Xujayra organoidlarini funksiyasi.
Sitoplazmada sferik shaklda (0,2-0,8 nm) lizosomalar bo‘ladi. Ularda gidrolitik fermentlarni (oqsillarni, nuklein kislotalarni, polisaxaridlarni parchalovchi fermentlarni) saqlaydi. Xujayraga kelayotgan moddalarni lizosoma fermentlari parchalaydi. Lizosoma xujayrani ozuqa xazm qilish sistemasi xisoblanadi. Lizosoma fermentlari xujayrani o‘zini xam gidrolizga uchratish xususiyatiga ega. Bundan esa uni membrana saqlaydi. Membranani faol yuzasida biokimyoviy reaksiyalar yuz beradi. Endoplazmatik tarmoqni ichida ribosomalar joylashgan. Ribosomada oqsillar sintez bo‘ladi. Endoplazmatik tarmoqda shu bilan birga yog‘ kislotalari, steroidlar, fosfolipidlar sintezlanadi va boshqa muxim biokimyoviy jarayonlar yuz beradi. Endoplazmatik tarmoq xujayrani kimyoviy kombinati xisoblanadi (xujayra uchun kerakli moddalar sintezlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |