Virtual qabulxonalar jamiyatni demokratlashtirish me'zoni.
Reja:
1.Virtual qabulxonasi haqida
2.Virtual qabulxonalar jamiyatni demokratlashtirish me'zoni..
3.Xalq qabulxonalari ijtimoiy institut sifatida.
4.Xalq qabulxonalarining hayotimizdagi o'rni.
Virtual qabulxonasi haqida
“Rahbarlar xalqning xizmatkori bo‘lishi zarur”, “Asosiy maqsadimiz – xalqroziligi, xalq bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi”. Sh.Mirziyoyev
2017 yil 12 dekabrda Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi
Markazlarda elektron navbat tizimi tashkil etilgan. Bir kunda 1000 nafarga yaqin tadbirkor va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish mumkin.
Ishonch telifonlari:
Davlat xizmatlari agentligi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida fuqarolar bilan 12 mingdan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda 400 mingga yaqin aholi qamrab olindi.
Davlat xizmatlari markazlari viloyat hokimliklari ko‘magida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan “Damas” avtotransport vositalari bilan ta’minlandi va sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak”, degan g‘oya bugun hayotimizning asosiy mazmuniga aylanib borayotgan ekan, buni har birimiz munosib anglagan holda shunga monand ishlashimiz, intilishimiz zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, murojaatlar bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yaratildi. Mazkur tizimning asosi bo‘lgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi. Prezident virtual qabulxonasiga o‘tgan qisqa davrda 1 million 600 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani ham buning yaqqol tasdig‘idir.
Bu, bir tomondan, xalqimizning davlat hokimiyatiga va qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchi tobora oshib borayotganidan dalolat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali tatbiq etilayotgani, xalqimizning ulardan foydalanish darajasi yuksalib borayotgani, odamlar yaratilgan imkoniyat va qulayliklardan o‘z kundalik hayotida to‘g‘ri va maqsadli foydalana olayotganini ko‘rsatmoqda.
O‘tgan davrda murojaatlar bilan ishlash tizimida to‘plangan katta tajriba va o‘tkazilgan chuqur tahlillar, fuqarolarimizning bu boradagi fikr-mulohazalari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda virtual qabulxona dasturiy tizimini yanada takomillashtirish ustida ish olib borildi. Binobarin, 2017-yil 11-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunida ham murojaatchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan edi.
Shular asosida Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishlab chiqildi va ertaga, 1-fevral kuni test rejimida ishga tushiriladi. Sayt manzili o‘zgarmagan — pm.gov.uz. Bunda «pm» qisqartmasi — «Prezidentga murojaat» tarzida talqin qilinadi.
Murojaat yuborish shakli ham o‘zgarmagan: murojaatlarni 0-800-210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish, pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to‘ldirish orqali yoxud Xalq qabulxonalariga tashrif buyurib yuborish mumkin.
Virtual qabulxonaning takomillashtirilgan talqinida joriy qilingan asosiy yangiliklar va qulayliklar haqida esa birma-bir ma’lumot berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.
Eslatib o‘tamiz, «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi bilan aholiga onlayn maslahat berish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan virtual qabulxonasi joriy etilishi haqida xabar bergan edik.