Posted on Iyun 16th, 2008 in Новости by dildora
«Ekologiya» tushunchasi fanga birinchi bulib nemis olimi E. Gekkel tomonidan 1866 yil kiritilgan. («Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida). Xozirda ommalashib ketgan bu atama yunoncha suz bulib, «Oykos» – uy-joy; «logos» – fan degan ma’noni beradi. Ekologiya biologik fan bulib, u organizmlarning bir-biri va tashki muxit sharoiti bilan uzaro munosabat konuniyatlarini urganadigan fan xisoblanadi. Organizmlarning moslashuvi (adaptatsiya)ni urganish sifatida bundan 100 yil avval shakllangan xozirgi zamon ekologiyasi- tabiatdan okilona foydalanish va tabiatni muxofaza kilishning nazariy asosi xisoblanadi. U uziga xos predmetga, vazifalarga xamda izlanish usullariga egadir. Ekologik antropogen va xar xil omillar ta’sirida tabiatdagi boglanishlarning buzilishi tugrisida ma’lumot beradi. Ekologiya tabiat resurslaridan okilona foydalanishda va tabiatni muxofaza kilishda ilmiy asos bulib xizmat kiladi. Masalan: xar yili urmon xujaliklari tabiatda usuvchi dorivor usimliklarni yigib olib dori tayyorlash uchun topshiradi. Bunda agar yigib olinayotgan usimliklar mikdori kayta usib chikayotgan usimliklar mikdoridan oshsa unda usimliklar sekin-asta yukola boshlaydi. Shuning uchun dorivor usimliklarni yigish fakatgina ilmiy asoslangan me’yorlar asosida terib topshirilishi kerak. Bu me’yorlar va yigish muddatlari usimliklar jamoasida kayta tiklanish uchun asos bulishi kerak. Ekologiyaning predmeti – organizmlar guruxi va tashki muxit orasidagi boglanishlarning tuzilishini, unga boglik bulgan joylanish, tarakkiy etish, tarkalish va konkurentlik xususiyatlarini;tirik tabiat kanday tuzilgan, kaysi konunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta’siriga kanday javob beradi, bularning xammasi ekologiyaning predmeti xisoblanadi. Xozirgi paytda ekologiyaning asosiy vazifalarini kuyidagicha ta’riflash mumkin: – xayotning tashkil topish konuniyatlarini inson ta’sirini xisobga olgan xolda urganish: – insonning xujalik faoliyati ta’sirida tabiatda ruy beradigan uzgarishlarni oldindan bilish: – biosferadagi kechayotgan jarayonlarni urganish, boshkarish, bashorat kilish, inson yashaydigan muxitni saklab kolish: – buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash: shu jumladan foydalanishdan chikarilgan kishlok xujaligi ekin maydonlarini yana ishga solish (rekultatsiya), yaylovlarning tuprok xosildorligini, suv xavzalari va boshka ekotizimlarning maxsuldorligini tiklash: – biologik resurslardan okilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshkalar. Populyatsiyalar, turlar, biotsenoz, biogeotsenoz, biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai xisoblanadi. Shuning uchun xam ekologiya 4 ta bulimga bulib urganiladi: 1. Autekologiya – «autos» – yunoncha suz bulib «uzi» degan ma’noni beradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muxit bilan munosabatini, turlarning kanday muxitga kuprok moslashganligini urganadi 2. Populyatsiyalar ekologiyasi – «populyason» – fransuzcha suz bulib, «axoli» degan ma’noni beradi. Populyatsiyalar tuzilmasi, dinamikasi, ma’lum sharoitlarda turli organizmlar sonining uzgarish sabablarini tekshiradi. 3. Sinekologiya – «sin» degani yunoncha suz bulib, «birgalikda» degan ma’noni beradi. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim usimlik va xayvon turlarining uzaro alokalarini xamda ularning tashki muxit bilan bulgan munosabatlarini urganadi. 4. Ekotizmlarning tadkik kilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bulimini, ya’ni biosfera (yunoncha «bios» xayot «sfera» shar) xakidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Bu ta’limot asoschisi V.I.Vernadskiy xisoblanadi. (1863-1945 yy). Organizmlar tarkalgan kobik – biosferadir. Xozirgi zamon ekologiyasining mazmunini kuyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa buladi. (Yu. Odum, 1986). Gen xujayra tukima organ {organizm populyatsiya jamoa + abiotik muxit = ekotizm} Organizmlarni urab turuvchi va u bilan doimiy munosabatda buladigan tabiatning bir kismi – xayot muxiti deb ataladi. Yer yuzida organizmlar 4 ta xayot muxitida tarkalganlar. Bular – suv, xavo, tuprok, organizmning uzi. Xayot muxitining organizmlarning yashash faoliyatiga ta’sir kursatadigan elementlari yoki ekologik omillar deb ataladi. Ekologik omillar jonsiz (abiotik), biotik – jonli tabiat omillari va inson (antropogen) omillar guruxiga ajratiladi. Ekologik omillar aloxida mavzudga karab chikiladi. Ekologik omillar barcha organizmlar va insonning xayotiga turli darajada ta’sir kiladi. Organizmlarning ekologik omillar ta’siriga moslashishi yoki tashki muxit sharoitlariga moslashuvi – adaptatsiya deyiladi. Ekologik omillar ta’siriga chidamli va yer yuzida keng tarkalgan organizmlar – evribiontlar; omillar ta’siriga chidamsiz va tarkalish doirasi tor organizmlarga esa – stenobiontlar deb ataladi. «Evros» – keng, «stenos» – tor degan ma’noni beradi. Biz yukorida populyatsiya xakida gapirdik. Tabiatda fakat populyatsiyalar uzini son jixatdan boshkara oladilar. Tugilish va ulish orasidagi muvofiklik populyatsiya sonining boshkarilishi deyiladi. Populyatsiyadagi organizmlar soni omillar ta’sirida uzgarib turadi. Uning sonining kamayishiga – ulimning kupayishi va xosildorlikning kamayishi ta’sir kiladi. Boshkarishning yana bir shakli – populyatsiyada zichlikning oshishi bilan kuzatiladi. Zichlik me’yordan kupayib, ketsa, ovkat yetishmasa populyatsiyada uz-uzini boshkarish va shu orkali populyatsiyalarni boshkarish ruy beradi. Masalan: Balik, kalamushlarda populyatsiya zichligi ma’lum darajaga yetganda, ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovkat yetishmasligi natijasida buladi. Gormonal uzgarishlar kuzatiladi (bola tugish kamayadi) bu esa jinsiy xulk-atvoriga ta’sir kiladi va naslsizlikka olib keladi, bola tashlashga, ota-ona tomonidan bolalarning yeyilishiga, boskinchilik oshishiga olib keladi. Populyatsiya zichligi oshishi bilan xayvonlarning tuxum kuyishi kamayadi, usimliklarda urug xosil bulishi pasayadi. Joy yetishmasligi bilan migratsiya boshlanadi. Bir xil populyatsiyalar tugilish orkali boshkarilsa, boshkalari ulish orkali boshkariladi. Demak, polpuyatsiya – boshkarish vositasi xisoblanadi. Populyatsiyaning son jixatdan bir me’yorda saklanib turilishi- gomeostaz deyiladi, yunoncha «gomeo» -uxshash, statis – xolat demakdir. Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik tizim tushunchasidir. Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muxitini uz ichiga oladigan funksional tizim ekologik tizim deyiladi. Tabiiy va sun’iy ekotizimlar mavjuddir. Shaxar, akvarium, tuvakdagi gul, kosmik kema sun’iy ekotizmlarga misol bula oladi. Agar tashki ta’sir natijasida muvozanat buzilsa, ekotizim uz-uzini tiklashi mumkin. Insonlarning tabiatga ta’siri ekotizmlarning uz-uzini tiklash imkoniyatlaridan oshmasligi kerak. Ekotizmdagi organizmlarning aloxida tuplami biotsenoz deb ataladi. Biotsenoz – lotincha «bios» – xayt «senoz» – umumiy degan ma’noni anglatadi. Demak, muayyan sharoitda kuruklikdagi yoki suv xavzalaridagi birga yashaydigan usimlik, xayvon, zamburug, mikroorganizmlarning yigindisi tushuniladi. Bu atama 1877 yili nemis biologi K. Mebius tomonidan fanga kiritilgan. Biotop – biotsenozning yashash muxitidir yoki aytishimiz mumkin: biotsenoz egallab turgan muxit biotopdir. Bu lotincha suv bulib «bios» – xayot, «topos» – yashash joyi demakdir. Biotsenoz va biotop birgalikda biogeotsenozni tashkil etadi. Biogenetsenoz -«bios» – xayot:, «geo» – yer; «senoz» – umumiy tushunchasini rus botanik olimi, akademik V.N.Sukachev taklif etgan. Muayyan tuprok sharoitida usimliklar, xayvonlar, zamburuglar va ayrim sodda xayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi biogeotsenozdir. Kupgina ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir-birining sinonimi sifatida kullaniladi va deyarli bir xil ma’noni bildiradi, ammo ba’zi bir tomonlari bilan ular farklanadilar. Biogeotsenoz Ekotizim1. Tabiiy xodisa Tabiiy yoki sun’iy xodisa bulishi xisoblanadi mumkin2. Uning tarkibiga odam Yirik ekotizimlar odatda odam ta’sirida kirmaydi buladi.3. Ma’lum tabiiy chegaraga Funksional birlik bulgani uchun kushni ega bulgan fazoviy birlik ekotizmlardan ajralib turishi shart emas. Ekotizmdagi organizmlar ozika zanjiri orkali uzaro boglangan. Ozika zanjiri evolyutsiya jarayonida tashkil topgan. Tabiatda xayot uchun zarur bulgan moddalar tuxtovsiz ravishda aylanib turadi. Avtotrof organizmlar atrof muxitdan kimyoviy moddalarni uzlashtiradi, bu moddalar geterotroflar orkali kaytadan atrof muxitga kaytadi. Bu jarayon juda murakkab shakllarda boradi. Ozika zanjirida birinchi bugindan kiyingilarga karab biomassa kamayib boradi. «Usimlik-xashorat-baka –ilok- kalxat» mana shu ozika zanjirida birinchi bugindan keyingilariga krab biomassa kamayib boradi. Ozika zanjiri murakkab va kup buginli buladi. Bunda albatta yashil usimliklar (xosil kiluvchilar) produtsentlar; xayvonlar (organik moddalarni iste’mol kiluvchilar) konsumentlar: bakteriyalar (organik koldiklarni parchalovchilar) redutsentlar ishtirok etadilar. Agar ozuka zanjirining boshlanishi sifatida yashil usimlik xisoblansa bu sarflanish zanjiri deyiladi. Masalan: usimlik –kiyik-buri iste’mol kilganda. Agarda ozuka zanjiri usimlik koldiklari, xayvon jasadi yoki chikindilaridan boshlansa, bunga detrid, ya’ni parchalanish zanjiri deyiladi. Masalan: xayvon jasadi- pashsha-baka-ilon. Shunday kilib, uzok evolyutsiya jarayonida bir-biriga boglik turlardan barkaror ozika zanjirlar paydo buladi, bular boshlangich ozuka moddalardan energiya va moddalarni birin-ketin olib tabiatda moddalarning doimiy xarakatini ta’minlaydi. Organizmlar kuyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiklik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan barcha uzgarishlar energiyani yukotish bilan boglik bulib, u pirovardida issiklikga aylanib tarkali ketadi. Tirik organizmlar xayotining tashki muxit bilan boglikligi kadimdan ma’lum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida xayvonlarning turli instinktlari, baliklar va kushlarning migratsiyalari, usimliklarning tashki kiyofasi tuprok va iklim sharoitlari bilan boglikligi xakidagi ma’lumotlar keltiriladi. Dastlabki ekologik tushunchalar kadimgi yunon olmlari asarlarida kayd etilgan bulib, ularning ishlarida biz ekologik yunalishlarni kuramiz. Lekin ular «Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel (eramizdan 384-322 yil avval), kadimgi yunon filosofi Teofrast (371-280 yil) xayvon va usimliklarni yashash sharoitiga boglik xolda kurib chikishgan. Aristotel 500 tur xayvonlarni urganib, ularning xulk-atvori, kuchib yurishi xakida, Teofrast – usimliklarning shakli va usishi- iklim, tuprok sharoitiga boglikligini aniklaydi. Fransuz M. Byuffon (1707-1788) ning ishlarida xayvonlarning tuzilishiga tashki muxitning ta’siri masalasi kutarilgan. J.B.Lamark (1944-1829) dastlabki evolyutsion ta’limotning muallifidir. U usimlik xamda xayvonlarning evolyutsion uzgarishlarida eng muxim omil deb tashki muxit ta’sirini xisoblagan. A. Gumboldtning ishlari usimliklar geografiyasida yangi ekologik yunalishlarni aniklab berdi. U fanga landshaft «fizionomiyasi» usimliklarning tashki kiyofasi bilan aniklanadi kabi tushunchani kiritadi. Uxshash zona va vertikal poyaslarda xar xil taksonomik guruxlarda uxshash «fizionomik» shakllar ishlab chikiladi; Bu shakllarning tarkalishi va nisbatiga karab joyning fizik-geografik xususiyatlari xakida fikr yuritish mumkin. Moskva universitetining professor K.F. Rule (1814-1858) zoologiyada uziga xos bulgan yunalishni rivojlantirish muxim ekanligini keng targib kiladi. Bu yunalish-xayvonlar xayotini xar tomonlama urganish, atrof-muxit bilan ularning uzaro murakkab munosabatlarini tushuntirish kabilar edi. Shunday kilib, K.F.Rule xayvonlarni urganishning keng ekologik tizimini ishlab chikdi va ekologik mazmundagi kator ilmiy ishlarni koldirdi. Uning shogirdlaridan biri N.A.Seversov (1827-1885) xisoblanadi. Uning «Periodicheskie yavleniya v jizni zverey, ptits i gad Voronejskoy gubernii» (1855y) nomli Rossiyada ayrim mintakada xayvonot olamida olib borilgan ekologik izlanishlarining eng katta va axamiyatlisi edi. Ch.Darvin «Tabiiy tanlash yuli bilan turlarning kelib chikishi» (1859 y) asarida – tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur bilan muxit urtasidagi xar kanday karama-karshiliklarning kurinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning xarakatlantiruvchi kuchidir deb karaydi. A.N. Beketov (1825-1902) usimliklarning ichki va tashki tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik tarkalishi bilan boglikligi xamda fiziologik usullarning ekologiya uchun axamiyati katta ekanligini kursatdi. Ana shunday ishlar xayvonlar xayoti misolida A.F. Middendorf tomonidan urganildi. 1877 yil nemis gidrobiologi K. Myobius biotsenozlar xakidagi tasavvurlarni asoslab berdi. Usimliklar jamoasi xakida Morozov G.F. va Mukachev F.N. batafsil fikr yuritib, bu soxaga asos soldilar. Rus olimlari –V.N. Sukachev, B.A.Keller, V.V.Alexin, V.G.Ramenskiy, A.P.Shennikov va chet el olimlaridan – F.Klements, K. Raunkier, T.Dyu.Rie, I. Braun-Blake va boshkalarning fitotsenologiya soxasidagi ishlari umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta xissa kushdi. Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Kashkarovning «Muxit va jamoa» deb nomlangan Urta Osiyo universitetida ukigan ma’ruzalari, keyinchalik «Xayvonlar ekologiyasi asoslari» nomi bilan – yozilgan darsligi katta axamiyatga ega buldi. Xayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda M.S. Gilyarov, S.S. Shvarslar katta xissa kushdilar. I.G. Serebyakov tomonidan gulli usimliklarning xayot shakllari tasnifoti ishlab chikildi. 1940-yillarning boshlarida tabiiy tizimlarni urganish jarayonida yangi yunalish kelib chikdi. 1935 yili ingliz olimi A.Tensli- ekotizmlar, 1942 yili esa V.N.Sukachev – biogeotsenozlar xakidagi ta’limotni ilgari surdilar. 1950 yillarning boshida G.Odum, Yu. Odum, R. Untekker, R. margalef biologik maxsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar. Urta asrlarda Urta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshkalar tabiiy fanlarining rivojlanishiga katta xissa kushganlar. Ular xali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, usimlik va xayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash xakidagi uzlarining kimmatli fikrlarini aytganlar. Buyuk alloma Muxammad Muso Al-Xorazmiy (782-847 y) risolalaridan birida shunday deb yozadi birida shunday deb yozadi: «Biling-ki, daryoning kuzlari yoshlansa, uning boshiga gam kulfat tushgan buladi. Odamlar, daryodan mexringizni darig tutmanglar». Bunda u nimani nazarda tutdi? Extimol, u daryo va dengizlar, kullar va urmonlar, ulardagi usimlik, xayvonot dunyosi, shu bilan boshka tabiiy resurslar – yerning asosiy boyliklari xakida ma’lumotlar keltirilgan. Abu Nosir Forobiyning (870-910) ilmiy – falsafiy merosi nixoyatda boy bulib, asarlari xozirgacha tulik aniklanmagan. Nemis olimi M.K. Brokelmanning ruyxatida Forobiyning turli soxaga oid 180 ta asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar bir necha guruxlarga bulinib, 11-guruxiga uning tabiatshunoslik ilmi, amaliy faoliyat va xunarmandchilik masalalariga oid asarlari kiritilgan. Tabiatshunoslikka oid «Odam a’zolarining tuzilishi», «Xayvon a’zolari va ularning vazifalari xakida» nomli asarlarida odam va xayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari, vaziflari xakida, ularning uxshashligi va farklari keltirigi bilan birga asosiy anatomik – fiziologik tushunchalar berilgan. U tabiiy va inson kuli bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. Tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan, degan xulosaga keladi. Abu Rayxon Beruniy koinotdagi xodisalarni tarakkiyot konunlari bilan narsa va xodisalarning uzaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Uning asarlarida usimlik va xayvonlarning biologik xususiyatlarini, ularning tarkalish va xujalikdagi axamiyati xakida ma’lumotlar topish mumkin. U «Saydana» nomli asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli usimliklardan 101 tasi xayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinadi. Xar bir usimlik xayvon va minerallarning xossalari, tarkalishi va boshka xususiyatlari keltirilgan. Beruniy asarlarida usimlik va xayvonlarning tuzilishi xamda ularning tashki muxit bilan uzaro alokasi xakida xam kizikarli ma’lumotlar keltiriladi. U uzining tabiiy-ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi xodisalar ma’lum tabiiy konuniyatlar asosida boshkariladi, degan xulosaga keladi. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) jaxon madaniyatiga buyuk xissa kushgan yirik ensiklopedist olim. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortik asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha uning 240 ta asari yetib kelgan. Uning «Tib konunlari» asasri tibbiyot ilmining komusi bulib, urta asr tibbiyot ilmi tarakkiyotining oliy chukkisi xisoblnadi. Kishi organizmiga tashki muxit ta’siri muximligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va xavo orkali tarkalishi xakida fikr bayon etgan. Ibn Sinoning toglarining vujudga kelishi, yer yuzining davrlar utishi bilan uzgarib borishi tabiiy jarayonlar xakidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta’sir kildi. Zaxriddin Muxammad Bobur (1483-1530). Biz Boburni podshox va shoir sifatida bilamiz. Ammo Bobur fakat shoirgina emas, balki sarkarda, tarixchi va mashshok, ovchi va bogbon, sayyox va tabiatshunos xam bulgan. Uning «Boburnoma» asari eng yirik asari xisoblanadi. Bu asarida xar bir xududni ma’lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik urni, sungra kaysi iklimga mansubligi, xar xil shifobaxsh joylar, usimliklari, kazilmalari, xayvonoti va axolisi beriladi. U ajoyib geobatanik bulgan, usimliklarni sevgan va yaxshi bilgan. Uzbekistondagi juda kup giyox va dorilarni, ularning xosiyatini va axamiyatini shunday ta’riflaydiki, buni mirishkor bogbon bulgan kishi, asl tabiatshunosgina buning uddasidan chika oladi. Bobur bir necha bor yer kimirlashi, oy va kuyosh tutilishi kabi tabiiy xodisalar guvoxi bulgan. Ushbu xodisalar tabiat konunlaridan boshka narsa emasligiga ishonch xosil kilgan. Urta Osiyoni urgangan olimlardan I.A. Seversov, A.N.Krasnovlarning asarlari va Kashkarov–Korovin maktabining shakllanishi Urta Osiyoda tabiiy-geografik goyalarni rivojlanishida muxim axamiyatga ega buldi. 1930- yillarda ekologiya-geografiya yunalishiga asoslangan Urta Osiyo ekologiya maktabi xozirgi Uzbekiston Milliy universiteti koshida shakllandi. Ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, ekologiyaga oid adabiyotlarning namunalarini yaratishda bu maktabning xizmatlari kattadir. Maktab ekologlari bergan goyalar ulkaning tabiati va tabiiy resurslarini aniklash va urganishda rivojlanishiga katta xissa kushdi. P.A.Baranov, I.A.Raykovalar Pomir toglarida chul biotsenozining kelib chikishi, dinamikasi va evolyutsiyasida organizmlarning xayotida nokulay xaroratning roli, madaniy biotsenozlarni yukori tog sharoitida yaratish masalalari ishlab chikildi. R.I.Abolin, Ye.P.Korovin, M.V.Kul’tiasov va I.I.Granitovlarning ekologik va fitotsenologik karashlari ularning chop etgan bir kator ishlarida uz aksini topgan. Urta Osiyoda zooekologik yunalishdagi kompleks ishlarining rivojlanishi T.Z.Zoxidov nomi bilan chambarchars boglik. U Kizilkum chullarining uziga xos xayoti makoni ekanligini, kumli, shurxok, loyli va toshlok chullarining mustakil biotoplar sifatida tasiflab, ularni uz navbatida mayda xududiy birliklarga ajratib beradi.
TABIATNI MUXOFAZA QILISHNING EKOLOGIK TAMOYILLARI
Posted on Iyun 16th, 2008 in Новости by dildora
Inson va atrof-muxit o’rtasidagi uzaro munosabatlar keskinlashgan, fan-texnika jadal rivojlangan davrda tabiatni muhofaza qilish eng asosiy muammolardan hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi insonning atrof muhitga salbiy ta’siri yuzaga kelgan uzoq o’tmishdan yaxshi ma’lum. Agar ilgari tabiatni muhofaza qilish deganda ma’lum amaliy tadbirlar majmuasi tushinilgan bo’lsa, sunggi yillarda alohida kompleks fan shakllanmoqda. Tabiatni muhofaza qilish deganda – hozirgi va kelgusi avlodlarning extiyojlarini xisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni musaffo holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish – jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida maqsad va mazmuniga ko’ra farqlangan. Tabiatni muhofaza qilishning dastlabki bosqichida yuqolib borayotgan alohida o’simlik va xayvon turlarining muhofazasi amalga oshirilgan. Insoniyatning ehtiyojlari o’sishi bilan tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bosqichi vujudga kelgan. Atrof-muhitning hozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi – insonning tabiatga ta’siri umumsayyoraviy miqyosga yetgan XX asrning o’rtalarida boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |