Antivirus dasturlari
Antivirus programmalar.
Kompyuter viruslaridan ximoyalanish, ularni yo`q qilish va aniqlash uchun bir
necha maxsus programmalar yaratilgan. Bunday programmalar antiviruslar deb
ataladi. Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum
virus dasturi tomonidan
o'chirilib yuborilishi yoki shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari dasturchilar
tomonidan tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular quyidagi
vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin:
- - noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va
boshqalar);
- internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida;
- elektron-pochta orqali;
- lokal tarmoq orqali;
- noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish
oqibatida;
Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy
ta'siri bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi:
1. Sodda viruslar
- operativ xotirani band qilib, kompyuterning ishlashi
sekinlashtiradi.
2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini o'zgartirib turadi va ularni topish
ancha murakkab.
3. Ma'lumotlarga o'zgartirish kiritadigan viruslar.
4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar.
5. Foydalanuvchining ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i
orqali virusni yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar.
Antivirus programmalari turlarga bulinadi:
- programma detektorlar;
- doktor-programmalar yoki fagi;
- revizor programmalar;
- filtrlovchi programmalar;
- vaksina yoki immunitet programmalar.
Detektor-programmalar - Aniq virusning harakterli holatini qidiradi. Operativ
xotira yoki fayldagi kerakli ma’lumotni aniqlaydi.
Bunday antiviruslarning
kamchiligi shundaki, ular o`zlariga ma’lum bolgan virusnigina aniqlaydi.
Doktor-programmalar yoki fagi xamda vaksina-programmalar nafaqat
viruslarni aniqlaydi balki, davolaydi, fayldagi virus tanasini uchiradi, faylni asl
holaticha saqlab qoladi. Doktor programmalar ko’p miqdordagi viruslarni aniqlash
va yo`q qilish imkoniyatiga ega. Bunday programmalarga: AVP, AidsTest? Scan?
Norton Antivirus, Doctor Web kiradi.
Yangi viruslar paydo bo`lgan sari yuqoridagi
antiviruslarning yangi
versiyalari ishlab chiqish talab etiladi.
Revizor programmalar - viruslardan ishonchli ximoya vositasi xisoblanadi.
Revizorlar dasturlarni, kataloglar va diskning sistema bo`limi holatini kompyuter
virusdan zararlanmasdan avval eslab qoladi. Shundan keyin, foydalanuvchining
xoxishiga binoan oldingi va keyingi holatlarni solishtiradi. O`zgargan holatlarni
ekranga chiqaradi. Fayllarni holatini
solishtirishda uning uzunligi, modifikastiya
vaqti va sanasi, hamda boshqa parametrini solishtiradi. Revizor programmalar
yetarlicha murakkab algoritmlarni xatto stels-viruslarni xam yo`q qiladi, virus
buzib yuborgan fayllarni o`z holatiga keltiradi. Bunday antivirusga ko’p tarqalgan
Rossiyaning Adinf programmasi misol bo`ladi.
Filtr-programmalar yoki «tozalovchi» o`zida ko’p bo’lmagan rezident
dasturlarni mujassamlashtiradi. Kompyuterning shubxali va virus ҳarakterno’y
beruvchi ishini aniqlaydi. Bunday holatlarga:
1. SOM va EXE kengaytmali fayllar tartibi bo`yicha;
2. Fayl atributlarini o`zgarganiga qarab;
3. Aniq manzil orqali diskka yozish bo`yicha;
4. Diskning yuklovchi sektoriga yozish bo`yicha;
5. Rezident programmaning yuklanishiga qarab.
Biror bir programmaning ishlash davomida «tozalovchi»
ishning ruxsat
etilishi yoki mumkin emasligi xaqida ma’lumot beradi. Filtr-programmalar foydali
xisoblanadi, u virusni ko’payib ulgurmasidan oldin aniqlash imkoniyatini beradi.
Faqat ular disk va fayllarni olmaydi. Viruslarni yo`q qilish uchun boshqa
programmalar kerak bo`ladi.
Vaksina yoki immunitet programmalar zararlangan fayllarni davolaydi.
Vaksinalar doktor-programmalardan yaxshiroq davolaydi. Vaksina faqat mashxur
viruslarni aniqlaydi, bunda virus vaksinalangan fayl yoki diskni olib zararlay
olmay qoladi. Xozirda vakstinalar kam qo`llaniladi. Zararlangan fayl va
disklardan, ҳar bir virus tushgan kompyuterlardan
uzoqroq yurish virus
epidemiyasidan saqlanish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: