11-Labarotoriya mashg’uloti. Mavzu:Virus preparatining miqdori va tozaligini aniqlash
Ishdan maqsad. Toza virus preparatini miqdorini va tozalik darajasini aniqlash usullarini o’rganish..
Kerakli materiallar. TMV bilan kasallangan tamaki bargi (500 g) 0,1 M fosfat buferi, ph 7,0-7,5 2. 0,1M, 1 M HCl, 0,1 M. NaOH,PH-metr, N. glutinoza, Eksikator,.Xloroform xamda zirus ekstraktsiyasida ishlatiladigan asbob -uskuna vaidishlar.
Ishning borishi. Viruslarning toza va faolligini saqlagan holda ajratib olish, ularning xususiyatlarini chuqurroq va atroflicha kengroq o`ganishga imkon yaratadi.
Virus zarrasi o`ta kichik o`lchamli (angstrem yoki nanometrlar bilan o`lchanadi) biopolimer bo`lgani uchun ularni tozalash va o`rganishda boshqa fanlar (biokimyo, molekulyar biologiya, immunologiya, biotexnologiya, fizik kimyo, kristallografiya, kimyo fizikasi) metodlaridan keng va unumli foydalaniladi.
Toza xolda ajratilgan virus zarrasini morfologiyasi strukturasi, kimyoviy tarkibi, antigenligi, oksil va nuklein kislotasi va boshkalarining xususiyatlari o`rganiladi. Virus preparatlarining tozalik mezonlariTozalangan virus preparatlarini tozaligini va gomogenligini (bir jinsli) xamda xaqiqatdan xam ajratilgan bu preparat po` yuqumliligini saqlab qolganligini bildiruvchi omillar bor (Atabekov, 1966).
1 Ajratib olingan preparatning yuqumliligini, uning uziga xos indikator usimliklariga yuktirib,ijobiy natija olish bilan tasdiqlanadi.
2 Preparatning gomogenligini isbotlash uchun biror moddani gradient zichligida tadqiq qilinganda bir virus zonasi (doira) xosil bo`lishi ko`rsatadi.
3. Tozalangan virus preparatini elektron mikroskopda
tekishrilganda preparat fakat virus zarralaridangina iborat bulishi kerak. Elektron mikroskop natijalari olingan preparatni gomogenligidan va virus agregatlari xakida mahlumot beradi.
4. Izotop analizi usulini qo`llash. Toza. preparatni tu virus ajratilgan usimlikni nishonlangan mukobil (normal) xujayra qismlari bilan suniy aralashma tayyorlanadi. Sungra virus Tozalangan usul bilan virus ajratiladi. Tozalangan preparat tarkibida izotop nishoni bo`lmasligi virus tozaligini kursatadi.
5. Serologik analiz o`ta yaxshi samara beradi. Ikkyoqlama immunodiffuziya va immunoelektroforez usullari bilan reaktsiya o`tkazilganda shu virus antizardobi bilan mazkur preparat pretsipitatsiya liniyasini xosil qilishi zarur, o`simlikni muqobil hujayra qismlariga tayyorlangan antizardob bilan pretsipitatsiya liniyasi xosil bo’lmasligi kerak.
6. Analitik tsentrifugalash va elektroforez metodlari ishlatish xam preparatning tozaligini bildiradi. Analitik tsentrifuga qilinganda olingan sedimentogrammada bitta simmetrik cho`qqi olinishi xam virus preparatini gomogenligidan darak beradi. Atabekovning (1966) fikricha uta sifatli tozalangan virus preiaratida xam oz mikdorda bulsa xam xujayra moddalari kolgan bulishi mumkin. Yuqorida aytilgan metodlar bilan tozaligi tekshirilganda xam bu metodlar sezgirligi yetmasligi mumkin. Undan tashqari kichik maleku lali bazi moddalar virus sirtiga adsorbtsiyalangan xam bo`lishi mumkin (Ackers, Steere, 1967).
Do'stlaringiz bilan baham: |