55. Virus genomivaoqsillari.
Viruslar asosan nuklein kislota, oqsil va kul elementlaridan tashqil topgan. Bu uch qism hamma viruslarga ham xos bo‘lib, lipidlar va uglevodlar esa faqat murakkab viruslar tarkibida uchraydi.
Oqsil, nuklein kislota va kul elementlaridan tashkil topgan viruslar oddiy va minimal viruslar deb ataladi. Ularga o‘simlik viruslari hamda ba’zi bir hayvon va hasharot viruslari kiradi. Ammo kiyoviy jihatdan oddiy viruslarga yaqin bo‘lgan bakteriofaglarning tuzilishi juda murakkabdir.
Tarkibida yuqorida aytilgan uch qismdan tashqari lipid va uglevodlar uchraydigan viruslar murakkab viruslar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi ko‘pgina viruslar odam va hayvonlarda kasallik tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |