Avval xabar qilinganidek, joriy yil 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishga tushirildi. Murojaatchilarga yanada keng qulaylik va imkoniyatlar yaratish maqsadida mazkur tizim takomillashtirib borilmoqda.
Mazkur huquqiy hujjatlarda belgilangan norma va vazifalar ijrosi doirasida bugun, 15-fevral kuni soat 16:00 da «Onlayn maslahatchi» moduli test rejimida ishga tushirildi. Bu modul portalning «Ko‘p beriladigan savollar» bo‘limi bilan hamohanglikda ishlaydi.
Murojaatchilar Prezident virtual qabulxonasi — pm.gov.uz saytiga kirib, «Onlayn maslahatchi» moduli orqali kerakli soha va tarmoq mutaxassislari bilan bog‘lanishi hamda o‘z savollariga javob olishi mumkin. Bunda pm.gov.uz saytining «Onlayn maslahatchi» moduli orqali kelib tushgan savollar tegishli tashkilot va idoralardagi maslahatchilarga yo‘naltiriladi. Ko‘rsatilayotgan maslahat xizmati hajmi va unga murojaatchilarning talabini (ish yuklamasini) inobatga olib, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida ishchi guruhlar tuzilishi mumkin. Bunda ishchi guruh a’zolaridan biri maslahatchi-koordinator etib tayinlanadi. Ishchi guruh faqat maslahatchilardan iborat bo‘lmasligi mumkin.
Ayni paytda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar — jami 94 tashkilot va idoralarning yuqori malakali, professional mutaxassislari mazkur modulda birlashtirilmoqda. Ularning aksariyati 15-fevral kuni pm.gov.uz sayti orqali ish faoliyatini boshladi.
Portalga kelayotgan murojaatlarning salmoqli qismini huquqiy axborot yoki ma’lumot olish maqsadida yuborilgan murojaatlar tashkil etayotgani aynan mazkur modulni yaratib, ishga tushirishga sabab bo‘ldi. Chunki fuqarolar hayotda uchraydigan turli-tuman masalalarda huquqiy maslahat olish uchun ham Virtual qabulxonaga murojaat qilar va murojaat ko‘rib chiqilib, javobi murojaatchiga yetib borgunicha anchagina vaqt talab qilinar edi. Endi u yoki bu masala bo‘yicha huquqiy axborot olish uchun bir necha kun javob xati kelishini kutishga hojat yo‘q. «Onlayn maslahatchi» xizmati Prezident virtual qabulxonasi orqali savol yuborib, onlayn rejimda yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislardan tezkor huquqiy maslahat olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Savol yuborish uchun shaxsiy kabinet ochish talab etilmaydi.
Maslahatchilar onlayn rejimda o‘z vakolatlari doirasida dushanbadan jumaga qadar soat 9:00 dan 18:00 gacha tanaffussiz faoliyat olib bormoqda. Bunda ular asosiy ish joyidan turib, masofadan onlayn maslahatlar bermoqda.
Maslahat xizmati uchun haq olinmaydi.
Shu bois ham «Onlayn maslahat» xizmati davomida maslahatchi murojaatda ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha malakali, tezkor va samarali maslahatlar beradi. Murojaat mazmunida noaniqliklar mavjud bo‘lgan taqdirda aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Javob matni to‘g‘ri, qisqa va lo‘nda, tushunarli tilda va suhbat yuritish uslubida tuzilishi lozim. Savol matnidagi har bir vajga munosabat bildiriladi.
Agar maslahat berish uchun qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qilinsa, maslahatchi murojaatchini xabardor qilgan holda qo‘shimcha muddat olishi mumkin. Bunda murojaatchi bilan keyinchalik bog‘lanish uchun uning kontakt ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) yozib olinishi lozim. Modul orqali kelib tushgan, qonunga muvofiq o‘rganilishi talab etiladigan ariza, shikoyat va takliflar yuzasidan murojaatchiga belgilangan tartibda murojaat qilish tartibi tushuntiriladi. Maslahatchi murojaatchilarga taqdim etgan axborotning to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun qonunga muvofiq javobgardir.
Maslahatchi murojaatlar va ularda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan haftalik tahlil yuritadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan tizimli qoida buzilishlariga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni barataraf etishga qaratilgan, keyinchalik huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalanish uchun tahliliy hisobotlar tayyorlaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, Prezident virtual qabulxonasida ishga tushirilgan «Onlayn maslahatchi» moduli jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy ma’lumot olishga bo‘lgan ehtiyojlarini tezkor va samarali ta’minlashga xizmat qiladi.
300 mingdan ortiqroq arizalar yoʻllangan Bosh vazir virtual qabulxonasini yana Shavkat Mirziyoyev nazorat qiladi.
Xabarlarga koʻra, endilikda virtual qabulxonaga yana bir nom berilgan.
Bu nom esa qabulxonaning internet adresidan paydo boʻlgani aytilmoqda.
"Prezidentga murojaat" aslida internet adresning birinchi boʻlimi - PM harflariga bogʻliq boʻlib, toʻliq manzil pm.gov.uz deb koʻrsatilgan.
Virtual qabulxona tashkil qilinganidan beri uch oy oʻtar ekan, Toshkentdagi jurnalistlardan biriga koʻra, garchand "tepaga" arz qilganidan keyin ishi bitganlarni uchratish oson boʻlmasa ham, ayni mavzu xal orasida hazilga aylanib ulgurdi.
"Avtobus kechiksa, dorixonada kerakli dori topilmasa, bozorda narxga tortishib tursangiz va yo boshqa holatlarda kimdir, albatta shu virtualni gapirib qoladi. Virtualga bervoraman, virtualga yozvoraman, degan hazilnamo luqma tashlab qoʻyadi", deydi jurnalist.
Xalq bilan...virtual muloqot yilimi?
Prezident Mirziyoyevning virtual qabulxonasi, 2017 yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili", deb eʼlon qilishi Oʻzbekistondagi katta-kichik rahbarlarni ancha "jonlantirib" qoʻygan.
Virtual qabulxona hal etayotgan har bir ish haqida hisobot berilishi kerak. Militsiyaning zoʻravonligidan arizalar tushdimi? Chiqing, virtualmi, raqamlimi va yo jonlimi, xalqqa ayting! Nafaqat arizalar sonini, balki qanchasini hal qilganingizni, qancha zoʻravon yo poraxoʻr militsiyani ishdan olganingiz, mahkamaga tortganiningizni koʻrsating!"
Jurnalist, Toshkent
Yaqinda Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Adham Ahmadboyev ham oʻzining virtual qabulxonasini ochgan.
"Qabulxonalarni virtuallashtirish yoʻli "xalq bilan muloqot" degan balandparvoz vaʼdaga mos tushmaydi. Qarang, har bir viloyat, tuman hokimi endi mana shunaqa virtual qabulxona bilan oʻzini yana ham ihotalab olishi mumkin. Tirik va jonlik muloqot, xalq orasida kirib borishdan qochadigan rahbarlar uchun bu virtuallik-ayni muddao", deydi toshkentlik jurnalist.
"Virtual qabulxona hal etayotgan har bir ish haqida hisobot berilishi kerak. Militsiyaning zoʻravonligidan arizalar tushdimi? Chiqing, virtualmi, raqamlimi va yo jonlimi, xalqqa ayting! Nafaqat arizalar sonini, balki qanchasini hal qilganingizni, qancha zoʻravon yo poraxoʻr militsiyani ishdan olganingiz, mahkamaga tortganiningizni koʻrsating".
Virtual qabulxonalar orasida eng mashhuri Shavkat Mirziyoyevga tegishli ekani sir emas, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, arizalar soni soat sayin koʻpayib bormoqda.
Prezident Mirziyoyev virtual qabulxonasini "qaytarib" olar ekan, Bosh vazir Abdulla Aripov ham oʻziga yangi qabulxona ochish-ochmasligi esa nomaʼlum.
Qonuniym yoki?..
Prezidentning virtual qabulxonasi web sahifasidagi eʼlonda "hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar" boʻyicha, toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 3 xil usulda yetkazish mumkinligi haqida yozilgan.
"Murojaatingizni toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 3 xil usulda: qoʻngʻiroq qilish, murojaat yuborish yoki O'zLiDeP hududiy partiya tashkilotlariga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin. murojaat yuborish yoki O'zLiDeP hududiy partiya tashkilotlariga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin", deyiladi.
Prezidentning Virtual qabulxonasi yangilandi
Prezident Virtual qabulxonasining yangi talqinida fuqaroning shaxsiy kabineti, onlayn maslahatchi, davlat organlari rahbarlariga murojaat va shikoyat sababli ta’qib haqida xabar qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
1 fevraldan O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasining yangilangan talqini ishga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi. Virtual qabulxona ishga tushgan 2016 yilning sentyabridan bugungi kunga qadar 1,6 milliondan ziyod murojaat kelib tushdi.
Endilikda fuqarolar Virtual qabulxonada o‘z shaxsiy kabinetini ochishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun pasportda ko‘rsatilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.
Yangi identifikatsiya tizimi sharofati bilan har bir murojaatda shaxsiy ma’lumotlarni qaytadan kiritishga hojat qolmaydi va bir shaxs tomonidan yuborilgan murojaatlar tarixini kompleks o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi.
15 fevraldan boshlab test rejimida ishga tushuvchi «Onlayn maslahatchi» moduli turli muammo va masalalar bo‘yicha tezkor yuridik yordam olish imkonini beradi. Bir so‘z bilan aytganda, endilikda u yoki bu huquqiy axborot bo‘lgan javob xatini kutishga hojat qolmaydi. Boshqa tomondan faqatgina huquqiy axborot olish to‘g‘risidagi iltimosdan iborat murojaatlar sonining qisqarishi kutilmoqda.
«Onlayn maslahatchi» moduli orqali eng ko‘p beriluvchi savollar doimiy ravishda tahlil qilinib, «Ko‘p beriladigan savollar» bo‘limiga qo‘shib boriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad murojaatchiga o‘zini qiziqtirgan savolga rasmiy murojaat qilmasdan ham javob olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Shu munosabat bilan fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish natijasida ko‘p berilgan savollar aniqlab olinib, ularning javoblari oddiy va tushunarli tilda ifodalanib, maxsus bo‘limda jamlandi. Bunda uy-joy, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va bank faoliyati, ishlab chiqarish, sertifikatlash va litsenziyalash, veterinariya xizmatlari, soliqlar va jarimalar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari, transportga oid va huquqiy masalalar, ta’lim, fan va madaniyat, mehnat va aholi bandligi, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa turli masalalariga oid savollarga javoblar mavjud. Kerakli savolga javobni kalit so‘zlar yordamida izlab topish imkoniyati ham yaratilgan.
Endilikda Prezident virtual qabulxonasi orqali davlat organlari rahbarlariga ham murojaat yo‘llash mumkin. «Vazirlik va idoralar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari va ularga murojaat yuborish» moduli joriy qilindi. Bu bilan pm.gov.uz manzilida barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari yagona bazada joylashtirildi. Ya’ni, davlat organlari rahbarlarining fuqarolar qabuliga doir ma’lumotlar — qabul kunlari, vaqti, tegishli telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, davlat organining manzili haqidagi ma’lumot bir joyda jamlandi.
Ayrim hollarda jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan masala uchun qaysi davlat organi mas’ul ekani borasida yetarli bilimga ega bo‘lmaydi. Shu bois mazkur modulda alohida «Funksiya va vazifalar» bo‘limi tashkil etilib, davlat organlarining qonun hujjatlariga muvofiq funksiya va vazifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqali ham tanishish mumkin. «Xalq qabulxonalari manzillari» bo‘limida O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Barcha Xalq qabulxonalarining manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi, geolokatsiya ma’lumotlari va boshqa foydali materiallar qulay tartibda taqdim etilmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlar kerakli Xalq qabulxonasi to‘g‘risidagi ma’lumotni O‘zbekiston interaktiv xaritasi orqali topishi mumkin. Alohida olingan Xalq qabulxonasining joylashgan manzili onlayn xaritada yoki sun’iy yo‘ldoshdan suratga olingan xarita rejimida ko‘rsatilgan.
Virtual qabulxonaning yangi talqinida fuqaro murojaat yuborish jarayonida o‘zi istiqomat qilayotgan mahallani ham ko‘rsatib o‘tishi uchun imkoniyat yaratildi. Bu muammoga yechim topish darajasini yanada oshiradi. Shu yo‘l bilan murojaatda ko‘tarilgan muammo muayyan hududdagi qaysi sektorga taalluqli ekani aniqlanadi. Ayni paytda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hududida qanday muammolar mavjud ekanini onlayn tahlil qilish, ularni kompleks hal etish uchun yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan aniq chora-tadbirlar, «yo‘l xarita"lari ishlab chiqish imkoniyatlari kengayadi.
Virtual qabulxonadagi yana bir yangilik — murojaatchilarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida «Ta’qib haqida xabar» moduli joriy qilingani bo‘ldi. Agar kimda-kim ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilgani tufayli ta’qibga uchraydigan bo‘lsa, bu haqda maxsus tugma orqali tezkor xabar berishi mumkin. Bunday xabarlar huquqni muhofaza qilish organlarini jalb etgan holda ustuvor va tezkor ravishda ko‘rib chiqiladi.
Endi portalda fuqarolar o‘z murojaatini yuborishdan avval murojaat yuborish qoidalari bilan tanishgani va bu borada qonunda belgilangan mas’uliyati to‘g‘risida xabardor ekanini tasdiqlovchi belgi qo‘yadi. Bu murojaatchilarning ham mas’uliyatini oshirishga, murojaat madaniyatini yuksaltirishga turtki beradi.
Shu paytga qadar ayrim murojaatchilar tomonidan murojaat yuborish jarayonida boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki umuman mavjud bo‘lmagan telefon raqamini ko‘rsatish, boshqa fuqarolar nomidan murojaat yuborish holatlari uchrab turardi. Har bir murojaatni ko‘rib chiqish muayyan vaqt va resurslarni talab qilishini, aniq maqsadsiz murojaat uchun sarflangan vaqtni boshqa asosli ariza yoki shikoyat ustida ishlashga yo‘naltirgan holda muammoni hal qilish fuqarolar uchun ham, jamiyatimiz uchun ham har tomonlama foydali ekanidan kelib chiqib, yangi tizimda mobil telefon raqamini tasdiqlash mexanizmi joriy etildi.
Bunda murojaatchi maxsus murojaat shakliga o‘z mobil telefon raqamini kiritadi. Shundan keyin murojaatchining mobil telefoniga bir martalik parol SMS-xabar shaklida yuboriladi. Natijada ham murojaat aniqligi va ishonchliligi ortadi, ham mobil telefon raqami tasdiqlanadi. Bu barcha davlat organlarining virtual qabulxonalari faoliyatiga ham tatbiq etiladi.
Virtual qabulxonaning yangi talqinida davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati, ijobiy hal etilgan masalalar, virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi yangiliklar bilan yanada kengroq tanishish imkoniyati yaratildi. Portalga kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan murojaatlarning umumiy sonini, statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |