Biologik membranani tuzilishi va funksiyasi.
Biologik membrana asosan lipidlardan va oqsillardan tashkil topgan. Lipidlar xujayrani o‘tkazuvchanligini boshqarishda muxim rol o‘ynaydi. Ular gidrofob xususiyatga ega, yaъni suvda erimaydi.
Lipidlar ikki qismdan tashkil topgan: uzun qutbsiz qismi («dumi») va qutbli bosh qismidan iborat. Bu qismlar membrana xosil bo‘lishida muxim rol o‘ynaydi. Suvda lipid molekulalari mikroskopik tomchi xosil qiladi –mitsella. Qutbli qismi suvga qaratilgan bo‘ladi.. Lipidlarni konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda yupqa bimolekulyar qatlam xosil qiladi. Biologik membrana xosil bo‘lishida oqsillar xam muxim rol o‘ynaydi. Lipidlarni polyar qismi oqsillar bilan birlashish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |