Buxoro shahar Razaniy ko’chasi yashovchi J.Ikromovga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat davomida ma’lumotingiz o’rta ekanligini bildirdingiz.
Sizga hozirgi kunda markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, ish taklif qilish jarayonida Siz hozirgi kunda maishiy chiqindilarni yig’ish va sotish bilan band ekanligingizni, shuningdek ishga muxtoj emasligingizni bildirdingiz.
Sizda kelgusida ishga joylashish istagi paydo boʼlganda, har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “ish.mehnat.uz” sayti orqali oʼzingizga mos va maqbul keladigan ishlar bilan tanishish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: D.Navruzova
Tel: 221-25-27
Buxoro shahar Mystaqillik ko’chasi 82-uy 20-xonada yashovchi M.Narzullayevaga
Nusxasi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasiga
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat davomida ma’lumotingiz o’rta-maxsus “pochta operatori” mutaxassisligi bo’yicha tugatganligingizni bildirdingiz.
Sizga hozirgi kunda markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, quyidagi: O’zbekiston Pochtasi AJ Buxoro filialida “xat tashuvchi” (oylik maoshi 800 ming so’m), Buxoro shahar 21-son umumta’lim maktabida “kutubxonachi” 0.5 hissa (oylik maoshi 400 ming so’m), 3-son Poliklinikada “kotiba” (oylik maoshi 750 ming so’m) kabi bo’sh ish o’rinlari taklif qilinganda, Siz mazkur korxona va tashkilotlarda ishlash istagingiz yo’qligini bildirib rad qildingiz.
Sizda kelgusida ishga joylashish istagi paydo boʼlganda, har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “ish.mehnat.uz” sayti orqali oʼzingizga mos va maqbul keladigan ishlar bilan tanishish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: D.Navruzova
Tel: 221-25-27
Do'stlaringiz bilan baham: |