Kelajakdagi vaksinalar:
Genno-injeneriya vaksinalari. Gendagi tirik attenuir viruslari, bakteriyalari yoki gen ichida o‘rnashgan eukariot hujayralari olinib, vaksina shakliga keltirilib, kasallikka qarshi jo‘natiladi va organizmdagi kasallik qo‘zg‘atuvchisidagi qarshi antigen himoya qatlamini hosil qiladi.
Sintetik peptid vaksinalari. U o‘z tarkibida turli epitoplarni mujassam etishi mumkin. Bular o‘z navbatida turli ko‘rinishdagi infeksiyalarga qarshi immunitet hosil qilish xususiyatiga ega. Ular yuqori darajadagi bir xilligi , havfsizligi bilan ajralib turadi, biroq zaif immunogenlar samarali adyuvantlarni qo‘llashni talab etadi.
DNK-vaksinalari — infeksiya qo‘zg‘atuvchisiga qarshi ximoyaviy antigenlarini hosil qiladigan DNK plazmalaridan tayyorlangan vaksinalardir.Bu DNK vaksinasi organizmga jo‘natilganidan so‘ng xo‘jayra yadrosiga borib o‘rnashadi va uzoq muddat xromasoma tashqarisida irsiy kasalliklar ma’lumoti saqlanadigan qismni yopib qo‘yib, kerakli antigenlar rivojlantirib, organizmda immunitetning T va V shaklini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |