Buxoro shahar Xo’jamushkin ko’chasi 86-uyda yashovchi R.Yo’ldoshevaga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatlaringiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumotingiz o’rta ekanligini bildirdingiz.
Sizga markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, quyidagi: Rushan Teks MChJda “to’quvchi” (oylik maoshi 800-900 ming so’m), Deluxe Fabric MChJda “tikuvchi” (oylik maoshi 900 ming so’m), Buxoro shahar 1-son IBO’SMda “yordamchi ishchi” (oylik maoshi 750 ming so’m) kabi bo’sh ish o’rinlari taklif qilinganda, Siz mazkur korxona va tashkilotlarda ishlash istagingiz yo’qligini bildirib, rad qildingiz.
Sizning Bukhara Cotton Texile MChJga ishga joylashish to’g’risidagi murojaatingiz yuzasidan, tashkilotga bevosita uchrashgan holda tanlovga qatnashishingiz mumkinligi tushuntirib o’tildi.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: D.Navruzova
Tel: 221-25-27
Buxoro shahar Mustaqillik ko’chasi 74/4-uy 52-xonada yashovchi V.Nikolayevga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Pochtasi orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatlaringiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumotingiz o’rta ekanligini hamda hozirgi kunda Jondor tumanidagi tovuq fermasida 1.0 mln so’m oylik ish haqi asosida ishlab kelayotganligingizni shuningdek 2.0 mln so’mdan yuqori oylik maoshi asosida ishga joylashish istagingiz borligini bildingingiz.
Sizga markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, quyidagi: Buxoro shahar 25-son umumta’lim maktabida “ishchi” 0.75 hissa (oylik maoshi 550 ming so’m), viloyat Kardiologiya dispanserida “bog’bon” (oylik maoshi 775 ming so’m) kabi bo’sh ish o’rinlari taklif qilinganda, Siz mazkur korxona va tashkilotlarda ishlash istagingiz yo’qligini bildirib, rad qildingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: D.Navruzova
Tel: 221-25-27
Do'stlaringiz bilan baham: |