Eukariotik xujayralar.
Eukariotik xujayralar deb shunday xujayralargaga aytiladiki, ularning yadrosi membrana bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ularning kattaligi xajm buyicha prokariotlardan 1000-10000 marta katta bo‘ladi. Bularga yuksak organizmlar xujayralari kiradi. Ular ko‘rinishlari bilan farq qiladi.
Xujayra plazmatik membrana bilan o‘ralgan. Membranani tashqi qismi xujayra qobig‘i bilan ximoyalangan. Eukariotik xujayralarda ichki xujayra membranalari muxim rol o‘ynaydi. Xujayra membranasidan xujayra ichkarisiga membrana sistemasi o‘tgan bulib, bu endoplazmatik retikulum yoki endoplazmatik tarmok deyiladi. YAdro g‘ovakli membrana bilan o‘ralgan. Endoplazmatik element yuzasida ribosomalar joylashgan. YAdroni asosiy funksiyasi ribosomani faolligini boshqarish va nazorat qilish xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |