F-Prot Professional
Bu dastur viruslarni yaxshi aniqlaydi, keng sozlash imkoniyatiga ega,
viruslarni aniqlaganda elektron aloqa orqali xabar beradi. Dastur kamchiligi yangi
vesriyalar bilan almashtirishda parolni zarurligi va dasturni qaytadan o`rnatish
zarurligidir. Viruslarni aniqlash bo`yicha o`tkazilgan testda 99 % viruslarni
aniqladi, lekin ulardan 78 % ni uchira oldi. Bu dastur paketida doimiy tekshiruvda
qaysi disklar , papkalar va fayllar bo`lishi yoki bo`lmasligi imkoniyatlari mavjud.
Bu esa vaqtdan yutadi ya’ni avval tekshirilgan fayllarni tashlab o`tishi xisobiga.
IBM AntiVirus v.2.5.
Viruslarni aniqlashda katta imkoniyatga ega bo’lib, 1 ta paketda turli
operastiey sistemalar bilan ishlash versiyalari mavjud. Dastur kamligi virusni
uchirishda konservativ (eskicha) usuldan foydalanishi. Viruslarni yangi tipini
aniqlashda zamonaviy texnologiyadan foydalaniladi. Paket narxi 49 % bo’lib,
«yovvoyi» viruslarni yaxshi aniqlaydi va yo`q qiladi.
IBM AntiVirus virus dasturi agarda zararlangan fayl virus uchirishda buzilib
ketsa , u xolda bu virusni uchirmaydi. Bunday ҳolatda zararlangan fayl umuman
uchiriladi va faylni rezerv nusxasidan qaytadan yuklanadi. IBM AntiVirus dasturi
shunday ishlash xisobiga «yovvoyi» viruslarni 32 % ni uchira oladi. Ammo boshqa
dasturlar kabi , IBM AntiVirus dasturi yuklovchi sektorni zaralantiruvchi viruslarni
100 % uchiradi. Afzalligi: yangi versiyalar o`rnatish uchun zarur fayllar IBM WEB
- server orqali olish mumkin va ularni o`rnatish uchun dastur keng imkoniyatli
menyuga ega. Bu dastur paketida Windows 95, 3.x , DOS va OS / 2 sistemalar
uchun versiyalar mavjud. ENTERPRISE EDITION ishbilarmonlari uchun dastur
paketida Windows NT sistema uchun versiyasi xam mavjud.
Me Afee VirusScan for Windows 95
Viruslarni yaxshi yo`q qiladi, turli operatsion sistemalar bilan ishlay oladi,
eng arzon dastur. Kamchiligi: viruslarni yaxshi aniqlay olmasligi va yangi
versiyalar uchun qo`shimcha haq to`lanishi. Me Afee VirusScan - mashxur
antivirus paketlaridan biri xisoblanadi. O`tkazilgan test natijalariga ko`ra Symantec
firmasining Norton Anti Virus dasturi 13 ta makroviruslarni ushladi, McAfee
VirusScan 12 ta makrovirus ushladi, 1ta ya’ni Imposter nomli kam uchraydigan
virusni ushlay olmadi. Virus Scan dasturi faylli viruslarni «yovvoyi» turlarini qiyin
aniqlaydi. Tekshiruv natjalariga ko`ra dastur faylli viruslarni 93 % ni aniqladi.
Agarda bu dastur effektivligi yuqori bo`lganda edi, u yaxshi paket xisoblanar edi.
Dasturni oson va tez sistema parametrlariga moslashtirib o`rnatish mumkin, bunda
dastur parametrlarini o`z ixtyoringizga ko`ra o`zgartirishingiz mumkin.
Virus Scan narxi 45$ bo’lib, Windows 95, 3.x va NT , DOS va OS / 2 asosiy
operastion sistemalar uchun versiyalari mavjud. Ammo dasturni imkoniyatlarin
kengaytirish uchun qo`shimcha hak to`lash kerak. Ma’lumotlar bazalarini
yangilangan versiyalarni WEB da ishlatish mumkin, lekin McAfee WEB -
saxifasiga ko`ra yangi versiyalarni kompaniya texnik ta’minotini xam olish sharti
bilan ishlatish mumkin. Qayd qilingan foydalanuvchilar birinchi navbatda uch oy
davomida bir marta yangi versiyani bepul olishi mumkin. Shundan sung 49 $ ga
bir yilga tuzilgan shartnoma asosida cheklanmagan miqdorda dastur yangi
versiyalarni va viruslarni yangi belgilarini , xamda doimiy telefon maslaxatlarini
olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |