B 6 vitamini (piridoksin)
Vitamin B6 ingichka ichakda so’riladi. Qon orqali to’qimalarga tashiladi va koferment shakllarini hosil qiladi. Ular to’qimalarda defosforlanish va oksidlanish natijasida parchalanadi, siydik tarkibida chiqariladi. U oksidoreduktaza, transferaza, gidrolaza, liaza va izomerazalar tarkibiga kiradi .
Biologik funktsiyasi: NAD va NADFga bog'liq degidrogenazalarning kofermenti tarkibiga kiradi. Piridoksalfosfat aminotransferaza, aminolevulensintetaza,
monoaminooksidaza va dekarboksilazalarning kofermenti hisoblanadi.
Avitaminozida: nerv to’qimalarining qo’zg’aluvchanligi ortadi,pellagrasimon dermatitlar rivojlanadi. Triptofan almashinuvining buzilislii natijasida siydik tarkibida ksanturen кislota miqdori ko'payadi, kinuren kislota esa kamayadi. Shuningdek, gomotsistinuriya va sistationuriya kuzatiladi.
Vitamin B6 o'simlik va hayvon mahsulotlarida keng tarqalgan. Uning asosiy manbalari bo'lib, non, no'xat, loviya, kartoshka, go'sht, buyrak, jigar va boshqalar hisoblanadi. Ichak mikroflorasi bu vitaminni yetarli miqdorda sintezlashi mumkin. Sutkalik me'yoii 2-3 mg .
B 9 vitamini (folat kislota)
Ovqat tarkibidagi folat kislota ichaklarda so'riladi. Shilliq qavatda tetragidrofolat kislotasi (TGFK) va N5-metil-TGFK hosil bo'ladi. Qonda folat kislotasining asosiy 87% eritrotsitlarda, qolganlari plazmada bo'ladi. U jigar, buyrak, shilliq qavatlarda saqlanadi. Tanadan ter va siydik orqali chiqariladi. Folat kislotasining biokimyoviy funktsiyalari uning koferment shakllari: N5-formil-TGFK, N10-formil-TGFK, N5,Nl0-metenil-TGFK, N5,N10-metilen-TGFK va N5-metil-TGFK bilan bog'liq. Barcha kofermentlar bir-biriga o'tib turishadi.
Biologik funktsiyasi:TGFK shaklida bir uglerodli guruhlarni tashishda qatnashadi. Bir uglerodli guruhlar kofermentning bir shaklidan ikkinchi shakliga ko'chiriladi hamda purin va pirimidin asoslari sintezida, yoki ba'zi aminokislotalarni (serindan glitsin, gomotsisteindan metionin) hosil bo'lishida qatnashadi. Kofermentlar dUMF dan dTMF hosil bo'lishini ta'minlaydi. Shuning uchun, nukiein kislotalar sintezida va hujayra bo'linishida muhim rol o'ynaydi.
Avitaminozida: folat kislota yetishmaganida avval leykopeniya, keyin esa anemiya rivojlanadi. Folat kislota tanqisligi natijasida eritropoez sodir bo'ladigan suyak ko'migi hujayralarida DNK sintezi buziladi va periferik qonda DNKni kam saqlovchi yosh hujayralar -megaloblastlar paydo bo'ladi, leykopeniya kuzatiladi.
O'simliklar yashil bargi va xamirturush folat kislotaga boy hisoblanadi. Shuningdek u jigar, buyrak, go'sht va boshqa mahsulotlarda bo'ladi. Ichak mikroflorasi uni yetarli miqdorda sintezlaydi. Sutkalik me'yori-400 mkg.
Do'stlaringiz bilan baham: |