Vitamin B3 (nikotin kislota) - Vitamin B3 (nikotin kislota)
- Hujayralarga hayot berib, ularning nafas olishini ta’minlaydi, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda o‘simlik oqsillarining hazm bo‘lishini tezlashtiradi, me’da osti bezi ishlab chiqaradigan shira tarkibini yaxshilaydi, jigar ishini me’yorga solib turadi.
- Nikotin kislota yetishmasa, odamda pellagra (chillashir) degan kasallik paydo bo‘ladi. Bunda ich ketadi, til qizarib yaltiraydi, oyoq-qo‘l panjalariga qizil dog‘lar toshadi. Tinka qurishi, bosh og‘rishi, loqaydlik, zehnning pasayishi, asabning qo‘zg‘aluvchanligi yuz beradi, hatto bemorning kayfiyati tez-tez buzilib, yaxshi uxlolmaydi.
- Nikotin kislota mol jigari va buyragida, sabzavot va mevalarda, grechixa yormasida, tovuq va buzoq go‘shtlarida anchagina miqdorda mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |