Vitaminlar yetishmasa… - Vitaminlar yetishmasa…
- Organizm me’yoriy rivojlanishi uchun vitaminlarning ahamiyati katta. Har bir kishi vitamin tanqisligining oqibatlari va zarur vitaminlardan bilib foydalanish xususida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Vitamin A (retinol) - Vitamin A (retinol)
- Ko‘rish pigmentlari hosil bo‘lishida qatnashib, ko‘zning turli darajadagi yorug‘lik nuriga moslashishini ta’minlaydi.
- Bordiyu, organizmda retinol yetishmasa, dastlab qorong‘ulikka moslashish buziladi, shabko‘rlik va yorug‘ga qaray olmaslik yuzaga keladi. Teri quruqshab oqaradi, qipiqlanadi, terining yiringli kasalliklari rivojlanadi, soch ham quruqlashib to‘kila boshlaydi.
- Vitamin A o‘simliklarning yashil barglarida, ayniqsa, ismaloq, petrushka, shivit, shovul, o‘rik, sabzi va baliq moyida ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |