HISOBOTI
Yanvarь oyi mavzusi: «BOLАLАR BOGʼChАSI»
1-hafta mavzusi:Qish quvonchlari. (_____ 2022 yildan, _____ 2022 yilgacha)
2022 yil yanvarь oyi davomida boshqa oylar qatorida bolalar bilan birgalikda mashgʼulot va faoliyatlari oʼz vaqtida “Ilk qadam” Davlat oʼquv dasturi va “Davlat talablari”, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonining mavzuli rejasi asosida amalga oshirildi. Har bir hafta mavzusidan kelib chiqqan holda slayd, koʼrgazmalar, videoroliklar, tarqatmalar va boshqa resurslardan foydalangan holda tarbiyalanuvchilarga mavzuga oid bilim va tushunchalar berildi.
Guruhda tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar boʼyicha:
Qurish-yasash va matematika markazida:Bolalarga faoliyat davomida predmetlarni toʼgʼri va teskari sanashni,geometrik shakllar yordamida Uchburchaklardan «Qishki qala» yasashni, «Qoʼgʼirchoq va ayiqcha uchun qishki maydoncha», Qurish-yasash jamlammasidan «Sirpanchiq», «Qishki oʼyingox», muzda qolgan mevali daraxtlarni bezash «Nuqtalarni birlashtir va boʼya» mashqi, Dumaloq shakldagi katta qor uyumini yasash va rasm xosil qilish (shar, kub, silindrlar)ni oʼrgatildi.
Syujetli rolli oʼyin va drammalashtirish markazida: Bolalarga «Quyonchaning uychasi» drammalashtirish, «12 oy», «Qishki olimpiya oʼyinlari», «Yangi yil oʼyinchoqlari doʼkoni» «Oila» mavzulari asosida niqoblar, belgilar, otributlar kabi resurslardan foydalangan holda sotuvchi faoliyati bilan tanishishda davom etish, aktyorlik mahorati koʼnikmalarini orttirish, avtobuslarni farqlash, chiptachilar vazifalari toʼgʼrisida bilish, nomlarni bilishga ahamiyat berildi va oʼrgatildi.
Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga «Qish» mavzuli rasmlar asosida xikoya tuzish, «Qish quvonchlari», «Shaxarda qish» mavzularidagi rasmlarni koʼrish va xikoya tuzish. “Yogʼ yogʼaver oppoq qor”, kabi mavzular asosida, sheʼrlar, topishmoqlar yodlatildi va oʼrgatildi.
Fan va tabiat markazida:Rasmlar, alьbomlar, maxsus idishlar, boʼyoqlar, batareykalar va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga magnit va uning xususiyatlari bilan tanishtirish, «Qor va muz bilan tajribalar», “Qishki oʼyinlar”suv bilan tajribalarni davom ettirish,suvni yaxlagan xolatda kengayishini oʼrganish,idishlarda suv solib uni kechasi xovlida qoldirish mavzulari asosida tajribali faoliyatlar va mashgʼulotlar oʼrgatildi.
Sanʼat markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga “Sehrli qish” rasmi chizdirildi, jamoa bilan ishlash boʼyicha«Moʼjizakor qish» mavzusida rasmlar koʼrik tanlovi,«Qordan bayram torti», applikatsiya «Qorparchalar uchmoqda» mavzulari boʼyicha yopishtirish, ixtiyoriy tabiiy materiallar bilan ishlash, qogʼoz, rangli qogʼoz, tabiiy materiallar resurlardan foydalangan holda faoliyatlar olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |