligini o`rganishdan ko`zlangan maqsad, tariximizning o`rganilmagan yangi sahifalarini ochmog`imiz zarurligidir. Masalan mana shunday dolzarb, o`rganilishi talab qilinadigan yo`nalishlardan biri bu urushlar oqibatida muhojirlikka ketib qolgan o`zbeklar tarixidir.4

Bu davr tarixshunosligini o`rganish nihoyatda muhim. Chunonchi 1917-1920 yillardagi fuqarolar urushi natijasida 13 million kishi nobud bo`ldi, minglab kishilar jarohatlandi. Dehqon xo`jaliklari, sanoat izdan chiqdi, ocharchilik qashshoqlik va ommaviy uyqumli kasalliklar keng quloch yoydi. Turkistonda respublikalar tashkil etilishi munosabati bilan esa minglab yillar davomida shakllanib kelgan va takomillashgan yagona iqtisodiy tizimga zarba urildi, dehqonchilik otin-ustin qilinib, boy va o`rta hol dehqon xo`jaliklari davlat tomonidan talon-taroj maydoniga aylantirildi. O`n minglab mirishkor dehqonlar oilalar bilan «quloq» qilindilar, to`zitib uyborildi. Yuzlab obod qishloqlar xarobaga aylantirildi. Shuningdek, qdimdan rivojlanib kelgan va kundalik hayotning tarkibiy qismi bo`lmish uyqori darajadagi hunarmandchilik ildiziga bolta urildi. 30-yillardagi ocharchilik, qahatchiliklarda esa o`n minglab kishilarning yostig`i quridi, og`ir dardlarga chalindi. Mana shu og`ir tarix sahiflari tarixshunosligimizda R.Shamsutdinov, N.Karimovlarning sa`y-harakatlari tufayli asta-sekinlik bilan yoritilib bormoqda.5

Xullas, XX asrning 30-yillari 50-yillarning birinchi yarmi davridagi O`zbekiston tarixi tarixshunosligini o`rganish hozirgi kunda tarixchilar oldiga nihoyatda dolzarb vazifalarni qo`yishini mana shu uyqorida keltirilgan misollardan ham bilishimiz mumkin.



1 Ахunоvа M.А., Lunin B.V. Istоriyа istоrichеskоy nаukа v Uzbеkistаnе. Krаtkiy оchеrk. (Оtv.rеd. M.K.Nurmuхаmmеdоv) T., Fаn, 1970, S.200.

2 Buyuk Хоrаzmshохlаr dаvlаti (Šаdimiy tаriх sоhifаlаri) // Mаs`ul muhаrrir: S.K.Kаmоlоv. T., SHаrš, 1999, 144 b.

3 D.А.Аlimоvа, L.S.Ivаnоvа. 50 lеt izuchеniyа istоrii Uzbеkistаnа v gоdы vоynы 1941-1945 gg. Sоvrеmеnniе zаdаchi pеrspеktivi ее istоriоgrаfii. T., Fаn, 1995.

4 Sh.Hаyitоv. Ikkinchi jаhоn urushi оšibаtidа muhоjirlikkа œtgаn œzbеklаr//O’zbеkistоn tаriхi, №2, 2005, 15-23 bеtlаr.

5 Sh.G`аffоrоv. Аchchiš hаšišаtni uyzаgа chišаrgаn оlim. Rustаmbеk Shаmsutdinоvning jur`аti Vаtаnni, millаtgа хizmаt šilishning nаmunаsidir// Zаrаfshоn, 2006 yil, 26 yаnvаr, №10 (21.063), U.Bеkmuhаmmаd Fidоyilаr// Hurriyаt, №5 (467), 2006 yil, 8 fеvrаl.

Download 18,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish