Dizaynerlik loyihalari nrmaga asoslanadi? Biz buyumlar olamini kanday idrok etamiz va baholaymiz?
Bizni buyumlar olami kurshab olgan, biz ulardan foydalanishimiz, ularni o‘z tasavvurimiz va qiziqishlarimiz doirasiga kiritamiz. Lekin bizning idrokimiz tanlovchan ekanligini ham e’tiborga olishimiz kerak. Ko‘p kishilar buyumlar estetikasiga befarq qaraydilar va ko‘proq ularning foydasi, pishiqligi, mustahkamligi kulayligi va shu kabilar bilan qiziqadilar. Hatto idrokli, ro‘zallikga o‘ch kishilar ham vaqt o‘tishi Bilan buyumga befarq , uni estetik kechinma ob’ekti deb qaraydigan bo‘lib koladilar.
Behad xilma-xil buyumlar olamida predmetlarning turlari, grunYaalari, tiplari t shu qadar ko‘pki, ularning funktsional va estetik qimmati o‘rtasidagi barcha extimol tutilgan nisbatlarni paykab olish qiyin. Ba’zi bir buyumlarda amaliy tomon boshqalarida estetik tomon muhimroq bo‘ladi. masalan ko‘pchilik kiyimda ishlab chiqarishda kiyiladigan kiyimdagiga nisbatan funktsional tomoni o‘z ahamiyatiga ko‘ra ancha pastrok bo‘ladi.
Utmishga nisbatan bizning davrimizda buyumning Amaliy qiymati estetik qiymatiga nisbatan unchalik ahamiyatli, birinchi darajali bo‘lib qolyapti. Hozirgi vaqtda: «bu kiyim pishik movutdan tikilgan» deyilmaydi, balki butunlay boshqa ta’riflarni - «chiroyli tufli», «kelishgan^kayto» va xokazo so‘zlarni tez-tez eshitish mumkin. Buyum bilan har qanday tanishish ma’lum darajada unga baxo- berish funktsional, estetik, sotsial-nufo‘zli bulish mumkin. Uy ro‘zgor buyumlariga funktsional baxo berish biz uchun qiyinchilik tugdirmaydi. Biz ko‘p hollarda bu buyumlardan qanday foydalanishni bilamiz, ularni shunday buyumlar bilan qiyoslab ko‘rishimiz
mumkin. Buning uchun oddiy insoniy tajriba kifoya qiladi. Ishlab chiqarish muhitiga funktsional baho berish bu ishlab chiqarish sohasida ishlovchi mutaxassislarning ishidir.
Bizni eshyu, buyumga estetik baho berish qiziqtiradi, bunda hamma narsani ham unchalik oddiy deb bo‘lmaydi. Biz hech qanday tayyorgarlikka ega bo‘lmay turib, faqat buyumga umumiy munosabat bildiramiz. Biz qanday deymiz «Bu narsa menga yoqadi», «Bu narsa menga yoqmaydi», yoki bir muncha qatiy qilib «Bu narsa chiroyli» yoki «Bu narsa chiroyli emas» «go‘zal» yoki «go‘zal emas» deymiz. Biroq bunday baholar hatto eng umumiy estetik mazmunni ham ochib bermaydi. O’z bilimimiz doirasida u yoki bu buyum nima uchun «chiroyli» yoki «chiroyli emasligini» qandaydir og‘zaki tushuntirib berishga harakat qilishimiz kerak. Masalan: Bu buyum chang surgichning formasi qandaydir «g‘adir-budir» yoki «televizor ostidagi oyoqlar juda ingichka» ekan. Yoki mototsiklning rangi juda yorqin. Lekin bu baholar ham yuzaki va asossizdir. Biz umumiy estetik bahoni avvolo qismlarga bo‘lishimiz kerak va faqat shundan keyingina haqiqatdan ham asoslangan xulosa chiqarish mumkin.
Buyumlar olamini loyihalash bilan shug‘ullanadigan kishi o‘zining pirovard maqsadiga chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bildirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |